#maqtanishtaym
Sizda “Huzur”ning qaysi kitoblari bor?
✍️ Suratlarini izohlarda qoldiring! Bir koʻzlarni quvnating! 🤩
👉@huzurkitoblari

❤54👍12🤩3🔥2
#rasmiy_axborot
The Three Body Problem asarining mualliflik huquqi bo‘yicha
Huzur nashriyoti xitoylik mashhur yozuvchi Lyu Sisin qalamiga mansub The Three Body Problem (Uch jism muammosi) asarining o‘zbek tilidagi tarjimasi bo‘yicha eksklyuziv huquq egasi hisoblanadi.
2025-yilning 13-yanvarida 4 tomonlama imzolangan shartnomaga ko‘ra, nashriyotimiz ushbu huquqqa 5 yil davomida egalik qiladi.
Asar tez orada nashriyotimiz tomonidan chop etiladi!

❤50🤩9👍6😍4🔥3😱2🏆1
❤35👍13🏆5🔥4🤗3🫡1
Hammasi bir videoda. Sovg‘a esa Sizga!
Begona sayyora.
Aqlli maymunlar.
Qul insonlar.
Haqoratlangan aql.
Ezilgan or-nomus.
Bu yerda kuch — maymunlarda.
Umid deyarli yo‘q.
Ammo savol ochiq qoladi:
“Haqiqiy hayvon kim?”
Mashhur fransuz yozuvchisi Pyer Bulning “Maymunlar sayyorasi” asari haqidagi ko‘rsatuvni albatta tomosha qiling va fikrlaringizni YouTube izohlar qismida yozib qoldiring!
🎁Eng yaxshi 3 ta izoh egasiga Huzur nashriyotidan istagan kitobini hadya qilamiz!
Tomosha qilish: 👉 https://www.youtube.com/watch?v=JxXGctTepGs

👍41❤22🔥4
#jumboq_savol
KYShUFEOʻVKXEVEOOLOEU 🤔
☝️Bu faqat qalbi bilan o‘qiy olganlarga!
⏳Ertaga soat 18:00 ga qadar ushbu harflar zamirida qanday so‘zlar yashiringanini 1-bo‘lib topib, ochiqlab bera olgan odamga Huzur'dan istagan kitobini hadya qilamiz!

🤔60❤14👍8🔥5😍1
Huzur kitoblari
#jumboq_savol KYShUFEOʻVKXEVEOOLOEU 🤔 ☝️Bu faqat qalbi bilan o‘qiy olganlarga! ⏳Ertaga soat 18:00 ga qadar ushbu harflar zamirida qanday so‘zlar yashiringanini 1-bo‘lib topib, ochiqlab bera olgan odamga Huzur'dan istagan kitobini hadya qilamiz! 👉@huzurkitoblari
Javob haliyam topilmadi!
Ip uchi:
▪️birikma ikkita so‘zdan iborat;
▪️Huzur nashriyoti bilan bo‘g‘liq;
▪️bu jumboqni yechish uchun qaysidir kitobni o‘qigan bo‘lishingiz shart emas;
▪️harflar aniq bir tartib bilan yechimga olib boradi;
▪️qalb ish bermagan bo‘lsa, mantiqni ishga soling.
ChatGPT'dan so‘rab o‘tirmang, kechadan beri uning ham miyasi g‘ovlab ketdi 😁
👉@huzurkitoblari
Ip uchi:
▪️birikma ikkita so‘zdan iborat;
▪️Huzur nashriyoti bilan bo‘g‘liq;
▪️bu jumboqni yechish uchun qaysidir kitobni o‘qigan bo‘lishingiz shart emas;
▪️harflar aniq bir tartib bilan yechimga olib boradi;
▪️qalb ish bermagan bo‘lsa, mantiqni ishga soling.
👉@huzurkitoblari
😁106❤12🤩5👍3🔥2👏1
Huzur kitoblari
Javob haliyam topilmadi! Ip uchi: ▪️birikma ikkita so‘zdan iborat; ▪️Huzur nashriyoti bilan bo‘g‘liq; ▪️bu jumboqni yechish uchun qaysidir kitobni o‘qigan bo‘lishingiz shart emas; ▪️harflar aniq bir tartib bilan yechimga olib boradi; ▪️qalb ish bermagan…
Nihoyat, javobini topdinglar!
Bu shifrlangan so‘z “HUZURBAXSH TASALLILAR” so‘zidan iborat bo‘lib, o‘zbek lotin alifbosi asosida har bir harfni 3 pozitsiyaga oldinga surish orqali yaratilgan.
G‘olibimizni chin yurakdan tabriklaymiz! 🎉
Sovg‘ani olish uchun @huzur_admin ga bog‘lanishlarini iltimos qilamiz.

👍34❤12😁3😢2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kitoblar qanday dunyoga keladi?
Ko‘ring, zavq oling!
“Huzurbaxsh tasallilar”ning qayta nashri tez kunda! 🔥
✍️Kutayotganlarning izoh yozgan qo‘llari dard ko‘rmasin! 😊

❤62🔥16👍8🤩6😍3
“Huzurbaxsh tasallilar”dan 3 goʻzal iqtibos
🦋 Oyogʻingga kirgan tikanlar — sen axtargan gulning xabarchilaridir.
🦋 Pulga chaqilmaydigan qancha bisoti boʻlsa, inson shu darajada boydir.
🦋 Kim bilan birga kulganingni unutishing mumkin, lekin kim bilan yigʻlaganingni aslo unutmaysan!
Tez kunda! ⏳

❤97👍21🔥8🤩2😍1🏆1🤗1
#dardlashamiz
Hozir sizni qanday muammo qiynayapti?
💬 Izohlarda dardingizni qisqacha (iloji boʻlsa, bir-ikki soʻz bilan) bayon qiling. Biz esa “Huzurbaxsh tasallilar”dan unga mos tasalli va fikrlarni topishga urinib koʻramiz!
Qani, boshladik! ✊

❤53😁8👍4🔥1🏆1
Bu kitob seni topadi!
Xafa va g‘amginmisan?
O‘zingni boshi berk ko‘chaga kirib qolgandek his qilyapsanmi?
Bir muammong bor-u, yechimini topa olmayapsanmi?
Nimani eshitishni istaysan?
Qaysi haqiqat ko‘nglingni tinchlantiradi?
Yo‘l izlayapsanmi?
Ikkilanyapsanmi?
Demak, bu — aynan SENING kitobing!
U ko‘nglingga huzur,
qalbingga taskin,
ruhingga yengillik olib kiradi!
“Huzurbaxsh tasallilar” tez kunda! 🔥
Huzur sari: 👉@huzurkitoblari

❤59👍9🔥7🏆4😍1
Nihoyat... U chiqdi!
“Huzurbaxsh tasallilar” endi sotuvda 🥳
So‘zlar — malham.
Sahifalar — panoh.
Sukunat — hamdard.
Bu kitob ko‘z bilan emas, ko‘ngil bilan o‘qiladi.
Og‘ir nafaslarga yengil ruh baxsh etadi.
“Huzurbaxsh tasallilar” endi sotuvda.
“Huzurbaxsh tasallilar” endi qo‘lingizda.
“Huzurbaxsh tasallilar” endi hamisha yoningizda!
🚗 Respublika bo‘ylab yetkazib berish xizmati mavjud.
• Xarid qilish uchun:
✍🏻 @huzur_admin
+99890-954-54-15

• Muqovasi – qattiq;
• Sahifa – 304 bet;
• Narxi - 69.000 soʻm.
🚗 Respublika bo‘ylab yetkazib berish xizmati mavjud.
• Xarid qilish uchun:
✍🏻 @huzur_admin
+99890-954-54-15
Huzur sari: 👉@huzurkitoblari
❤46😍16🔥7👏4🤩4👍3
Forwarded from ABDUKARIM MIRZAYEV | Расмий канал
📚 Bir yilda nechta kitob o‘qiyapsiz?
Amerikalik o‘rtacha 17 ta,
Hind – 16 ta, ruslar – 11 ta,
Qozog‘iston: 2.66 ta
Afg‘oniston: 2.56 ta.
⚠️ Afsuski O‘zbekiston statistikada ham yo‘q.
Ammo Abdukarim Mirzayev tomonidan ochilgan “O‘qi, O‘yla, O‘rgan” klubida har oy 4 ta kitobni tahlil qiladi.
Klubda hozirgcha o'zbek tilida bo'lmagan 10 dan ortiq jahonga mashhur kitoblar tahlil qilindi.
🔎 Endi sizga savol: O‘tgan oy nechta kitob o‘qidingiz?
Agar “kitob o'qishga vaqtim yo'q”, “o'qiy olmayapman” desangiz sizni ham klubimizga taklif qilamiz.
Klubga qo‘shilib har oy 4 ta kitob tahlilini tinglab, o'qigandek bo'lasiz.
Ushbu klubga qo'shilish uchun quyidagi adminga KLUB deb yozing.
👉 https://www.tgoop.com/klub_menejeri

❤39👍9😱4🤩2
Ichimda bir ogʻriq bor...
Bir mollyuska yonidagi boshqa mollyuskaga qarab: “Juda ham qiynalyapman, ichimda chidab boʻlmas ogʻriq bor, bardosh qila olmayapman”, dedi.
Unisi esa oʻz holatidan mamnun va loqayd holda javob berdi: “Dengizlarga shukr boʻlsinkim, mening na dardim bor va na ogʻriq his qilyapman”.
Shu payt ularning yonidan oʻtib ketayotgan va bu gaplarni eshitib qolgan qisqichbaqa shunday soʻz qotdi: “Doʻstingning ogʻriqlari uning ichida muhtasham inju borligi uchundir”.
Huzurbaxsh tasallilar” asaridan

❤63👏10😍7🤩3🫡1
Forwarded from Doctor's Mind 👩⚕️
✍️Pol Kalaniti
📖”So’nggi nafas havoga qorishmasdan”
“O‘lim haqiqatining o‘ziyoq notinchlik uyg‘otadi. Ammo bu haqiqatni tan olmay yashashning iloji yo‘q.”
Hayot va o’lim o’rtasidagi masofa bizga doim uzundek tuyiladi, aslidachi? Aslida esa hayot va o‘limni ajratuvchi masofa - kiprik qoqish bilan o‘lchanadigan bir lahza, bir nafasdir. Asar bosh qahramoni neyroxirurg Pol bo’lib, voqealar ham aynan shu qahramon tilidan hikoya qilinadi. Pol uzoq yillik tibbiy ta’limni olgan, tibbiyot sohasida shahd bilan ishlashga tayyor va o’z o’rnini topayotgan neyroxirurg. U kasbiy faoliyatini bir maromga keltirgandan keyin oila va farzandli bo’lishga e’tiborini qaratishni istaydi. Ammo bu hayotda bizning emas, taqdirning aytgani bo’ladi. Hamma narsa joyida tuyilgan bir paytda saraton bosh ko’tarib Polning hayotini ostun-ustun qilib yuboradi. Endi nima qilish kerak? Taqdirning bunday zarbalariga qanday dosh berish mumkin?
Asarni ko’p joylarida o’z o’qish davrlarimni yodga oldim. Uzoq yillik bakalavrni bitirib endi ishlayman deganimda bu o’qiganim hali hech nima emasligini tushunganman. Oldinda 3 yillik magistratura, doktorantura, yana ketma-ket kvalifikatsiyalar. Shularning baridan o’tish kerak. Endi mehnatning mevasini ko’raman deganda esa… Xullas, butun boshli asar davomida men ham Polning hayotida yashab o’tdim.
Umrining so’nggi daqiqalarini yashayotgan Pol shunday deydi:
“Men o‘lib borayotgan bo‘lsam ham, to butunlay o‘lmagunimcha - men yashayapman.”
Bu fikr orqali inson umri uning qanchalik uzunligi bilan emas, balkim shu umrga qanday ma’no berilgani bilan qiymatli ekanligini tushunamiz. Tibbiyotda biz imkon qadar bemor o’limini kechiktirishga harakat qilamiz, ammo Pol menga o‘lim oldidan qanday yashash va o’zini tutish kerakligini mardonavor ko’rsatib bera oldi.
Ushbu kitob faqat o’lim va saraton haqidagina emas. Bu - insonning o‘z taqdirini qanday qabul qilgani va hayot haqida.
Tibbiyot bizga kasallik haqida bilim beradi, hayot esa inson haqida.
Vrach bu - bilim va insoniyatning kesishgan nuqtasida turgan, har bir tashxis ortida hayotiy haqiqatni anglaydigan kasb egasidir. U bemoriga faqatgina davo izlamaydi, u bilan birga yashaydi, birga og‘riydi va ba’zida birga yig‘laydi. Shu sabab, vrach bo‘lish - faqat klinik ko‘nikmalar emas, balki insoniylik, sabr va hayot mazmunini his qilish hamdir.
Kitobni o’qib tugatar ekanman, yana bir marta shu kasbni tanlashda adashmaganimga, uzoq yillik mehnatdan qochmaganimga xursand bo’ldim. Kalaniti aytganidek, men ham hayot mazmunini tibbiyot orqali tushunib yetyapman.
“Hayot faqat muddat bilan emas, uning qanday o‘tgani bilan o‘lchanadi.”
@doctorsmind📖

Shifokorlik — bu faqat kasallikni emas, balkim hayot mazmunini ham anglashdir.
Tibbiyot bizga kasallik haqida bilim beradi, hayot esa inson haqida.
Vrach bu - bilim va insoniyatning kesishgan nuqtasida turgan, har bir tashxis ortida hayotiy haqiqatni anglaydigan kasb egasidir. U bemoriga faqatgina davo izlamaydi, u bilan birga yashaydi, birga og‘riydi va ba’zida birga yig‘laydi. Shu sabab, vrach bo‘lish - faqat klinik ko‘nikmalar emas, balki insoniylik, sabr va hayot mazmunini his qilish hamdir.
Kitobni o’qib tugatar ekanman, yana bir marta shu kasbni tanlashda adashmaganimga, uzoq yillik mehnatdan qochmaganimga xursand bo’ldim. Kalaniti aytganidek, men ham hayot mazmunini tibbiyot orqali tushunib yetyapman.
“Hayot faqat muddat bilan emas, uning qanday o‘tgani bilan o‘lchanadi.”
@doctorsmind📖
❤41👍10🔥4👏1😍1
Bizda ajoyib yangilik! 🎉
200 ta ❤️ dan soʻng aytamiz 😉
✍️Taxminlar esa izohlar qismiga!
Huzur sari: 👉@huzurkitoblari
200 ta ❤️ dan soʻng aytamiz 😉
✍️Taxminlar esa izohlar qismiga!
Huzur sari: 👉@huzurkitoblari
❤336🔥5🤗4
#xushxabar
#ilk
Qadrli do‘stlar!
Bizda ajoyib yangilik!
Chorsu mavzesining qoq yuragida ilk bor HUZUR KITOBLAR DO‘KONI ochilayotganini tantanali ravishda ma’lum qilamiz! 🎉
✍️ Xo‘sh, ochilish marosimiga kelasizmi,
Sizga qanday sovg‘alar hozirlab qo‘yaylik?
Tortinmay aytavering 😊

❤100🤩13😍8🏆3👍2🔥1
Huzur kitoblari
Hammasi bir videoda. Sovg‘a esa Sizga! Begona sayyora. Aqlli maymunlar. Qul insonlar. Haqoratlangan aql. Ezilgan or-nomus. Bu yerda kuch — maymunlarda. Umid deyarli yo‘q. Ammo savol ochiq qoladi: “Haqiqiy hayvon kim?” Mashhur fransuz yozuvchisi Pyer Bulning…
Tanlov g‘oliblarini tabriklaymiz! 👏
Yaqinda “Maymunlar sayyorasi” kitobini o‘qib chiqdim. Boshida oddiy bir fantastik hikoya bo‘lsa kerak, deb o‘ylagandim. Lekin u yurak-yuragimni titratib yubordi…
Bu asarda maymunlar emas, odamzodning o‘zi haqida aytilgan haqiqatlar bor.
Voqealar kelajakda sodir bo‘ladi: odamlar bir sayyoraga tushib qoladi, lekin u yerda insonlar emas, maymunlar hukmron.
Aql, fan, madaniyat, hukumat — barchasi ularning qo‘lida.
Odamlar esa qulday, ojiz va sustkash.
Odamzodning o‘zi hayvon darajasiga tushib qolgan.
Nega?
Chunki vaqt o‘tgan, inson o‘zini o‘zi yemirgan…
O‘z nafsiga berilib, qudratiga haddan ortiq ishonib, oxiri o‘zini yerga urgan.
Va shunda o‘ylay boshladim: axir biz ham shunday xatolarni qilmayapmizmi?
O‘zimizni aqlli hisoblab, aslida sekin-asta insoniyligimizni yo‘qotmayapmizmi?
Eng og‘ir joyi — maymunlar orasida insonni tushunishga harakat qilganlar bor, ammo odamlarning o‘zida rahm-shafqat qolmagan...
Kitobda berilgan savol juda ham og‘ir: haqiqiy hayvon kim — kuchga egaligi ortidan zo‘rlik qilayotganmi yoki yuragida mehr-muhabbat so‘nmagan, ammo ojiz qolgan odammi?
Ushbu kitobni o‘qigach, ichimda nimadir o‘zgargandek bo‘ldi.
Angladimki, inson qachon insonligidan voz kechsa, o‘ziga ham, kelajagiga ham dushman bo‘lar ekan.
©️FarangizMamarayimova
2- va 3- g‘oliblarimiz: InobatBarotova hamda no_one
🎁 G‘oliblarimizni yana bir bor qutlagan holda, sovg‘alarini olish uchun @huzur_admin ga murojaat qilishlarini so‘raymiz!

❤42👏12👍3🏆3🔥2