tgoop.com/notesofabdullah/401
Last Update:
Xarajatlarini nazorat qilgan va daromadlarini orttirgan = Moliyaviy savodxonmi?
Ko‘pchilik moliyaviy savodxonlikni "kamroq sarfla (nazorat qil), ko‘proq ishlab top (investitsiyalar)" deb tushunadi. O‘zim ham shunday o‘ylardim... Lekin vaqt o'tib tushundim - buning o'zi yetarli emas.
Asl moliyaviy savodxon - pulini faqat ko'paytirishi emas, undan manfaat ololishi ham kerak. Manfaat olmasa, chemodan-chemodan pullarni yig'ib qo'ygandan nima naf?
Pullaringni yig'sang-u, ta'lim olishdan qizg'onsang, pulni tejayman deb taksidan foydalanmasang (oqibatda oilang oldiga kechroq borsang), sog'lig'ingga e'tibor bermasang. Bu pullarni unda nimaga yig'yapsan o'zi?
Asl savodxon - nazoratini yo'qotmay yig'gan pullarini hayotini yaxshiroq qilish uchun foydalana olishi, va muhimi bu pullarini oxiratiga ham foydali qila olishi kerak. Moliyaviy savodxon resurslari ichida faqat pul qadrini emas, vaqt, munosabatlar, berilgan bir hayot qadrini bilgan odam.
Moliyaviy savodxon aslida shunday. U pulini ishlatib o'ziga vaqt va imkoniyatlar sotib ololadi, berilgan bir hayotidan ko'proq foydali tajribalar olib, bu qisqa hayotdan cheksiz oxirat uchun sarmoya qilishga ulgurib qoladi.
BY Manguberdi Lapasov | blog
Share with your friend now:
tgoop.com/notesofabdullah/401