tgoop.com/notesofabdullah/415
Last Update:
Yirik kompaniyalarda ishlashni xohlaysizmi?
Universitet reklamasida shunday "hook" qulog'imga chalindi. Ha, katta kompaniyalar jozibali ko'rinadi, lekin...
3-kursligimda Alifga ishga kirdim - ajoyib vaqtlar edi. Alif'ni hali hech kim bilmas, 2 xonada 20 atrofida odam ishlar edik. Shaharda yurganimizda bo'lajak hamkor do'konlarni rasmga olib, bir-birimizga yuborardik. Ya'ni, "yirik kompaniya" emas edik umuman. Lekin maqsadlar katta, qilishga ish ko'p, shu bilan mas'uliyat ham qo'rqmay berilardi.
Hozir birinchi ishlarini qidirayotgan yoshlarga aytgan bo'lardim-ki - yirik kompaniyaga shoshilmang. Birinchi yillarda eng muhimi katta tajriba orttirish, risklar qilib ko'rish, mas'uliyatni olish, aslida.
Katta kompaniyada yosh kadrga bularni ishonib topshirish kamdan-kam bo'ladi. Tajriba orttirasiz, lekin katta mexanizmning bir detalchasi bo'lib, barqaror ish bo'ladi, lekin risk ololmaysiz. Tajribasiz bo'lganingiz uchun katta mas'uliyat ham berishmaydi.
Yaxshisi, yosh va o'z ustida ishlayotgan jamoaga qo'shiling. Mayli, hozir ular katta pullar topmasin, mayli ularni hech kim bilmasin. Lekin o'sadigan kompaniya bilan siz ham tez o'sasiz. Birga ishlaganim ko'plab hamkasblarim bunga yaqqol misol.
BY Manguberdi Lapasov | blog
Share with your friend now:
tgoop.com/notesofabdullah/415