Warning: mkdir(): No space left on device in /var/www/tgoop/post.php on line 37

Warning: file_put_contents(aCache/aDaily/post/mukhammadkarim_tukhtaboev/--): Failed to open stream: No such file or directory in /var/www/tgoop/post.php on line 50
Janob Panda@mukhammadkarim_tukhtaboev P.2532
MUKHAMMADKARIM_TUKHTABOEV Telegram 2532
Forwarded from Khumoyun Codes
Biznesni tushunuvchi muhandislar

Kuni kecha barchasi bank va online banking sohasida ishlaydigan dasturchilar davrasida bo‘lib qoldim. Ularning aksar qismi bu sohada birinchi marta ishlamasdan, orada boshqa online banking va to‘lov tizimlariga bog‘liq kompaniyalarda ishlab, hozirgi ish joyligiga yetib kelgan ekan. Ularga qilinayotgan sharoitlar, dasturchilarning qadrlanishi va banklar aro kadr talashishlar haqida eshitdik. Hozirgi paytda ko‘pgina yuqoriroq darajadagi dasturchilar nafaqat texnik bilimlari balki biznesni tushunganligi uchun ham, boshqa bir xil yoki ulardan ham yuqoriroq darajadagi nomzodlardan ustunroq qo‘yilar ekan.

Misol keltiradigan bo‘lsak, siz backend dasturchisiz, doim bank sohasida ishlagansiz, bankda jarayonlar qanday boshqarilishi, foizlar hisoblanishi, hisobotlar yig‘ilishi va jo‘natilishidan xabaringiz bor. Ma’lumotlarni qay holatda saqlab, qaysilarini nusxalarni alohida saqlab qo‘yish kerakligini bilasiz. Boshqa bir nomzod dasturchi esa, oldin har xil sohalarda ishlagan, umumiy ishlarni yaxshi bajara oladigan dasturchi. Shu holatda biznes egasi yoki boshqaruvchilari, sizni ishga olishni afzalroq deb bilishadi, chunki sizga ortiqcha vaqt sarflab to‘liq jarayonni tasvirlab berilmasa ham o‘zingiz ishlay olasiz va kerak paytda hatto o‘z takliflaringizni kiritasiz. Bu esa biznesga juda katta foyda olib kelishi mumkin. Mantiqan o‘ylab qaraydigan bo‘lsak, biz ham biznesimiz bo‘lganda shunday "domain specific" dasturchilarni ishga olishni afzal ko‘rar edik.

Qo‘shimchasiga, Nuruddin yaqinda Californiaga borib kelgandan keyin taassurotlarini aytib berganda ham yuqoridagi gaplarni ta’kidlagandi. Ya’ni hozirgi paytda texnologik gigantlar paydo bo‘ladigan Sillicon Valleyda ham, muhandis/arxitektorlarni aynan biznesni zo‘r tushunganligi uchun, ayrim kompaniyalar katta maosh va ulushlar bilan "ovlab" (hunt) qilishga harakat qilishayotgan ekan.

Xulosa shuki, siz biron bir loyiha ustida ishlayotgan paytingizda shunchaki kerakli vazifani bajarishdan tashqari, "domain" ya’ni biznes qanday ishlashini ham tushunishga harakat qiling. Nimaga aynan shu ish qilinayotgani, qanday qilinayotgani va nima foyda olib kelishini ham tushuning, kerakli paytda yechimlarni bilsangiz takliflarni ham kiriting. Shunda siz kompaniyada shunchaki ishchi bo‘lmasdan "kalit dasturchi" (key developer) sifatida ham qadrlanasiz va bu sizga ko‘p eshiklarni ochib beradi. Undan tashqari kelajakda o‘zingiz shu "domain"ni o‘zida startap qilish istagi bo‘lib qolsa ham ishingiz ancha osonlashadi.

@khumoyun_codes
👍37🔥921👏1😁1

tgoop.com/mukhammadkarim_tukhtaboev/2532
Create:
Last Update:

BY Janob Panda

Share with your friend now:
tgoop.com/mukhammadkarim_tukhtaboev/2532

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Those being doxxed include outgoing Chief Executive Carrie Lam Cheng Yuet-ngor, Chung and police assistant commissioner Joe Chan Tung, who heads police's cyber security and technology crime bureau. While the character limit is 255, try to fit into 200 characters. This way, users will be able to take in your text fast and efficiently. Reveal the essence of your channel and provide contact information. For example, you can add a bot name, link to your pricing plans, etc. Don’t publish new content at nighttime. Since not all users disable notifications for the night, you risk inadvertently disturbing them. As five out of seven counts were serious, Hui sentenced Ng to six years and six months in jail. The administrator of a telegram group, "Suck Channel," was sentenced to six years and six months in prison for seven counts of incitement yesterday.
from us

Telegram Janob Panda
FROM American