Kitob tugadi, yaxshilar!
“Ochlik”ni o‘qib, to‘qlik nima ekanligini angladim.
Bu asar to‘qligimdan ziyoda mening och ekanligimni ko‘rsatdi.
Ma’nan, ruhan, qalban faqir ekanligimni ko‘rsatdi.
Faqat oshqozonimni to‘ldirayotganimni, aslida esa yashamayotganimni ko‘rsatdi!
Kitob oxirlar ekan, ehson qilgan bir necha kronasini qaytarib olgani uchun qahramonimizdan ranjidim. Menimcha, bu noinsoflik edi. So‘ng o‘zimcha o‘yladim: “Qirqiga chidab, qirq biriga chidamadi...”
Aslida, unda qirq bir ham qolmagandi.
Eh, attang!
Ammo men asarda ismi ham keltirilmagan o‘sha kristianiyalik yigitni kechirdim. To‘g‘rirog‘i, uning timsolida o‘zimni kechirdim va yana bir bor imkon berdim.
Ey, ismi ham nomaʼlum bo‘lgan kristianiyalik yigit! Men seni kechirdim. Eshityapsanmi? Kechirdim...
Sendan biroz ranjigandim, ong-u shuurimda aslingcha qola olmaganing uchun. Ammo sen bunga majbur emassan!
Sen ham meni kechir.
Men hozir yashamoqchiman. Hozir...
©️Xushroʻybegim
👉@huzurkitoblari

❤52👍35🔥3🏆3🫡3
Sovrinli post! 🤩
Hali sotuvga ham chiqmagan yangi kitobimiz — “So‘nggi nafas havoga qorishmasdan” asarining ilk o‘quvchisi aynan Siz bo‘lishingiz mumkin!
Xo‘sh, qanaqasiga?
Bu juda oddiy!
Ushbu postning izohlar qismiga o‘zingizdan avvalgi ishtirokchi yozgan raqamdan keyingi tartib sonni yozib qoldiring va o‘yin ishtirokchisiga aylaning!
☝️Diqqat!
▪️Raqamlar 1, 2, 3, 4 … kabi tartib bo‘yicha ketishi kerak!
▪️Har bir ishtirokchi faqat bitta raqam yozish huquqiga ega!
G‘olib ertaga soat 22:00da random usuli orqali aniqlanadi!
Qani, boshladik!
Barchangizga omad! ✊

❤54👍24🏆11🔥8🤗4🤩2😍2🫡1
G‘olib aniqlandi! 🏆
Jonli efirda o‘tkazilgan tasodifiy tanlash usulida 104 raqamli ishtirokchimiz g‘olib bo‘ldilar!
Tabriklaymiz! 🎉
Sovg‘aga qo‘yilgan “So‘nggi nafas havoga qorishmasdan” kitobini olish uchun @huzur_admin ga murojaat qilishlarini so‘raymiz!
Barchangizga tashakkur!
✍️ Agar shunday o‘yinlar yana o‘tkazilishini istasangiz, izohlarda ➕qoldiring!

👍50😢13❤9🏆3🔥2👏1
Sizga 4 kun muddat: kitob javoningizni to‘ldirib oling! 🤩
Bu safar qaynoq chegirmalar bilan keldik!
Endi “Huzur”ning deyarli BARCHA kitoblarini chegirmada xarid qilishingiz mumkin!
▪️Ochlik —59.000 - 54.000
▪️Yashamoq —59.000 - 54.000
▪️Maymunlar sayyorasi —56.000 - 51.000
▪️Afv et, Allohim —49.000 - 45.000
▪️Qalbimdasan, Allohim —49.000 - 45.000
▪️Dard etma, Alloh yetar —39.000 - 35.000
▪️Voz kecha olmoq —59.000 - 54.000
▪️Bormisan —59.000 - 54.000
▪️Qora suyaklar —45.000 - 41.000
▪️Qalbga taskin bitiklar —40.000 - 36.000
▪️Qalbga taskin bitiklar-2 —40.000 - 36.000
▪️Bu ham o’tar —49.000 - 44.000
▪️Katta shahzoda —25.000 - 23.000
▪️Yuraging chorlagan yerga bor —56.000 - 51.000
▪️Yapon hikoyalari —55.000 - 49.000
▪️Koreys-xitoy hikoyalari —55.000 - 49.000
▪️Arab hikoyalari —55.000 - 49.000
▪️Hind hikoyalari —55.000 - 49.000
To’plam :904.000 - 819.000 so’m ✅
📞 Xarid uchun:
@huzur_admin
+99890-954-54-15
* Aksiya 18-may 24:00 gacha davom etadi.
👉@huzurkitoblari
Bu safar qaynoq chegirmalar bilan keldik!
Endi “Huzur”ning deyarli BARCHA kitoblarini chegirmada xarid qilishingiz mumkin!
▪️Ochlik —
▪️Yashamoq —
▪️Maymunlar sayyorasi —
▪️Afv et, Allohim —
▪️Qalbimdasan, Allohim —
▪️Dard etma, Alloh yetar —
▪️Voz kecha olmoq —
▪️Bormisan —
▪️Qora suyaklar —
▪️Qalbga taskin bitiklar —
▪️Qalbga taskin bitiklar-2 —
▪️Bu ham o’tar —
▪️Katta shahzoda —
▪️Yuraging chorlagan yerga bor —
▪️Yapon hikoyalari —
▪️Koreys-xitoy hikoyalari —
▪️Arab hikoyalari —
▪️Hind hikoyalari —
To’plam :
📞 Xarid uchun:
@huzur_admin
+99890-954-54-15
* Aksiya 18-may 24:00 gacha davom etadi.
👉@huzurkitoblari
👍58❤21😢8🔥6🤩3👏1
Uzoq yulduzlar orasidagi bir sayyora — bu yerda odamlar tilsiz, xor-zabun, tutqun... Ularning ustidan esa aqlli va shafqatsiz maymunlar hukmron.
Insoniyat qachon bu ahvolga tushib qoldi?
Qanday qilib o‘z xojasidan ustun bo‘lgan mavjudotlar paydo bo‘ldi? 🤔
Pyer Bul qalamiga mansub bu dahshatli asar insoniyat sha’nini, mag‘rurligini va ma’suliyatini savol ostiga qo‘yadi.
“Maymunlar sayyorasi” — bu nafaqat fantastika, bu og‘riq, g‘azab, umidsizlik va ich-ichdan qichqirayotgan insoniyatning faryodidir.
Bu kitobdan so‘ng maymunlarga maymundek qaray olmaysiz!
✍️O‘qirmanlar, nima deysizlar?

❤41👍22🏆2🔥1😍1
❤33👍17🤩3😢1
Tez kunda! 🔥
Bu — dard-u alamlardan tug‘ilgan go‘zallik.
Bu — hayotga aytilgan eng achchiq vido.
Bu — o‘lim yoqasida yozilgan vasiyatnoma.
Bu — оg‘riqlar ichra topilgan ma’no.
“So‘nggi nafas havoga qorishmasdan”
✍️ Siz bu asarni kutyapsizmi?

❤68👍25🤩5🏆2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤20😢11🔥8👍3🏆2🤗1
#parcha
Saratonga davo topdim, deb oʻyladim. Har doimgiday buni tajribada sinab koʻrmoqchi boʻldim. Aslida, eʼtiborli odamman, biroq shu safar vaqtida ilgʻay olmabman. Bir muddatdan beri maymunlar tajriba stoliga yotishdan bosh tortib kelishayotgandi. Jorjning, yaʼni shimpanzening qafasiga kirishdan oldin ikki assistentim uni mahkam ushlab turdi, men esa injektorni sanchishga shaylandim… Bu oʻsimta paydo qiluvchi injektor edi. Davolashim uchun avval saratonga chalinishi kerak edi-da. Jorjning nigohlari maʼnosiz edi, biroq yelkam osha orqa tomonimga qarab turganini sezdim. Kech tushundim. Saraton tajribasi uchun tanlab olingan olti gorilla qochib ketgandi. Ular orqamizdan pisib kelib, bizni qoʻlga olishdi. Jorj ishga boshchilik qildi. U harakatlarimni aynan takrorladi. Bizni stolga bogʻlashni buyurdi. Gorillalar darhol bizni stollarga yotqizib, bogʻlashdi. Keyin shimpanze injektorni olib, oʻlim suyuqligini tanamizga yubordi.
Ayni paytda saratonman. Ukol urgandan soʻng Jorj xuddi men kabi yuzimni silab qoʻydi. Maymunlarga doim yaxshi munosabatda boʻlgandim. Bizni qafasga qamashdi, uchinchi kuni oʻzimda saratonning ilk simptomlarini sezdim. Bularni Jorj ham sezgandi, muolajani boshlashini aytdi. Davolashini aytgach, boshqa bir qoʻrquv changa liga tushib qoldim. Beradigan dorisi oʻlimimni tezlashtirsa-chi? Boshqa choram yoʻq edi, biroq oʻzim oʻylab topgan dori ijobiy taʼsir qilishiga shubhalanib qolgandim. Kech tushgach, qafas panjaralarini qayirib qochdim. Shahar tashqarisidagi lagerdan panoh topdim. Ikki oygina umrim qoldi. Sabr bilan oʻlimimni kutib, koʻp-koʻp uxlayapman.
“Maymunlar sayyorasi” asarıdan

👍54❤13🔥6🫡3
Birburchak loyihasining asoschisi Muhiddin Nido “Yashamoq” va “Yapon zobiti” asarlarini o‘zaroq qiyoslab, video tayyorlabdi.
Qariyb 5 daqiqalik bu premyeraning mazasini matn bilan ifodalab bo‘lmaydi. Shuning uchun, yaxshisi, uni o‘zingiz tomosha qiling!
🎥 https://youtu.be/8Vw6Kn6klqo?si=9sm4QIsMn7QLD4xC
✍️ Ha, aytgancha, videoning izohlar qismiga “Huzurdan keldik”, deb yozishni unutmang! 😉

YouTube
Yashamoq va Yapon zobiti asarlari oʻxshashmi? | Birburchak #birburchak
“Yashamoq” va “Yapon zobiti” asarlarining sujeti, gʻoyalari va mohiyati bir-biridan juda katta farq qiladi. Ammo ulardagi qaygʻu, yurt va oila sogʻinchi hamda insoniy irodaning chizgilarida yaqinlik bordek. Agar siz bu ikki kitobdan faqat bittasini oʻqigan…
❤21👍12🔥2👏1
#juda_muhim
Soxta kitob nusxasini qanday ajratish mumkin? Oxirigacha o‘qing, sovg‘amiz bor!
Soxta kitoblarning asosiy xususiyatlari:
▪️kitobning ustida nashriyotimizning maxsus 3D stikeri yo‘q;
▪️e’tibor bering: stikerning mayda detallari Huzur nashriyotiniki bilan aynan bir xil emas;
▪️narxi nashriyot belgilagan narxdan ancha arzon;
▪️qog‘ozi sifatsiz, varaqlari ajralib ketishi mumkin;
▪️ranglar buzilgan, matnlar qiyshaygan, shriftlar notekis;
▪️ayrim sahifalar umuman yo‘q yoki chalkash;
▪️sifat nazoratisiz, mualliflik huquqi buzilgan holda chop etilgan;
▪️ko‘pincha yashirin tarzda, “podperlavka” sotiladi;
▪️asosan, yoyma bozorlarda, yo‘llarda yoki xaridor haqidan qo‘rqmaydigan, ishonchsiz kitob do‘konlarida sotiladi.
❗️Siz “Huzur” nashriyotining soxtalashtirilgan kitoblariga qaysi do‘konda duch keldingiz? Aniq manzil va axborot keltiring va bizdan kitob hadyalarni qabul qilib oling!
Unutmang, har bir kitobxon original va sifatli kitob o‘qishga haqli!

👍52❤13😍6🏆4🤩3👏1
#tungi_mutolaa
“So‘nggi nafas havoga qorishmasdan” asaridagi quyidagi ulugʻvor manzara tasviri oylardir xayolimdan ketmayapti. Nega? Sababini oʻzim ham bilmayman. Yozuvchining mahoratiga, tarjimonning esa so‘z tanlashda borasidagi didiga tahsin aytsa arziydi. Ayniqsa, bu satrlarni oʻlim ostonasida turgan bir inson yozganini bilsang, tasvir yanada quyuqroq boʻyoqlarda namoyon boʻlar ekan. Sehrli-a?! Oʻqib koʻring-chi, yo faqat menga shunday tuyulyaptimi?
✍️Muharrir
“Yoshlikning barcha orzu-umidlari aks etgan oromgoh oʻz vaʼdalarining ustidan chiqadigan darajada sheʼriy goʻzallikka ega edi: muhtasham koʻl va togʻ manzarasi, baxtiyor insonlar, dilkusho suhbatlar, doʻstona muhit, manfaatli tajriba almashinuvlari. Oy toʻlishib, kechalari oʻrmonni xuddi projektordek yoritar, hatto tungi sayr chogʻida ham tepadagi lampalarning yorugʻligiga ehtiyoj sezilmasdi. Kechasi soat ikkida yoʻlga chiqib, tong yorishgunga qadar eng yaqindagi choʻqqiga — Tallak togʻining tepasiga chiqib olardik. Tiniq, yulduzli osmon pastda shishadek qotib qolgan koʻl yuzasida aks etar va biz, qariyb uch ming metr balandlikda, uyqusirab bir-birimizning pinjimizga suqilgancha kimningdir kallasiga kelib qolib, olib kelgan qahvaning kuchi bilan salqin tong shamoliga koʻkrak kerib turardik. Keyin esa oʻtirib olib, quyosh chiqishining ilk alomati boʻlgan moviy yogʻduning sharqiy ufqdan asta suzib, butun falakka yoyilishini va yulduzlarning sekin-asta koʻzdan gʻoyib boʻlishini tomosha qilardik. Toki quyoshning ilk nurlari koʻrinib, osmon koʻz ilgʻaydigan yergacha yorishib ketguncha kiprik qoqmay bu goʻzallikka mahliyo boʻlib oʻtirardik. Koʻp oʻtmay, Taho koʻlining janubida qolgan olis qishloq yoʻllarida tonggi jonlanish va tirbandlik boshlanardi. Ammo boshingizni orqaga oʻgirib, gʻarb tomonga qarasangiz, samoning moviyligi hali ham quyuq ekanini va tungi osmon hali-hanuz uzil-kesil zabt etilmaganini koʻrasiz — koʻkda porlayotgan yulduzlar va toʻlin oy koʻzdan gʻoyib boʻlmaganiga guvoh boʻlasiz. Sharqda toʻla-toʻkis yorishib ketgan kun koʻzingizni qamashtiradi, gʻarbda esa taslim boʻlmaslik uchun qarshilik koʻrsatayotgan tun hukmronligi davom etadi. Kun bilan tun orasidagi bu ajoyib lahza shunday muhtasham goʻzallikni aks ettiradiki, hech bir faylasufning goʻzallik haqida aytgan taʼrifi unga teng kela olmaydi. Goʻyoki bu dam Yaratganning nurga “Boʻl!” degan onidir. Inson purviqor togʻ choʻqqisida turib, bepoyon olam va cheksiz koinot oʻlchovlari haqida xayol surarkan, oʻzini kichik bir nuqtadek his qilmasligining iloji yoʻq. Qolaversa, kishi choʻqqining naq tepasida turib ham oyoqlarini yerga bosganini his qiladi va ana shu ilohiy ulugʻvorlikning naq oʻrtasida oʻzining borligini idrok etadi”.
“So‘nggi nafas havoga qorishmasdan” asaridan

❤35👍22🏆1
“Ochlik”ni oʻqiganlar bormi?
“Yetti-sakkiz oy mobaynida hayotimning aqalli bir soati ham, hech boʻlmaganda, haftaning bir kuni ham qornimni toʻydirish tashvishisiz kechmadi. Bu koʻrgiliklar meni qayta va qayta yuztuban qulatmoqda.
Nima boʻlgan taqdirda ham, qashshoqlikka chidab, gʻururimni saqlab qola oldim. Yoʻgʻ-e, toʻgʻrirogʻi, iloji boricha gʻururli boʻlishga urindim. Ey Xudoyim, qanday ahmoqman-a!”

❤70👍36😢7🏆1