HUZURKITOBLARI Telegram 1168
#tungi_mutolaa

“So‘nggi nafas havoga qorishmasdan” asaridagi quyidagi ulugʻvor manzara tasviri oylardir xayolimdan ketmayapti. Nega? Sababini oʻzim ham bilmayman. Yozuvchining mahoratiga, tarjimonning esa so‘z tanlashda borasidagi didiga tahsin aytsa arziydi. Ayniqsa, bu satrlarni oʻlim ostonasida turgan bir inson yozganini bilsang, tasvir yanada quyuqroq boʻyoqlarda namoyon boʻlar ekan. Sehrli-a?! Oʻqib koʻring-chi, yo faqat menga shunday tuyulyaptimi?

✍️Muharrir

“Yoshlikning barcha orzu-umidlari aks etgan oromgoh oʻz vaʼdalarining ustidan chiqadigan darajada sheʼriy goʻzallikka ega edi: muhtasham koʻl va togʻ manzarasi, baxtiyor insonlar, dilkusho suhbatlar, doʻstona muhit, manfaatli tajriba almashinuvlari. Oy toʻlishib, kechalari oʻrmonni xuddi projektordek yoritar, hatto tungi sayr chogʻida ham tepadagi lampalarning yorugʻligiga ehtiyoj sezilmasdi. Kechasi soat ikkida yoʻlga chiqib, tong yorishgunga qadar eng yaqindagi choʻqqiga — Tallak togʻining tepasiga chiqib olardik. Tiniq, yulduzli osmon pastda shishadek qotib qolgan koʻl yuzasida aks etar va biz, qariyb uch ming metr balandlikda, uyqusirab bir-birimizning pinjimizga suqilgancha kimningdir kallasiga kelib qolib, olib kelgan qahvaning kuchi bilan salqin tong shamoliga koʻkrak kerib turardik. Keyin esa oʻtirib olib, quyosh chiqishining ilk alomati boʻlgan moviy yogʻduning sharqiy ufqdan asta suzib, butun falakka yoyilishini va yulduzlarning sekin-asta koʻzdan gʻoyib boʻlishini tomosha qilardik. Toki quyoshning ilk nurlari koʻrinib, osmon koʻz ilgʻaydigan yergacha yorishib ketguncha kiprik qoqmay bu goʻzallikka mahliyo boʻlib oʻtirardik. Koʻp oʻtmay, Taho koʻlining janubida qolgan olis qishloq yoʻllarida tonggi jonlanish va tirbandlik boshlanardi. Ammo boshingizni orqaga oʻgirib, gʻarb tomonga qarasangiz, samoning moviyligi hali ham quyuq ekanini va tungi osmon hali-hanuz uzil-kesil zabt etilmaganini koʻrasiz — koʻkda porlayotgan yulduzlar va toʻlin oy koʻzdan gʻoyib boʻlmaganiga guvoh boʻlasiz. Sharqda toʻla-toʻkis yorishib ketgan kun koʻzingizni qamashtiradi, gʻarbda esa taslim boʻlmaslik uchun qarshilik koʻrsatayotgan tun hukmronligi davom etadi. Kun bilan tun orasidagi bu ajoyib lahza shunday muhtasham goʻzallikni aks ettiradiki, hech bir faylasufning goʻzallik haqida aytgan taʼrifi unga teng kela olmaydi. Goʻyoki bu dam Yaratganning nurga “Boʻl!” degan onidir. Inson purviqor togʻ choʻqqisida turib, bepoyon olam va cheksiz koinot oʻlchovlari haqida xayol surarkan, oʻzini kichik bir nuqtadek his qilmasligining iloji yoʻq. Qolaversa, kishi choʻqqining naq tepasida turib ham oyoqlarini yerga bosganini his qiladi va ana shu ilohiy ulugʻvorlikning naq oʻrtasida oʻzining borligini idrok etadi”.

“So‘nggi nafas havoga qorishmasdan” asaridan

👉@huzurkitoblari
35👍22🏆1

tgoop.com/huzurkitoblari/1168
Create:
Last Update:

BY Huzur kitoblari

Share with your friend now:
tgoop.com/huzurkitoblari/1168

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Private channels are only accessible to subscribers and don’t appear in public searches. To join a private channel, you need to receive a link from the owner (administrator). A private channel is an excellent solution for companies and teams. You can also use this type of channel to write down personal notes, reflections, etc. By the way, you can make your private channel public at any moment. Unlimited number of subscribers per channel The optimal dimension of the avatar on Telegram is 512px by 512px, and it’s recommended to use PNG format to deliver an unpixelated avatar. Ng Man-ho, a 27-year-old computer technician, was convicted last month of seven counts of incitement charges after he made use of the 100,000-member Chinese-language channel that he runs and manages to post "seditious messages," which had been shut down since August 2020. On Tuesday, some local media outlets included Sing Tao Daily cited sources as saying the Hong Kong government was considering restricting access to Telegram. Privacy Commissioner for Personal Data Ada Chung told to the Legislative Council on Monday that government officials, police and lawmakers remain the targets of “doxxing” despite a privacy law amendment last year that criminalised the malicious disclosure of personal information.
from us

Telegram Huzur kitoblari
FROM American