tgoop.com/oriftolib/2810
Create:
Last Update:
Last Update:
Doshqozon toshqozon emas
Doshqozon soʻzini eshitganda toshqozon shakli ham xayolga keladi. Masalan, Toshhovuz oʻgʻuzcha shevada Doshovuzga aylanadi. Lekin doshqozonning tarjimayi holi boshqacha, u toshqozonga aloqador emas. Toshqozon degan soʻzning oʻzi yoʻq, axir toshdan qozon qilinmaydi-ku.
Dosh soʻzi forschadan oʻzlashgan, asliyatda katta oʻchoq; xumdon maʼnosini anglatadi. Demak, doshqozon – katta oʻchoqqa joy boʻladigan qozon. Oʻzbekchada dosh soʻzining oʻzi ham qozon, doshqozon maʼnosida ishlatiladi. Lekin kam qoʻllanadi, asosan badiiy adabiyotda uchraydi.
Doshqozon katta yigʻinlarda, toʻy va maʼrakalarda koʻpchilikka ovqat pishiriladigan ulkan qozondir. Sumalak va halim asosan doshqozonda pishiriladi.
@oriftolib
BY Orif Tolib

Share with your friend now:
tgoop.com/oriftolib/2810