tgoop.com/notesofabdullah/315
Last Update:
Qayerdadir bayram bo'lyapti, qayerdadir Olimpiada tugadi, lekin G'azoda esa bolalar o'ldirilishi tugamadi. Yangiliklarga ko'ra, kecha Muhammad ismli ota bor yo’g’i 4 kun oldin dunyoga kelgan egizak farzandlariga tug'ilganlik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun uydan chiqib ketganida chaqolaqlari va ayoli qolgan uy bombardimon qilingan va ularning barchasi vafot etgan.
Video.
Ota bolalari tug’ilganini nishonlashga ham ulgurmabdi. Tug’ilganlik guvohnomasini olgani ketgani bilan ortga qaytishga ulgurmasdan endi bolalari o’limini qayd etadigan guvohnomani olishga to’g’ri kelar ekan. Bu yo‘qotishning nihoyatda shafqatsizligini so‘z bilan ta’riflay olmayman.
G’azoda shu kungacha 15 mingdan ko’p bolalar o’libdi. Bu otaning oilasi va boshqa shu kabi yurakni parcha-parcha qiladigan yangiliklar go’yoki odamlar uchun normallashib, ahamiyat ham berilmaydigan darajaga kelib qolgandek. Ba’zi, xalqaro ommaviy axborot agentliklari bu va bu kabi yangiliklarni yoritmaydigan ham bo’lib qolishdi.
Ko’z oldimizda shunday dahshat sodir bo'layotganiga aql bovar qilmaydi.
@uzbekonomics
BY Manguberdi Lapasov | blog

Share with your friend now:
tgoop.com/notesofabdullah/315
