tgoop.com/notesofabdullah/414
Create:
Last Update:
Last Update:
AI bilan ishlash prinsiplarim
GPT-5 ni muhokama qilayotgandik, do'stim yaxshi savol so'rab qoldi, o'zi AI ga qanchalar ishonsa bo'ladi, javoblari to'g'ri yoki noto'g'riligini qanday baholaymiz?
Chindan ham bugun sun'iy intellekt deyarli har qanday savolga professor darajasida javob bera oladi. Lekin ba'zan erinishi va analizni chala qilishi mumkin. Buning ustiga, har doim ham u sizni to'liq tushunmaydi. To'liq tushunmasa, javobni ham shunga qarab noto'g'ri beradi.
Ya'ni, sun'iy intellektga to'liq ishonib bo'lmaydi, aslo.
O'zim AI bilan ishlashda quyidagicha ish tutaman:
1. Faqat umumiy faktlarni yoki ko'rsatmalarni olaman. Masalan, mushuklar qancha yashaydi. Samaradorlik bo'yicha maslahatlar.
2. Javoblarni variantlardan biri sifatida qabul qilaman. Eng to'g'ri variant deb emas.
3. O'zim tayinliroq fikr bildira oladigan masalalarda AI bilan bemalol va ancha keng harakat qilaman, chunki adashayotgan vaqtda gallyutsinatsiya boshlanganini birdan aniqlay olaman.
4. Meni to'liq tushunganini aniqlash uchun - kerak bo'lsa, savol berishini aytaman.
Umuman olganda, internetda bo'lgan ma'lumotlar ko'lamini tahmin qilishdan boshlarkanman. Ish tamoyillari, tabiat ma'lumotlari haqida ma'lumotlar ko'p, shuning uchun bular haqidagi javoblariga ishonaman. Lekin, masalan, Akfa haqida ma'lumoti kamroq deb o'ylab, bu masalada unga ishonmayman va source ko'rsatishini so'rayman.
BY Manguberdi Lapasov | blog

Share with your friend now:
tgoop.com/notesofabdullah/414