Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
1219 - Telegram Web
Telegram Web
Top 5 kitob uchun chegirma!
Faqat 2 kun!
🔥

“Huzur”ning eng sara asarlarini hali o‘qib ulgurmadingizmi? Endi esa bunga bahona yo‘q!

Qo‘shaloq bayram munosabati bilan, kitobxonlar tomonidan eng ko‘p so‘ralayotgan jahon adabiyotining TOP 5 kitobiga maxsus chegirma e’lon qilamiz!

🔸“So‘nggi nafas havoga qorishmasdan”56.000 47.000
🔸“Yashamoq”59.000 49.000
🔸“Ochlik” 59.000 49.000
🔸“Maymunlar sayyorasi”56.000 46.000
🔸“Yuraging chorlagan yerga bor”56.000 46.000

Bu asarlar Sizni boshqa dunyolarga sayohatga olib chiqadi!

Aksiya muddati 8-iyun 24:00 gacha!

🛒 Buyurtma uchun:
@huzur_admin
+99890-954-54-15

📬 O‘zbekston bo‘ylab yetkazib berish xizmati mavjud!

👉@huzurkitoblari
60😢9🤩6👍3🔥2
“So‘nggi nafas havoga qorishmasdan” endi Uzum'da!

Qisqa fursat ichida Top 10 kitob qatoridan joy olib ulgurgan “So‘nggi nafas havoga qorishmasdan” asarini endi Uzum Marketdan ham xarid qilishingiz mumkin!

📘Хarid uchun: https://uzum.uz/uz/shop/huzuruz

👉@huzurkitoblari
42👍5🔥3🤗3
Forwarded from Qamar nashriyoti
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
42🫡12🏆3👍2🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kitobxonlar tomonidan eng ko‘p so‘raladigan top 5 jahon adabiyoti

©️video by Jasur Muhammad

✍️ Siz bulardan qaysi birini o‘qidingiz?

👉@huzurkitoblari
48🔥6😱2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tezkor_tasvir
#soxta_kitob
#buxoro

Soxtakorlardan ogoh boʻling!

Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanidagi oʻzini BADR ISLOMIY DOʻKON deb tanishtirgan doʻkon Instagram sahifasida “Yashamoq” kitobining soxta nusxalarini reklama qilib, Oʻzbekiston boʻylab sotib kelmoqda.

Yuqoridagi vedeo va tahririyatimizda mavjud fototasvirlarda aks etganidek, Huzur nashriyotining maxsus stikeri boʻlmagan soxta kitob nusxalari ularning qoʻlida juda koʻplab adadda mavjudligini bildirishmoqda.

Holat yuzasidan tegishli organlarga murojaat qilindi.

❗️Ogoh boʻling! Kitobxonlar va noshirlarning haqidan hazar qilmaydigan soxtakor doʻkonlardan kitob xarid qilmang!


👉@huzurkitoblari
😱3719👍11🏆5🔥3
Ushbu parcha qaysi asardan?

Bir payt kutilmaganda koʻcha tomondan gʻala-gʻovur ovozlar eshitila boshladi. Mehmonxonadan bitta naridagi pastki mahallada bir mashina devorga kelib urilgan edi.

Alaz ham, aslida, mana shu shovqindan choʻchib uygʻonib ketgandi. U pastki koʻchada baqir-chaqir qilib, har tarafga chopib yurgan bir necha odamni koʻrdi. Shu lahza pastga qaradi-yu, hayratdan qotib qoldi...

Qarshi devorga borib urilgan va tutun ichida qolgan mashina Jonsuniki edi...

Alaz beixtiyor “Jonsu!” deb baqirib yubordi va pastga oʻqdek otildi. Zinalardan sakrab-sakrab, jon holatda mehmonxonadan otildi. Otilib bordi-yu... halokatga uchragan mashinaga tikilib qoldi...

Vaqt goʻyo toʻxtab qolgandek edi. Jonsu mashina ichida boshi bir tomonga ogʻgan holatda yotardi... Alaz odamlar orasidan oʻtib, mashina tomon qadam bosdi. Qulogʻi shangʻillar, hech nimani eshitmasdi. Atrofdagilar “Yaqinlashma, mashina portlab ketishi mumkin!” deb baqirishardi.

Alaz koʻz yoshini tuta olmay, boʻgʻiq ovozi bilan “Keldingmi?” dedi. Jonsu boshini biroz koʻtarib qaraganday boʻldi. Ammo u qimirlay olmas edi. “Qani, tur oʻrningdan!”, dedi Alaz. Jonsuda hech bir harakat sezilmadi. Alaz yana takrorladi: “Iltimos, tur oʻrningdan, Jonsu-u-u!..”

Bu orada tez yordam yetib kelib, shifokorlar yordam koʻrsata boshladi. Jonsuning boʻshashgan qoʻllaridan bir parcha qogʻoz tushdi. Alaz bu qogʻozni darrov tanidi va qoʻliga oldi.

Bu oʻsha oʻzi yozib bergan shahodat kalimasi edi!!!

👉@huzurkitoblari
51🔥9👍8😢6😱1
Ikki nafas orasida yozilgan asar

Hayot bir nafas bilan boshlanadi.
Va bir nafas bilan yakun topadi.
Bu ikki nafas orasida esa shunday savol bor: “Nima uchun yashayapman?”

“So‘nggi nafas havoga qorishmasdan” — o‘lim bilan yuzlashgan yurakning vidosidir.
Bu vido yurak og‘rig‘iday rost.
Go‘dakning tushiday sof.
Ilohiy darajada go‘zaldir!

✍️ Siz ham o‘z hayotingiz haqida kitob yozsangiz, uni qanday nomlardingiz?

👉@huzurkitoblari
65🔥13😍4🤗2👍1
Diqqat, tanlov: endi gʻoliblik navbati Sizda! 🤩

Talab va istaklaringizga binoan, navbatdagi tanlovga start beramiz!

Shartlar judayam oson:
1. @huzurkitoblari kanaliga obuna bo‘ling;
2. Kanaldagi istalgan Huzur kitoblaridan birining rasmini telegram profilingizga hammaga ko‘rinadigan shaklda yuklang.
3. Ushbu post ostida oʻzingizdan oldingi ishtirokchining tartib raqamini sinchiklab aniqlab, undan keyingi sonni yozib qoʻying.

🎁 5 nafar gʻolibning har biriga:
-“Soʻnggi nafas havoga qorishmasdan” kitobi sovg‘a qilinadi.

❗️ESLATMA:
▪️Surat tanlov yakuniga qadar telegram profilingizdan oʻchirilmasligi va hammaga koʻrinib turishi shart.
▪️Har bir ishtirokchi birgina raqam yozish huquqiga ega.
▪️Shartlarga rioya qilmagan ishtirokchining gʻolibligi o‘z kuchini yo‘qotadi.

Tanlov gʻoliblari 22-iyun, yakshanba kuni soat 20:00 da random usuli orqali jonli efirda aniqlanadi.

Qani, boshladik!
Barchangizga omad!

👉@huzurkitoblari
87👍25🔥11🏆10🤗4🤩2😍1
Forwarded from Mohichehra A’zam 📚
​​#taqriz

📌 Pol Kalaniti. So‘nggi nafas havoga qorishmasdan

Hayot tajribadan iborat


Kitob muallifning birinchi va oxirgi asari. Pol Kalaniti Amerikalik mashhur neyrojarroh edi. Ilmda ham, shaxsiy hayotda ham eng yuqori nuqtaga erishishiga oz qolgan, ungacha esa uzoq va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgandi...

O‘lim insonning rejalari, orzu-umidlari bilan hech qachon hisoblashmagan. Yaqin atrofimizda ham ko‘p ko‘ramiz yillari davomida uy quray, mashina olay, qiz chiqaray, o‘g‘il uylantiray deb tinimsiz mehnat qilganlarni. Eng yomoni endi barchasini tinchitdim deganda o‘lim eshik qoqmasdan bostirib keladi. Umuman odamzot asrlar bo‘yi o‘limga chora izladi, qarshilik qildi. Ba’zan jar yoqasidan qaytgan odamlarni ko‘rib hayot adolatli, mo‘jizakor deya o‘ylasang, ba’zan arzimas sabablar tufayli joni uzilganlarni ko‘rib buning g‘irt teskarisini o‘ylab qoladi odam...

Pol Kalaniti hayotga tashna, quvnoq, hazilkash, fidokor, bilimli jarroh edi. U tug‘ilish va o‘limni ko‘p ko‘rdi, bulardan ma’no izladi. Hayotning naqadar azizligini his qildi. Tug‘ilish o‘limga qo‘yilgan ilk qadam deyishadi. Rost, tabiatdagi neki narsa bor, bir kun o‘lishi muqarrar. Biz inson o‘laroq buni qabul qilishimiz, ortimizdan yaxshi so‘zlar bilan eslanishga arzigulik ishlar qilishimiz lozim. Lekin undan ham muhimi hayotni to‘la his qilib yashamoq, so‘nggi nafas havoga qorishmasdan avval undagi bor haqqini olmoq lozim. Mashhur bir filmda aytilganidek: ”Hayot qisqa kechir, yordam ber, shukr qil, sev, kul va baxtli bo‘l”.

Asar o‘lim haqida bo‘lsada, insonda pessimistik kayfiyat qoldirmasligi bilan o‘ziga xoslik kasb etdi men uchun. Munosabatlardagi samimiylik, sevgi, tushunish barcha narsadan ustun. Barchaga tavsiya qilaman. Kitob sifatiga gap yo‘q. Bexosdan ancha tepadan tushib ketdi, zarar yetmadi lekin)

Mohichehra A’zam

@boqiy_darbadarr
67👍13🔥8👏6😍4👌2🏆2🤩1
Sen bormasang-da, U seni chaqirishi mumkin.
Ammo eng afzali — sening borishingdir.


Alaz shu kungacha oʻzini hech qachon bunday his etmagandi. Borib tahorat oldi. Keyin esa xonaning bir chekkasiga kurtkasini toʻshab, shom namozini ado etdi. Hayoti davomida his qilgan rohatlar ichida eng lazzatlisini boshidan kechirayotgandi u. Hamma narsaga kuchi yetadigan, jamiki dardlariga kushoyish ato etadigan Robbiga ilk bora shunchalar yaqin kelayotgandi...

✍️Siz bu kitobni oʻqiganmisiz?

👉Huzur sari: @huzurkitoblari
128😢29👍7👌6😱2🔥1
Yarim soatdan soʻng omadli ishtirokchilarni aniqlaymiz. Tayyormisiz?
Anonymous Poll
63%
Ha
7%
Yoʻq
30%
Nima gap, men bexabar qolibman
🤩19🔥76😍3👏1
Efir yakunlandi. 5 nafar g‘olib aniqlandi! 🏆

Jonli efirda o‘tkazilgan tasodifiy tanlash usulida:

1️⃣650
2️⃣665
3️⃣17
4️⃣102
5️⃣149


raqamli ishtirokchilarimiz g‘olib bo‘ldilar!

Tabriklaymiz! 🎉

Sovg‘aga qo‘yilgan “So‘nggi nafas havoga qorishmasdan” kitobini olish uchun @huzur_admin ga murojaat qilishlarini so‘raymiz!

Tanlovda ishtirok etgan barchaga tashakkur!

✍️ Agar shunday o‘yinlar yana o‘tkazilishini istasangiz, izohlarda qoldiring!

👉@huzurkitoblari
31🔥15😢12👍9👏5🏆3
Omad bugun kelmasa, ertaga keladi!

Taniqli ingliz siyosatdoni Uinston Cherchillning shunday gapi bor:

“Men sizga sogʻlik yoki boylik oʻrniga faqatgina omad tilashni afzal koʻraman. Hamisha omadingizni bersin! Oʻylab koʻring, axir “Titanik” kemasidagilarning aksari boy va sogʻlom odamlar emasmidi? Ammo ularning ayrimlarigagina omad kulib boqib, omon qolishdi”.

“Qalbga taskin bitiklar” kitobidan

👉@huzurkitoblari
👍8927🔥11👏7🏆6😍3🤗2🤩1
Xotira va muzlatgich

Fikrimcha, xotiraning ishlashi muzlatgichnikiga oʻxshaydi: ichida ancha payt qoldirgan narsangni olganingda nima boʻlishini bilasan.

Dastlab gʻisht kabi qattiq, hidsiz va taʼmsiz, yuzasi esa mayda oq zarlar bilan qoplangan boʻladi. Olovga qoʻyar-qoʻymasingdan sekin-asta oʻz shakli va rangiga qayta boshlaydi, hidi esa butun oshxonani tutib ketadi.

Dilni xira qiluvchi xotiralar ham hofizamizning son-sanoqsiz qorongʻi gʻorlarida uxlab yotadi, u yerda yillab, oʻnlab yillab yoki umr boʻyi qoladi. Kunlardan bir kun ularga esh boʻlgan dard xuddi yillar avvalgiday kuydirib, jizgʻanak qiluvchi otash misoli tagʻin paydo boʻladi.

“Yuraging chorlagan yerga bor” kitobidan

👉@huzurkitoblari
54👍8🤗4🔥2🤬2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Kechirasiz-u, saratondan oʻlay deyapman”.

Bu gap tilimning uchigacha keldi, ammo saraton boʻlmasam-chi? Balki, faqat bel ogʻrigʻi bor odamlarning holatini boshdan kechirayotgandirman?

...Bir amallab oʻrnimdan turib oldim-da, bukchaygancha perron tomon yurib ketdim.

“Soʻnggi nafas havoga qorishmasdan” kitobidan

©️video by Jasur Muhammad

✍️ Bu kitob yozgi mutolaa roʻyxatingizda bormi?

👉@huzurkitoblari
46🔥9👍6
2025/10/22 16:37:45
Back to Top
HTML Embed Code: