tgoop.com/javokhir_notes/94
Last Update:
Tashqariga chiqqaningizda...
Qachonki chet elga chiqqaningizda siz faqat o'zingizni emas, butun boshli millatingizni ko'rsatasiz.
Oxirgi 4 - round intervyu jarayoni yakunida Data department boshlig'i bilan shunday suhbat bo'ldi :
U : Hayratdaman, qizig'i seni o'qishingdan shu paytgacha hech kimni intervyu qilmagandim
Men : Data, Analytics va AI bo'yicha o'quv dasturi bizda yangi ochildi, oldinlari MBA talabalarimiz boshqa departmentlarga intervyu topshirishgan bo'lishi kerak...
U : Hmm, yaxshi menimcha endi keyingi yillardan Data departmentga ham kandidatlaringizni e'tiborga olsak bo'ladi, sog' bo'l...
O'qishimda hozircha 1 ta O'zbek bor - men.
Bloomberg va Amazon intervyularidan o'tganimni eshitgan o'quv ishlari xodimi meni suhbatga chaqirdi, va unga yuqoridagi dialogni aytib berdim. U juda xursand bo'ldi, va shunday dedi:
- Endi biz ham O'zbekiston talabalarini qabul jarayonida yanayam e'tiborliroq ko'rib chiqamiz shekilli...
Shu payt chet elda va tashqarida yashash ma'suliyatini yana bir bor anglab yetdim. Agar chet elda bo'lsangiz yoki ketayotgan bo'lsangiz, yoki ayniqsa atrofingizda o'zbeklar kam bo'lsa, iltimos hatti harakatlaringizga e'tiborliroq bo'ling, chunki boshqa millatdagilar istaysizmi yo'qmi butun boshli millatni sizga qarab baho beradi, bu insondagi tabiiy instinkt. O'zingizdan keyingilarni yo'lini to'sib qo'ymang
Tashqarida yurgan tanishlaringizga tashlab qo'ying 🇺🇿
BY Javohir Fikrlar
Share with your friend now:
tgoop.com/javokhir_notes/94
