NOTESOFABDULLAH Telegram 310
Forwarded from Ilyos Safarov
Urg'uni to'g'ri beraylik.

Parlament kuni-kecha "bolani noqonuniy diniy ta’lim olishga jalb qilganlik" uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishini birinchi o'qishda ma'qulladi.

Buning oqibatlari qanday bo'lishini, zulm yanada kuchayishini sezayotgan dindorlar qo'lidan kelgancha e'tiroz bildiryapti.

Biroq, dindorlar hissiyotga berilib, baxs-munozarani avvaldan yutqazib qo'ymoqda.

Ushbu qonun loyihasiga qarshi bo'lish dindorlar ustidan nazoratni kuchaytirib, erkini bo'g'ib, ularni ikkinchi sort, johil va baqiroq qatlam sifatida ushlab turishni istayotganlarning ayni manfaatidadir.

Qaysi aqli raso bo'lgan odam "noqonuniy diniy ta'lim olish" tarafdori bo'lishi mumkin?
Undan ko'ra, dindorlar, diniy ta'lim masalasi ko'tarilgan ekan, fursatdan foydalanib, barcha uchun QONUNIY diniy ta'lim imkonini talab qilishi lozim.

Hozirda O'zbekistonda dindor uchun qonun doirasida diniy ta'lim olishning imkoni mutlaqo mavjud emas.

Diniy sohadagi eng asosiy qonun, Abror Muxtor Ali kabi nusxalarning "informatsiyon ko'magida" 2021 yilda yanada qat'iylashtirilgan "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar" to'g'risidagi qonunda fuqarolarining dunyoviy ta’lim olish huquqi, ularning dinga bo‘lgan munosabatidan qat’i nazar, ta’minlanishi aytilgan. Bunga qo'shilamiz, zaruriy talab.

Biroq, dindorlarga diniy ta'lim olish mutlaqo kafolatlanmagan va hatto mumkin emas. Dindor o'z bolasiga faqatgina "diniy ta’lim muassasalarida" (madrasada) faqatgina "professional diniy ta’lim" berish huquqiga ega. Bu degani, bola 18 yoshga to'lgandagina (ya'ni, bola bo'lishdan to'xtaganda) oz sonli, qabuli o'ta cheklangan madrasaga kirib, 22 yoshida professional rohib bo'lishigina mumkin. Ko'rib turibmizki, professional saroy mullasi bo'lishni istamagan, lekin dinini mukammal o'rganishni istaganlar uchun barcha yo'llar yopiq.

Bu vaziyat Konstitutsiyaga va O'zbekiston imzo qo'ygan xalqaro shartnomalar, hususan "Bola huquqlari to'g'risidagi" konvensiya va "Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to'g'risidagi" xalqaro paktga zid.

Ushbu paktning 18-moddasida shunday deyiladi:
1. Har bir inson fikr, vijdon va din erkinligi huquqiga ega. Ushbu huquq o‘z ixtiyori bilan o‘ziga ma’qul dinni qabul qilish va e’tiqod qilish erkini, yakka holda, shuningdek boshqalar bilan birgalikda, oshkora yoki xususiy tartibda ibodat qilish, diniy va boshqa urf-odatlarni va marosimni bajarish erkini ham o‘z ichiga oladi.
4. Davlatlar ota-onalarning o‘z bolalarini o‘z shaxsiy e’tiqodlariga muvofiq diniy va axloqiy tarbiyalash erkini hurmat qilish majburiyatini oladilar.

Demak, urg'uni mana shu g'ayritabiy vaziyatni o'nglashga berish kerak. Bu esa jiddiylashishni, kerak bo'lsa, siyosiylashishni, va muayyan qurbonliklarni, talab etadi. Boshqa yo'li yo'q,pushti rang ko'zoynaklarni yechib, jannatga birovning bukrida kirish xom-hayolidan voz kechish davri allaqachon kelgan.

P.s. Ba'zi ahmoqlar "jiddiylashishni" fuqarolik urushiga da'vat deb qabul qilmoqda. Aslida, konstitutsiya doirasida o'z e'tirozlarini bildirayotgan va erkinligi uchun kurashayotgan dindorlar barchani, jumladan bu ahmoqlarni ham qullikdan ozod qilyapti.

©Sardor Salim.

@haqiqatdaIlyos

tgoop.com/notesofabdullah/310
Create:
Last Update:

BY Manguberdi Lapasov | blog

Share with your friend now:
tgoop.com/notesofabdullah/310

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

bank east asia october 20 kowloon 2How to set up a Telegram channel? (A step-by-step tutorial) Each account can create up to 10 public channels The group’s featured image is of a Pepe frog yelling, often referred to as the “REEEEEEE” meme. Pepe the Frog was created back in 2005 by Matt Furie and has since become an internet symbol for meme culture and “degen” culture. Concise
from us

Telegram Manguberdi Lapasov | blog
FROM American