ORIFTOLIB Telegram 4428
Qanday savollar zoʻr intervyu olishga yordam beradi?

Kanada jurnalistikasining afsonasi Jon Savotskiy bu asosiy tamoyillarni YouTubeʼda intervyular avjiga chiqishidan ancha oldin shakllantirgan. Biroq ular hozir ham aʼlo darajada ishlaydi.

Suhbatdoshga qanday savollarni bergan maʼqul:

1️⃣ Ochiq savollar. Ular suhbatdoshni mohiyat haqida oʻylashga va javob berish uchun kuch sarflashga undaydi, batafsil tushuntirish olish va uning nuqtayi nazarini eshitish imkoniyatini oshiradi. Yopiq savollar esa, aksincha, “ha” yoki “yoʻq” bilan cheklanishga yoʻl ochadi.

Siz uchun qoʻrqinchli boʻldimi?

Nimani his qildingiz?

2️⃣ Betaraf savollar. Sharhlar, shaxsiy baholashlar, taxminlar, farazlar, boʻrttirishlar, yorliqlar yopishtirish – yaxshi savolda bularning hech biriga oʻrin yoʻq. Agar savollar biror javobga yoʻnaltirsa yoki shaxsiy fikr bilan ifodalansa, suhbat markaziga suhbatdosh emas, intervyu muallifi chiqib qoladi.

Hozir ijtimoiy tarmoqlarda obunachilarini oldi-qochdi marafonlar bilan aldayotgan infoloʻttibozlar koʻpayib ketgan. Shu fikrga qoʻshilasizmi?

Ijtimoiy tarmoqlardagi marafonlar haqida nima deysiz?

3️⃣ Oddiy savollar. Savol murakkab boʻlmasligi va faqat bir jihatga tegishli boʻlishi kerak. Bitta soʻrovdagi bir nechta savol suhbatdoshga qulay savollarga javob berish va noqulaylaridan qochish imkonini beradi.

Parranda suti asosida H5N1 parranda grippi shtammiga qarshi emlama ishlab chiqish uchun davlat ajratgan mablagʻlar ulushi qancha va bu vaksinani ishlab chiqish qisqichbaqa dumidan olinadigan doriga nisbatan samaraliroq va arzonroq ekani rostmi?

Parranda grippiga qarshi emlama ishlab chiqish uchun byudjetdan qancha mablagʻ oldingiz?

© “Initsial”dan tarjima

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz

tgoop.com/oriftolib/4428
Create:
Last Update:

BY Orif Tolib

Share with your friend now:
tgoop.com/oriftolib/4428

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Polls Telegram channels fall into two types: Ng Man-ho, a 27-year-old computer technician, was convicted last month of seven counts of incitement charges after he made use of the 100,000-member Chinese-language channel that he runs and manages to post "seditious messages," which had been shut down since August 2020. The visual aspect of channels is very critical. In fact, design is the first thing that a potential subscriber pays attention to, even though unconsciously. Members can post their voice notes of themselves screaming. Interestingly, the group doesn’t allow to post anything else which might lead to an instant ban. As of now, there are more than 330 members in the group.
from us

Telegram Orif Tolib
FROM American