tgoop.com »
United States »
Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti »
Telegram web »
Post 31948
INSTITUTDA XORIJIY TILLAR FAN OLIMPIADASINING DASTLABKI BOSQICHI O‘TKAZILDI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 15-iyuldagi 247-son buyrug‘i asosida respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon va arab) fan olimpiadasini o‘tkazish belgilangan.
Mazkur buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida xorijiy tillar bo‘yicha “Til olimpiadasi”ning dastlabki bosqichi o‘tkazildi.
Tadbirni institut rektori Rivojiddin Karimov ochib berib, xorijiy tillarni puxta o‘rganish va yoshlarning til kompetensiyalarini rivojlantirish bugungi ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. Shuningdek, u olimpiada jarayonlarida adolat, xolislik va oshkoralik tamoyillariga qat’iy amal qilinishini qayd etdi.
Bellashuvlarda 150 nafardan ortiq iqtidorli talaba-yoshlar ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy, yapon va arab tillari yo‘nalishlarida o‘z bilim va ko‘nikmalarini 1–2 -shartlarda namoyon etdilar.
Olimpiadaning 3–4-shartlari 24-oktabr kuni davom ettiriladi. Yakuniy bosqichda eng yuqori natijalarni ko‘rsatgan talabalar institut nomidan respublika bosqichida ishtirok etish imkoniga ega bo'ladilar.
Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Axborot xizmati
🔹Bizni kuzatishda davom eting
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt

🔥6❤2🆒1
tgoop.com/ibratnamdchti/31948
Create:
Last Update:

BY Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti

Share with your friend now:
tgoop.com/ibratnamdchti/31948