Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
Pet Project Qilmang

Boshida tajribasiz ish boshlayotganda "tovuq-tuxum" muammosi ko'pchilikda bo'ladi ya'ni ish topish uchun tajriba kerak, tajriba uchun ish topish kerak. Shunaqa payt ko'pchilik pet project(shaxsiy loyiha) qilishadi masalan "To Do List, Tic Tac Toe va hkz", shaxsan o'zimam shunaqa qilganman

Lekin men sal samaraliroq yo'lni maslahat bergan bo'lardim, deyarli hamma soha uchun ishlaydi

Osmondan yoki Youtubedan siyqasi chiqib ketgan "шаблонный" loyihalar qilishni o'rniga, Upwork ga kiring, va sohangizdagi ishlarni toping, u yerda mijoz loyiha talablari haqida o'zi detallar bergan bo'ladi,

O'sha loyihani chiroyli qilib qiling va loom videoda demo qilib, ishga topshirib yuboring va
"hoy salom, loyihangni ko'rdim, men Upworkda yangiman lekin menga loyiha qiziq tuyuldi, shunga mana 1-chi versiyasini qildim, qarab ko'rchi"
shunga o'xshash habar yozib yuboring

Shu bilan siz bir o'q bilan 2-3 ta quyonni urasiz:

1. Mijoz sizni qabul qilish ehtimoli 2-3x ortadi
2. Mijoz qabul qilsa real tajriba va real loyiha olasiz, pul ham ishlab olasiz
3. Mijoz qabul qilmasayam endi siz real hayotdagi muammoni yechadigan loyiha qilgansiz chunki unga kimdir pul to'lashga tayyor edi

Sizga kerak bo’ladigan 3 ta narsa: qunt, qunt va vaqt

Ishga topshirganingizdayam shu demo videolardan foydalansangiz bo'ladi CVda, chunki ko'pchilik video demo qo'shmaydi loyihalariga

PS: bu usulni o'zim sinab ko'rmaganman, yaqinda sinab ko’rmoqchiman, natijasini keyinroq bo’lisharman balki

Sinab ko'rganlar yoki yaxshiroq usul bilganlar bormi?
💯45🔥2712🫡6🙏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Ketmon” restoraniga 24/7 ishlaydigan AI voice agent qurib, joy band qilib ko’rdim.

Latency ozgina baland ekanini hisobga olmaganda yomon emas

O’rtacha 6-9 sekundda javob qaytaryabdi

Birinchi o’rinda telefon operatorlari va kommunal xizmatlarga qo’yishsa yaxshi bo’lardi shunday agentlarni, yaqinda O’zbekistonga borganimda 15-20 minutlab navbat kutdim, haliyam o’sha holat
🔥28👏13😁6🏆4😴1
Forwarded from Pavel Durov (Paul Du Rove)
If you’re a student choosing what to focus on, pick MATH. It will teach you to relentlessly rely on your own brain, think logically, break down problems, and solve them step by step in the right order. That’s the core skill you’ll need to build companies and manage projects. 🏢
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯394🔥4🤝3👍1
Avoid paths that reset to zero
🫡17💯5😴21
Yevropadagi oxirgi oylar...

So'ngi vaqtlar ancha band bo'ldim deb postlar kamligiga bahona qilaman

- bu orada Bloombergni background check jarayoni yaxshi tugallandi
- 🇬🇧 UK ga ishchi vizasini ham oldim 2029 yilgacha

- Diplom ishimni(master thesis) ni ham muvaffaqiyatli topshirdim
- Londondan ofisga 20 minutlik masofada uy ijara ham topdim, 40 ta e'lon bilan gaplashibman, Londonga student bo'lib kelayotganlar narxlarni inobatga olinglar ⚠️

- Siemensdan ham offboarding tugadi, keyingi hafta oxirgi ish kunim, roppa rosa 1 yil AI agentlar qurish ustida ishladim, bu yerda ishlashni tavsiya beraman, faqat to'g'ri department, to'g'ri jamoa bilan

- ESMT ning yozgi 2 oylik "Entrepreneurship" dasturida qatnashdim

- Orada quyosh energetika kompaniyasiga kichik AI Agent ham sotdik, hozir 20x resurs va vaqt tejayabdi

- Hozir Germaniyada sug'urta, pochta, "propiska" larni deregistratsiya qilish bilan bandman

- Masters student maqomini rasman keyingi hafta topshiraman👨🏻‍🎓

- Kommunikatsiya ustida ishlash niyatida 1:1 individual darslar olishni boshladim

- Yevropadagi oxirgi safarni Shveytsariyaga sentyabrda 4 kunlik sayohat bilan yakunlamoqchiman 🇨🇭

Yevropada 2 yil vaqtim davomidagi hulosalar, darslarim haqida keyinroq bir yozaman
🔥41👍168🤯2
100 betlik prompt?

Yaqinda "Big 4" lardan biri KPMG(soliqlar bo'yicha maslahat beruvchi firma) TaxBot AI agentini qurish uchun 100 betlik prompt ishlatgani haqida o'qib qoldim. Aytishlaricha oldin 2 hafta olayotgan 25 betlik reportni 1 kunda tayyorlab beryabdi ekan, hozircha faqat tajribali soliq maslahatchilariga ishlatishga ruxsat bor ekan

Bunaqa uzun prompt ishlatishganini ko'rib hayron qoldim, hozircha uni qanday ishlatishgani, promptni strukturasi yoki umuman ichkaridagi sxema haqida hech narsa bilmayman, lekin to'g'risi menga bu usul sal yoqmadi, balki effektivroq alternativ bordir deb o'ylab qoldim

Albatta hamma o'ylaganidek, meniyam kallamga kelgan 1 chi fikr -"fine tuning qivorsa bo'maydimi, RAG ishlatishyabdimi o'zi?" bo'ldi, lekin hulosa qilishga shoshmayman odatda, ularam "tupoy" emas, o'ylashgandir deb qo'ydim

Lekin meni o'ylantirgan, bo'lishi mumkin bo'lgan muammolar:

1. Buni ushlab turish, ya'ni kontekst yangilansa promptni to'xtovsiz yangilab turish kerakmi yoki RAG yo'lga qo'yilganmi?

2. Gandiraklash, 100 betlik prompt degani bu aniq javob beradi degani emas, LLM larga promptlar asosan javob, natijani qanaqa ko'rinishda chiqarishga ko'proq ta'sir o'tkazadi, fikrlashga yoki hisoblashga emas, balki shu sababli oxirgi gpt modellar ham oddiy arifmetikalarda gandiraklab qolar...

3. Narx, endi bunaqa uslub Gentra benzinni suvday ichkani kabi tokenni ayamay yoqsayam bu yerda foydaga nisbatan unchalik katta emas deb o'yladim, bitta report uchun balki ko'pida $100 ketar lekin uni kamida $10-15 mingga sotsa kerak KMPG

Men buni har hil qismlarga bo'lgan bo'lardim, hisoblash, savolni tushunish, kategoriyaga arjatish(korporativ soliq, shaxsiy soliq va hkz), hullas har bir bo'lim uchun alohida alohida prompt, agentlar...100 betlik promptda katta ehtimol bilan kamida 15-20 ta buyruq/bo'limlar bo'lishi kerak

Ammo o'ylaymanki, bu haqida ma'lumot berilmagani bular qilinmadi degani emas, katta ehtimol bilan bularni hisobga olishgan KMPG injinerlari

Sizning fikringiz qanday? 100 betlik prompt normalmi?
🤯7👍2😱2
Siemensdagi oxirgi kun

Aytgancha Berlinda Siemens stansiyasiyam borakan
👍206🫡4🙏2👨‍💻1
Dada, aya, rasman, endi o’g’lingiz magistr

Berlindagi ESMT Biznes maktabining 2 yillik “Masters in Analytics and AI” dasturini vanihoyat bitirdim

Diplomda meni ismim bo’lgani bilan, asosiy hissa va yutuq yaqinlarimniki

2023 yil Germaniyaga talaba vizaga topshirishda deposit(~11-12k euro) qo’yish uchun mashinamni(Nexia 3) sotishim kerak bo’lgan, lekin uni yaxshi ko’rganim uchun sotishni kechga suraverganman, shu sabab vizaga ham kech topshirgandim, o’qish boshlanishiga 4-5 kun qolsayam vizadan darak yo’q. O’qishdagilar 1 hafta kech qolsam, o’qishga kelishimni foydasi yo’qligini va dasturdan chetlashtirilishmni aytishgan

Shukrki, 3 kun qolganda viza chiqqan va o’qishga yetib kelganman

O’zi Germaniyaga kelish sarguzashtlar bilan boshlangan, kelgan kunim aeroportda eng asosiy narsalarim(hamma hujjatlar, passport, pul, ishxona macbooki, elektronikalar)bor sumkani qoldirib ketganman va bu esga tushib qaytib borganimda yo’qolgan bo’lgan, qisqasi 3-4 soat yugur yugur va militsiya aralashuvi bilan topilgan, uzun hikoya…

Hullas talabalik sahifasi ham shu yerda yakunladi(balki hozircha). 2 yilda 20 yillik xotiralar yig’dim

Rahmat
5🎉6115🏆13😎5👍2
Day 1 at Bloomberg 🅱️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥62🎉19🤯7🏆2😱1
2025/10/22 20:54:51
Back to Top
HTML Embed Code: