tgoop.com/huzurkitoblari/1140
Last Update:
Kitob tugadi, yaxshilar!
“Ochlik”ni o‘qib, to‘qlik nima ekanligini angladim.
Bu asar to‘qligimdan ziyoda mening och ekanligimni ko‘rsatdi.
Ma’nan, ruhan, qalban faqir ekanligimni ko‘rsatdi.
Faqat oshqozonimni to‘ldirayotganimni, aslida esa yashamayotganimni ko‘rsatdi!
Kitob oxirlar ekan, ehson qilgan bir necha kronasini qaytarib olgani uchun qahramonimizdan ranjidim. Menimcha, bu noinsoflik edi. So‘ng o‘zimcha o‘yladim: “Qirqiga chidab, qirq biriga chidamadi...”
Aslida, unda qirq bir ham qolmagandi.
Eh, attang!
Ammo men asarda ismi ham keltirilmagan o‘sha kristianiyalik yigitni kechirdim. To‘g‘rirog‘i, uning timsolida o‘zimni kechirdim va yana bir bor imkon berdim.
Ey, ismi ham nomaʼlum bo‘lgan kristianiyalik yigit! Men seni kechirdim. Eshityapsanmi? Kechirdim...
Sendan biroz ranjigandim, ong-u shuurimda aslingcha qola olmaganing uchun. Ammo sen bunga majbur emassan!
Sen ham meni kechir.
Men hozir yashamoqchiman. Hozir...
©️Xushroʻybegim
👉@huzurkitoblari
BY Huzur kitoblari

Share with your friend now:
tgoop.com/huzurkitoblari/1140