tgoop.com/notesofabdullah/390
Last Update:
Product manager o'zi nima ish qiladi? degan savolga javob
1. Izlanishlar - savollarga javob qidirish - ishimning katta qismini tashkil qiladi - bu qismni "discovery" deb ataymiz va unda har xil usullar bilan ma'lumotlar to'playmiz va tahlil qilamiz. Masalan:
- Odamlar nima uchun kartalar tarixini ko'rishadi? Analitikadan foydalangan bo'lisharmidi? Nima qilsak foydalangan bo'lishardi?
- Paymeda foydalanuvchilarni nima ushlab turadi-yu, Alifga nima sababdan o'tishdi? (Ha, hozircha biz "yetib olish" holatidamiz).
2. Ikkinchi katta qismi - delivery:
- qiymat beradigan mahsulotni ishlab chiqarish, bunda men ko'proq raqamli mahsulotlar bilan ishlayman. Ularni kod yozib tayyorlaymiz, jamoamizdagi injinerlar bilan.
- va foydalanuvchilarga yetkazish - bunda mahsulotni foydalanuvchilarga har xil marketing kanallari orqali yetkazamiz.
3. Va bu orada biz ko'plab ma'lumotlar, grafalar, fikrlarni kuzatib boramiz - ulardan xulosa qilib, yaxshiroq natija uchun yana nimadirlarni o'zgartiramiz.
Ha, ishimiz hafta boshlanishida bir vazifa berib qo'yishdan iborat emas😅 (IT komandalar-da shunday hazilomuz fikrlar yuradi).
BY Manguberdi Lapasov | blog
Share with your friend now:
tgoop.com/notesofabdullah/390