Telegram Web
Micro SaaS nima?

Micro SaaS — bu kichik va aniq bir muammoni hal qilishga yo‘naltirilgan onlayn xizmat. Bu kichik o‘lchamdagi SaaS (Software as a Service) modeliga asoslangan bo‘lib, asosan yirik kompaniyalar uchun kerak bo‘lmagan, lekin kichik bizneslar yoki shunchaki foydalanuvchilar uchun foydali xizmatlarni taqdim etadi.

Asosiy xususiyatlari:

- Kichik jamoa yoki bitta odam tomonidan ishlab chiqiladi va boshqariladi.
- Micro SaaS xizmatlari ko‘pincha arzon va foydalanishga juda oson bo‘ladi. Ular katta tizimlar kabi murakkab emas.
- Odatda kam vaqt, kam resurs talab qiladi. Shuning uchun daromadini ham katta deb bo'lmaydi, chunki ko'p xizmatni taklif qilmaydi.

Micro SaaS uchun namunalar:

- PandaDoc. Onlayn hujjatlarni yaratish, yuborish va imzolash uchun platforma. Kichik bizneslar uchun juda foydali bo‘lib, hujjatlarni soddalashtirishga yordam beradi.
- Loom. Ekran va video yozib olish, keyin uni boshqalarga oson ulashish imkonini beruvchi platforma. Kichik jamoalar yoki oddiy foydalanuvchilar uchun foydali.
- Buffer. Ijtimoiy tarmoqlar uchun postlarni rejalashtirish va ularni boshqarish platformasi. Kichik bizneslar yoki mustaqil blogerlar uchun foydali.

Sizda Micro SaaS uchun qanday g'oyalar bor?

@mukhammadkarim_tukhtaboev
PayPal Mafia: Tehnologiya dunyosining liderlari

PayPal Mafia — bu PayPal asoschilari va uning dastlabki xodimlaridan iborat bo’lgan guruh. PayPal 1998 yilda Max Levchin, Peter Thiel va Luke Nosek tomonidan tashkil etilgan. Keyinchalik kompaniya eBay tomonidan 1.5 milliard dollar evaziga 2002 yilda sotib olindi. PayPal kompaniyasining bir qator sobiq rahbarlari va xodimlari o’zlarining muvaffaqiyatli startaplari bilan tanilgan va hozirda IT dunyosida katta ta’sirga ega. PayPal Mafia tarkibiga quyidagi shaxslar kiradi:

1. Elon Musk - Tesla va SpaceX asoschisi.
2. Reid Hoffman - LinkedIn asoschisi.
3. David Sacks - Yammer asoschisi.
4. Adam D’Angelo - Facebookda ex-CTO va Quora asoschisi.
5. Travis Kalanick - Uber asoschisi.
6. Steve Huffman va Alexis Ohanian. - Reddit asoschilari
7. Chad Hurley, Steve Chen, va Jawed Karim - Youtube asoschilari.
8. Max Levchin - Affirm asoschisi.
9. Jeremy Stoppelman - Yelp asoschisi.
10. Peter Thiel va Luke Nosek - Palantir va Founders Fundning asoschilari
11. Stan Chudnovsky - Facebookda Messenger bo’limining boshlig’i bo’lgan.

Bu ro'yxat judayam uzun aslida. Bu guruh o’zlarining startaplarini yaratib, texnologiya sanoatida kuchli bog'lanish hosil qilishgan. PayPal Mafia orqali ko’plab muvaffaqiyatli kompaniyalar, venture capital firmalar va texnologiya innovatsiyalari rivojlandi.

Bizam bir mnde yashaylik, biror narsa qilaylik-e ?!

@mukhammadkarim_tukhtaboev
IBM kompaniyasi open-source loyihalar uchun bepul server berayotgan ekan.

Server harakteristikasi:
- 2 yadroli protsessor,
- 8GB operativ xotira,
- 100GB disk bilan server berimoqda.

@mukhammadkarim_tukhtaboev
Forwarded from Khumoyun Codes
Biznesni tushunuvchi muhandislar

Kuni kecha barchasi bank va online banking sohasida ishlaydigan dasturchilar davrasida bo‘lib qoldim. Ularning aksar qismi bu sohada birinchi marta ishlamasdan, orada boshqa online banking va to‘lov tizimlariga bog‘liq kompaniyalarda ishlab, hozirgi ish joyligiga yetib kelgan ekan. Ularga qilinayotgan sharoitlar, dasturchilarning qadrlanishi va banklar aro kadr talashishlar haqida eshitdik. Hozirgi paytda ko‘pgina yuqoriroq darajadagi dasturchilar nafaqat texnik bilimlari balki biznesni tushunganligi uchun ham, boshqa bir xil yoki ulardan ham yuqoriroq darajadagi nomzodlardan ustunroq qo‘yilar ekan.

Misol keltiradigan bo‘lsak, siz backend dasturchisiz, doim bank sohasida ishlagansiz, bankda jarayonlar qanday boshqarilishi, foizlar hisoblanishi, hisobotlar yig‘ilishi va jo‘natilishidan xabaringiz bor. Ma’lumotlarni qay holatda saqlab, qaysilarini nusxalarni alohida saqlab qo‘yish kerakligini bilasiz. Boshqa bir nomzod dasturchi esa, oldin har xil sohalarda ishlagan, umumiy ishlarni yaxshi bajara oladigan dasturchi. Shu holatda biznes egasi yoki boshqaruvchilari, sizni ishga olishni afzalroq deb bilishadi, chunki sizga ortiqcha vaqt sarflab to‘liq jarayonni tasvirlab berilmasa ham o‘zingiz ishlay olasiz va kerak paytda hatto o‘z takliflaringizni kiritasiz. Bu esa biznesga juda katta foyda olib kelishi mumkin. Mantiqan o‘ylab qaraydigan bo‘lsak, biz ham biznesimiz bo‘lganda shunday "domain specific" dasturchilarni ishga olishni afzal ko‘rar edik.

Qo‘shimchasiga, Nuruddin yaqinda Californiaga borib kelgandan keyin taassurotlarini aytib berganda ham yuqoridagi gaplarni ta’kidlagandi. Ya’ni hozirgi paytda texnologik gigantlar paydo bo‘ladigan Sillicon Valleyda ham, muhandis/arxitektorlarni aynan biznesni zo‘r tushunganligi uchun, ayrim kompaniyalar katta maosh va ulushlar bilan "ovlab" (hunt) qilishga harakat qilishayotgan ekan.

Xulosa shuki, siz biron bir loyiha ustida ishlayotgan paytingizda shunchaki kerakli vazifani bajarishdan tashqari, "domain" ya’ni biznes qanday ishlashini ham tushunishga harakat qiling. Nimaga aynan shu ish qilinayotgani, qanday qilinayotgani va nima foyda olib kelishini ham tushuning, kerakli paytda yechimlarni bilsangiz takliflarni ham kiriting. Shunda siz kompaniyada shunchaki ishchi bo‘lmasdan "kalit dasturchi" (key developer) sifatida ham qadrlanasiz va bu sizga ko‘p eshiklarni ochib beradi. Undan tashqari kelajakda o‘zingiz shu "domain"ni o‘zida startap qilish istagi bo‘lib qolsa ham ishingiz ancha osonlashadi.

@khumoyun_codes
Ruhiyatingizni ko’taradigan gap aytaymi?

Siz Allohdan so’rab, sababini zo’r qila turib, niyatingizga yetolmay qolishingizdan ko’ra, koinotning vayron bo’lib ketishi Alloh uchun yengilroq narsa …

Instagramdan topib oldim )

@mukhammadkarim_tukhtaboev
Amerika bizdan 100 yil oldinda deb o’ylardim, ular bizdan 12 soat orqada ekan-ku ))

@mukhammadkarim_tukhtaboev
Insofsizlar, xech balo qoldirishmabdi bizga :(

Yashashga beringlar!

@mukhammadkarim_tukhtaboev
China > USA
Uzbekistan = Uzbekistan

@mukhammadkarim_tukhtaboev
Tabiiy intellekt inqirozga uchrayotgan bir paytda, sun'iy intellekt ommalashib bormoqda ...

DeepSeek haqida gap ketganda, kun.uz dagilardan ajoyib jumla.

@mukhammadkarim_tukhtaboev
ChatGPT dan “gaz” olishni istasangiz, mana shu gapni unga yuboring:

“Roast me as hard as you can based on everything you know about me. Don't hold back even a little bit. I can take it all. In Uzbek”

Natijasini komment da qoldiring, ko’raylikchi qanday inson ekansiz ))

@mukhammadkarim_tukhtaboev
Yandex dan o'zbekcha ma’ruzalar

Yandex Uzbekistan dasturlash maktablarida mobil va backend dasturlash bo'yicha o'zbekcha ma'ruzalar bo'layotgan ekan.

Men uchun judayam ajoyib yangilik bo'ldi. Masalan, backendchilar uchun CI/CD haqidagi bu mavzu zo'r yoritilibdi. Ko'rishni maslahat beraman.

@mukhammadkarim_tukhtaboev
Forwarded from zokirov.dev
Google'dan Offer Oldim

Maqola:
zokirov.com/posts/googledan-offer-oldim
Janob Panda
Google'dan Offer Oldim Maqola: zokirov.com/posts/googledan-offer-oldim
Ukam Jasur Google dan offer olibdi. Malades! Kelajakdagi ishlariga omad tilaymiz!

O’zimizcha turli hayollarda bir birimizdan interview olardik (hazil tariqasida). Bu rasmda Jasur mendan olgan ekan. Endi men olamanooov 😄😅

Rasmga olayotgan Muhammadyusuf. Hozir u Amerikada. 😄
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️Bugungi Prezidentimiz bilan bo'lib o'tgan uchrashuvdan qisqacha taasurotlar!

Bu xabarni har bir yosh eshitishi kerak! Marrani baland olib, oldinga harakatlanishdan to'xtamang aziz yoshlar 🇺🇿
Elon Mask: Baxtlilar sirli yashaydi

O’zbek tilida:
https://youtu.be/226qDWfZTAE?si=ENO7bSeK0epTVAyv

@mukhammadkarim_tukhtaboev
Forwarded from UzGeeks Community
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hozirgi kunda, menga yaqindan yordam berayotgan yordamchi chatbotlar.

Bularni hurmat qilib chrome (bookmarks) dan joy berdim. Endiyam yordam bermay ko'rsinchi :)

IDE lardan, Trae va Cursor ham bor.

@mukhammadkarim_tukhtaboev
2025/06/30 01:29:30
Back to Top
HTML Embed Code: