tgoop.com/oriftolib/2665
Create:
Last Update:
Last Update:
Rasul Hamzatov
***
“Ayting menga, ayting, eng jirkanch kimdir?”
“Titrab-qaqshab turgan qoʻrqoq bir erkak!”
“Ayting-chi, undan-da jirkanchroq kimdir?”
“Sukut saqlab turgan qoʻrqoq bir erkak!”
***
Juda gʻalati-da nasiba, taqdir,
Tole ham bemavrid kuladi gohi.
Yeyishga goʻsht koʻp-u, tishim yoʻq hozir,
Atala ichgandim tishim bor chogʻi.
***
Lochinni shikorga shaylashar bunday:
Uch kun na don yegay va na suv ichgay.
Hokimiyatga tashna kaslar ham shunday:
Oʻlguday och boʻlar, oʻlguday mechkay.
***
Ishtonlari yamoq tillo bolalik,
Zavqlaringga yana toʻlsam qaniydi.
Oʻsmirlikka qaytib shodon, behadik,
Uyatchan, sodda, gʻoʻr boʻlsam qaniydi.
Rus tilidan
Orif Tolib
tarjimalari
@oriftolib
BY Orif Tolib

Share with your friend now:
tgoop.com/oriftolib/2665