tgoop.com/notesofabdullah/383
Last Update:
Hal qiluvchi nuqta
Qiziqarli g'oya chiqadi, uning kerakliligi, foydasi haqida hisob kitob qilamiz, maslahatlar olamiz. Ishni boshlash uchun deyarli hamma narsa tayyor bo'ladi. Tartibli rejalar-u, "zo'r bo'p ketishi haqida" yaqin odamlar bilan bo'lishib, mazza qilamiz. Keyin ...
Keyin shu muhim nuqtada g'oya hayotga kelmay turib, to'xtaydi... Qizig'i, tashqi dunyo bunda kamdan-kam sababchi bo'ladi. Ko'pincha, shu ish uchun javobgarning o'zi uni tashlab qo'yadi, tamom. Haqiqatdan urinib ham ko'rmaydi.
Avval e'tibor bermasdim, yaqin 2-3 yilda bunga boshqa-boshqa holatlarda qayta-qayta guvoh bo'lyapman. O'zimda, yaqinlarim va atrofimdagilarda, hattoki katta kompaniyada ham.
- "Zero to one" ni belgilab berish nuqtasi balki shudir.
- "Amalga oshirish, hayotga keltirish" - qanday ajoyib ifodalar.
- "One", amalga oshirish.
BY Manguberdi Lapasov | blog
Share with your friend now:
tgoop.com/notesofabdullah/383