tgoop.com/notesofabdullah/340
Last Update:
Sun'iy idrok (AI)
Sun'iy idrokning har xil modellarining amalda qanday ishlayotganini ko'p misollarda barchamiz kuzatyapmiz. Marketpleyslarda tovar tavsiyalari-yu, GPT bilan suhbatlardan tortib, o'zi yurar mashinalargacha. Kompyuterlar yoki internet insonlar hayotiga chuqur kirib borib, kundalik ishlarni, sanoatlarni, munosabatlarni ham o'zgartirib yuborgandi. Ommalashgani sari, sun'iy idrokning ta'siri ulardan kam bo'lmasligi ayon bo'lib boryapti.
Bu o'zgarishlar vaqtida, nimadir qilish kerak.
Biznesingizga kiritishmi, yoki sun'iy idrok bilan produktiv munosabatda bo'ladigan komandalarda ishlash, xoh kerakli ko'nikmalarni hosil qilish bo'lsin yoki shunchaki foydalanish...
-------------
1 yilcha avval, gpt endi ommalashishni boshlaganda, potensial xavflarni o'ylab havotir olgandim, u havotirlarning ko'pchiligi hali ham bor. Lekin shu xavflarga yuzma-yuz tura olish uchun ham, sun'iy idrokni yaqindan tushuna olish kerak. Shunday ekan, harakatsiz qolmang.
BY Manguberdi Lapasov | blog
Share with your friend now:
tgoop.com/notesofabdullah/340
