tgoop.com/oriftolib/3508
Last Update:
Tyumen – oʻzimizning “tuman”
Tyumen shahriga 1586-yili asos solingan. Tura daryosi boʻyida. Aholi soni boʻyicha Sibirdagi toʻrtinchi yirik shahar.
Bu shahar nomining kelib chiqishi haqida turli qarashlar bor. Keng tarqalgan talqinlardan biriga koʻra, u turkiy tillardagi tuman – oʻn ming soʻzidan kelib chiqqan. Mahmud Koshgʻariy bu soʻzni juda koʻp va oʻn ming maʼnolarida izohlaydi.
Tuman tarixda oʻn ming kishilik harbiy qismni, oʻn ming va undan ortiq askar yetkazib berish imkoniga ega hududiy birlikni ham ifodalagan. Baʼzilar shahar nomida shu maʼno bor deb hisoblaydi. Lekin buni maʼqullamaydiganlar koʻp: Sibirda oʻzi hozir ham odam kam boʻlsa, bu hudud oʻtmishda oʻn ming askar bera olgan boʻlishi mumkin emas.
Mantiqan asosli variant ham bor: Tyumen shahri pastlikda joylashgan. Sibir tatarlari tilida tuman soʻzi pastlik, uva maʼnosiga ega. Shahar nomi shu soʻzdan olingan. Sibir tatarlari tilidagi bu soʻz hozirgi oʻzbek tilida tuban shakliga ega. Uning bosh maʼnosi – quyi, past degani.
@oriftolib
BY Orif Tolib

Share with your friend now:
tgoop.com/oriftolib/3508