tgoop.com/notesofabdullah/445
Last Update:
Yangi mega bozor
Qo'yliqda hozir eski bozor buzilyapti, oziq-ovqatning katta qismi Food cityga o'tdi, qolgani ham sekin-sekin Yangi Qo'yliq bozoriga o'tyapti.
Raqamli bozorlar ham bor, kichikroq masshtabda bu - onlayn marketpleyslar, ularda tovarlar sotiladi. alif shop, uzum market, yandex ularga misol.
Shuningdek, mega bozorlar ham bor. Ularda ma'lumotlar, tovarlar, xizmatlar, hatto biznes va infrastrukturalar sotiladi. Masshtabni tushunish uchun - boyagi marketplayslar bu bozorlarda o'zlari tovar va sotuvchilarga aylanadi. Bu mega bozorlardan eng kattalari - Google (browser), Play Market, App Store.
Bugun yangi mega bozor shakllanashi oldida turibmiz - ChatGPT da. Ko'p tovarlar, ma'lumotlar, xizmatlar va hatto bizneslar sotuvi bu bozor orqali avj olishi kutilyapti. Bu haqida yaqinda bu yerda ham gapirishibdi. Bu bozorga tezroq kirish organik o'sishda, taniqlilikda katta yordam beradi.
BY Manguberdi Lapasov | blog
Share with your friend now:
tgoop.com/notesofabdullah/445