Telegram Web
Forwarded from MDC Uzbekistan
Microsoft Community Conf 2024 was successfully organized

As you know, the "Microsoft Community Conf 2024" developer conference was organized in Tashkent on November 30. Local and international speakers who visited the conference gave lectures on AI, Cloud, Data, Engineering, Leaderships. We thank them on behalf of our team and community.

In particular, we would like to express our gratitude to our sponsors (Digital Generation Uzbekistan, Uzbekistan Creative Association, Noventiq), Community Partners (Microsoft, JetBrains, DiHunter, The Tech, Startup Chayxana, C-Space), volunteers and the MDC team who helped to hold the conference.

Sincerely, MDC Uzbekistan team

#MDCUzbekistan #MDCConf2024 #Microsoft #TechEvent #MicrosoftCommunity

@mdcuzbekistan
Jur’at nima? Siz uni qanday tushunasiz?
Frontend uchun Angular o'rganmoqchi bo'lganlar diqqatiga. Sizlar uchun eng yaxshi ustoz - Josh Developer (Umar) deb bilaman.

Umarni Angular bo'yicha Google ham GDE (Google Developers Expert) sifatida e'tirof etgan. Bu huddi mendagi MVP ga o'xshash.

Shu kunlarda Umar kurs boshlayapti. To'g'rirogi bugun :) Vaqt borida yozilib qoling.

@mukhammadkarim_tukhtaboev
Bu qiliqni qilganimni xech kimga aytmanglar! 😁😂
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mazzami?

Taekwondo -> Techwondo 😁

@mukhammadkarim_tukhtaboev
3 kunlik yozgan kodlarim o'chib ketdi ...

3 kundan beri AI loyiha ustida ishlayotgandim. Ancha ish qilib qo'ygandim. Hali gitni aralashtirmagan edim. Nimadir bo'ldi-yu, o'chib ketdi :(

Qo'shimcha dasturlardan foydalanmoqchi bo'ldim. O'chib ketgan fayllarni tiklashga mo'ljallangan dasturlarning deyarli barchasi pullik ekan (MacOS uchun). Agar git ni qo'shgan bo'lganimda ham log lar qatoridan topishim mumkin edi.

Birorta imkon topa olmadim tiklash uchun. Keyin ChatGPT janoblariga yuzlandim. IDE ni o'zida "Local History" degan joyi bo'ladi, o'sha yerdan tiklay olasan deb qolsa bo'ladimi. Menda esa jetBrains IDE edi.

Rasmda ko'rsatilgandek yechimni qilib, barcha fayllarimni qaytarib oldim. Sizlarda ham shunday holat kuzatilsa, endi nima qilishni bilib oldingiz degan umiddaman :)

@mukhammadkarim_tukhtaboev
Forwarded from JavaHere's Blogs 🚀
JetBrains dan offer oldim 🎉

Maqola uchun havola.

Bollar biz yutamiz!
"Uzbekistan Creative Association" Game Developer lar uchun kichik musobaqa o'tkazayotgan ekan. Qiziquvchilarga qatnashishni maslahat beraman. Balki, o'yin bo'yicha kareerangiz shu yerdan boshlanar ...

Guruhga qo’shilish:
https://www.tgoop.com/+SbpXGnonHaAzOGEy

@mukhammadkarim_tukhtaboev
Rus tilini biladigan middle+ Data Analitika bo'yicha ustoz kerak.

Muraojaat uchun: @ozodakhonm
Kim sochini kalga oldirmoqchi? Challenge qilamizmi? 😁🕺

@mukhammadkarim_tukhtaboev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ish va hayot muvozanati (Work-life balance)

Ish va shaxsiy hayot o'rtasidagi sog'lom muvozanatni saqlash "work-life balance" deb nomlanadi. Ya’ni, ishda samarali ishlash bilan birga oila, do‘stlar, sog‘liq va shaxsiy qiziqishlarga ham yetarli vaqt ajratishdir.

Asosiy maqsadi. Stressni kamaytirish, ruhiy va jismoniy salomatlikni saqlash, ish samaradorligini oshirish, shaxsiy hayotdan zavq olish.

Misol sifatida. Ishdan keyin sport bilan shug‘ullaning yoki oila a’zolari bilan vaqt o‘tkazing. ish vaqtida samaradorlikni oshirib, kechki payt dam olish yoki sevimli mashg‘ulotlarga vaqt ajrating. Dam olish kunlari ishni chetga surib, yangi joylarga sayohat qilish yoki do‘stlar bilan uchrashing.

Foydali taraflari. Ishingiz samaradorligi oshadi, ruhiy va jismoniy sog'ligingiz yaxshilashadi, yangi g'oyalar va ijodkorligingiz kuchayadi, doimiy kasbiy rivojlanasiz.

Bu muvozanat, ayniqsa dasturchilar kabi ko‘p vaqtini kompyuter qarshisida o‘tkazadigan mutaxassislar uchun juda muhimdir.

@mukhammadkarim_tukhtaboev
Professional bo‘lish nimani anglatadi?

Professional bo‘lish – bu faqat yaxshi mahoratga ega bo‘lish emas, balki ishga va insonlarga qanday munosabatda bo‘lishingizdir. Professional odam o‘z kasbida nafaqat bilim va tajribaga ega, balki o‘z harakati bilan boshqalarga ijobiy ta’sir qila qiladi.

Mas’uliyatlilik. Professional inson o‘z so‘ziga va va’dalariga sodiq. U ishni o‘z vaqtida va sifatli bajaradi.

Hurmat. U hamkasblariga, mijozlarga va jamoaga hurmat bilan munosabatda bo‘ladi.

Sifatga intilish. Professional odam “bo‘ldi, shu yetadi” qabilida emas, eng yaxshi natijani olishga harakat qiladi. Otabek Mahkamovning "Tasodif bo'lmagan 100 ta uchrashuv" kitobida shunday yozilgan edi: "Parashutni pessimistlar, samalyotni optimistlar o'ylab topgan!". "Uchsa bo'ldida" demasdan, uni "Uchirish" kerak oxirigacha.

Barqarorlik. U muammolarni tinch va oqilona hal qiladi, stressli vaziyatlarda ham o‘zini yo‘qotmaydi.

O‘zini rivojlantirish. Professional bo‘lish – doimiy o‘rganish va o‘z ustida ishlash demakdir.

Professionalizm – ishonch qozonish, hurmatga sazovor bo‘lish va hayotda muvaffaqiyatga erishish yo‘lidir. Shaxsiy muammolar bo‘lsa ham, haqiqiy professional ularni ishiga ta’sir qildirmaydi va har doim o‘z prinsiplariga sodiq qoladi.

Unutmang, professional bo‘lish – bu odatiy mahoratdan yuqori turuvchi fazilat! 🌟

Aytgancha, siz o'zingizni professionalman deb ayta olasizmi?

@mukhammadkarim_tukhtaboev
Professional bo‘lish – bu o‘zini boshqara olish. Lekin o‘zini unutish emas!

Hayot har doim ham rejamizga mos ravishda o'tmaydi. Shaxsiy muammolar ko‘pincha ichimizni kemiradi, har kuni shuni o‘ylab, kayfiyatimiz tushib ketadi. Ishlashni ham xohlamay qolamiz. Ammo biz professionalmiz. Atrofdagilarga, hamkasblarimizga yoki ijtimoiy tarmoqda bu muammolarni sezdirishni istamaymiz. Shunday emasmi ?!

O‘zimizga qoidalar o‘rnatamiz
. Shaxsiy muammolarimizni ishga olib chiqmaymiz. Yaxshi kayfiyatni saqlab, boshqalarga ta’sir qilmaslikka harakat qilamiz. Ijtimoiy tarmoqlarda faqat ijobiy postlar yozamiz. Bu – professionallik. Ammo bu jarayonda shaxsiy muammolarni ham e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. Bu bizni charchatishi, ruhiy holatimizni yomonlashtirishi mumkin.

Muammo bo‘lsa, uni ichga yutib yashamang. Gaplashing! Yaqin do‘st yoki o'zingiz ishonadigan odam bilan suhbat quring. Tinchlaning! Yengillik beradigan mashg‘ulotlar toping (sport, kitob o‘qish, tabiatda sayr).

Yodda tuting. Sizning ruhiy salomatligingiz – bu sizning asosiy kuchingiz. Shaxsiy hayot tinch bo‘lsa, professional hayotda ham barqarorlik va muvaffaqiyat bo‘ladi. O‘zimizni esdan chiqarib qo‘ymaylik! 🌱

@mukhammadkarim_tukhtaboev
SaaS nima?

SaaS (Software as a Service) — bu dasturlardan internet orqali xizmat sifatida foydalanish modeli. Ya'ni, siz foydalanuvchi sifatida qurilmangizga dastur o'rnatishingiz shart emas. Barcha ma'lumotlar va dasturning o'zi ham cloud da saqlanadi. Qisqa qilib aytganda, biror foydali dastur yoki hizmatning web interfeysli online versiyasi.

SaaSning afzalliklari:

- Oson kirish. Internetga ulanib, istalgan qurilmadan dasturga kirish mumkin.
- Arzon narxlar. SaaS xizmatlari ko‘p foydalanuvchilarga mo‘ljallangan, shuning uchun narxlari odatda past bo‘ladi.
- Qo'shimcha dasturlarsiz. Qurilmangizga qo'shimcha dasturlar o'rnatishingiz shart emas.

SaaS deb quyidagilarni aytsak bo'ladi:

- Google Workspace (Gmail, Google Docs): Internetda ishlaydigan pochta va hujjat dasturlari.
- Microsoft 365: Ofis dasturlarining onlayn versiyasi, masalan, Word, Excel.
- Salesforce: Bizneslarga mo‘ljallangan CRM tizimi.

Siz qanday SaaS larni bilasiz?

@mukhammadkarim_tukhtaboev
2025/06/30 11:55:25
Back to Top
HTML Embed Code: