Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
1160 - Telegram Web
Telegram Web
#kitobxon_fikri

Ochig‘i, hayotimda birinchi marta bunchalik haqiqatga yaqin roman o‘qishim. Men uni ko‘rdim, men uni haqiqiy hayotda yashadim!
Hammasi real.
Hammasi haqiqat…

©️Shahzoda Abjalova

👉@huzurkitoblari
#kitobxon_fikri

Men uni ko‘rdim!


Odatda kitoblarni uyda — hammadan holi joyda o‘qiyman. Lekin bu asarni negadir ochiq havoda o‘qigim keldi. Har kuni repetitordan chiqqanimdan keyin “Ochlik”ni qo‘lga olaman. Ba’zi joylari ko‘nglimni behuzur qiladi, ba’zi joylari esa hamd aytishga undaydi. Oxirgi yigirma beti qoldi.

Roman qahramonini xayolimda jonlantirib, qay holatda nimalar qilganini — hamma-hammasini tasavvurimda aks ettirdim.
O‘qishdan har kuni bir vaqtda chiqib, doimgi joyimga boraman. Qaysi hodisani o‘qiyotgan bo‘lsam, xuddi o‘sha voqea atrofimda ro‘y berayotgandek…

Bilasizmi, kitobni o‘qir ekanman, har safar yonimdan xuddi kitobdagi qahramonga o‘xshash bir odam o‘tib qoladi. Ochlikdan yuzlari suyaklariga yopishgan, yog‘och qipiqlari o‘rniga plastik “Pepsi” stakanlarini chaynab borayotgan odam. Egnida kirlikdan qotib ketgan, asl rangi kulrang bo‘lgan, ammo qora dog‘lar bilan bejalgan kostyum. Oyoq kiyimi ham tagligidan ajralib ketgan. Boshida esa issiq kunda ham, menimcha, yo‘qotib qo‘ymaslik uchun majburlikdan kiyib yurgan ilma-teshik shapka...

Men bu odamni bir marta emas, deyarli har kuni bir vaqtda ko‘rardim. Mendan sal naridagi o‘rindiqqa borib o‘tirar, nima qilayotgani yaqqol ko‘rinib turardi…

Ochig‘i, hayotimda birinchi marta bunchalik haqiqatga yaqin roman o‘qishim. Men uni ko‘rdim, men uni haqiqiy hayotda ko‘rdim!
Hammasi real.
Hammasi haqiqat…

©️Shahzoda Abjalova

👉@huzurkitoblari
Sizningcha, Fugui qanday inson: kuchli yoki zaif?

👉@huzurkitoblari
“Ochlik” asari haqida 5 qiziqarli fakt

1. Avtobiografik xarakterga ega
“Ochlik” Knut Hamsunning qashshoqlik va og‘ir sharoitda kechgan hayotini aks ettiradi.

2. Modern adabiyot poydevori bo‘lgan

Ichki monolog, ong oqimi uslubida yozilgan bu asar XX asr modernizmining kashshofi hisoblanadi. Roman keyinchalik Kafka, Joys va Folkner kabi yozuvchilarga katta ta’sir ko‘rsatgan.

3. Qahramonning ismi yo‘q
Bosh qahramon hech qachon bir nom bilan atalmaydi. Bu uslubiy yondashuv orqali Hamsun inson ruhiyatidagi umuminsoniy iztirob va begonalikni ifodalamoqchi bo‘ladi.

4. Norvegiyada e’tirozlarga sabab bo‘lgan
Roman ilk bor e’lon qilinganda ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘lgan. Chunki asardagi ichki kurash, ruhiy holatlarning tasviri o‘sha davr adabiyoti uchun butkul notanish edi.

5. Nobel mukofoti sari ulkan qadam

Hamsun 1920-yil “Zamin hosili” romani uchun Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, ko‘pchilik “Ochlik”ni uning eng muhim asari deb biladi.

✍️Endi ham bu kitobni o‘qimaysizmi? 😊

👉@huzurkitoblari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👨🏻 — Sizni qanday tanib olaman?
👩🏻 — “Bormisan”ni o‘qib o‘tirgan bo‘laman.


©️video by Dilshoda Bakhriddinova

👉@huzurkitoblari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qaysi asar sizni yigʻlata olgan?

©️video by ya_ai1sh

👉@huzurkitoblari
Yurak urib turibdimi, demak...

U hamma narsasidan ayrildi: boyligidan, yaqinlaridan, orzularidan. Ammo yashashda davom eta oldi!

“Yashamoq” bizga shuni eslatadi: har bir yo‘qotishdan keyin ham yurak urishda davom etyaptimi – demak, yashash kerak!

Zotan, baxt hech qachon kafolatlanmagan. Ammo yashash – o‘z-o‘zicha bir jasoratdir!

Narxi – 59.000 soʻm.

• Xarid uchun:
@huzur_admin
+998909545415|+998712037004

✍️Bu kitobni o‘qigan bo‘lsangiz , hali o‘qishga ulgurmagan bo‘lsangiz, qoldiring.

👉@huzurkitoblari
#kitobxon_fikri

Men kitoblarni olishdan avval boshidagi 5-7 betini o‘qiyman. Yoqsa, keyin sotib olaman. Bu asar meni o‘ziga shu darajada jalb qildiki, kitob do‘konida naq 22 bet o‘qib qo‘yganimni sezmay ham qolibman.

©️Farangiz

✍️Siz odatda kitobni qanday tanlaysiz?

👉@huzurkitoblari
Hayot faqat yashash uchun emas,
balki nima uchun yashash kerakligini anglash uchun hamdir!


Hayot va o‘lim chegarasida yozilgan betakror asar!

Tez kunda!

👉@huzurkitoblari
Kitob tugadi, yaxshilar!
“Ochlik”ni o‘qib, to‘qlik nima ekanligini angladim.

Bu asar to‘qligimdan ziyoda mening och ekanligimni ko‘rsatdi.
Ma’nan, ruhan, qalban faqir ekanligimni ko‘rsatdi.
Faqat oshqozonimni to‘ldirayotganimni, aslida esa yashamayotganimni ko‘rsatdi!

Kitob oxirlar ekan, ehson qilgan bir necha kronasini qaytarib olgani uchun qahramonimizdan ranjidim. Menimcha, bu noinsoflik edi. So‘ng o‘zimcha o‘yladim: “Qirqiga chidab, qirq biriga chidamadi...”

Aslida, unda qirq bir ham qolmagandi.
Eh, attang!
Ammo men asarda ismi ham keltirilmagan o‘sha kristianiyalik yigitni kechirdim. To‘g‘rirog‘i, uning timsolida o‘zimni kechirdim va yana bir bor imkon berdim.

Ey, ismi ham nomaʼlum bo‘lgan kristianiyalik yigit! Men seni kechirdim. Eshityapsanmi? Kechirdim...

Sendan biroz ranjigandim, ong-u shuurimda aslingcha qola olmaganing uchun. Ammo sen bunga majbur emassan!

Sen ham meni kechir.
Men hozir yashamoqchiman. Hozir...

©️Xushroʻybegim

👉@huzurkitoblari
Sovrinli post! 🤩

Hali sotuvga ham chiqmagan yangi kitobimiz — “So‘nggi nafas havoga qorishmasdan” asarining ilk o‘quvchisi aynan Siz bo‘lishingiz mumkin!
Xo‘sh, qanaqasiga?
Bu juda oddiy!

Ushbu postning izohlar qismiga o‘zingizdan avvalgi ishtirokchi yozgan raqamdan keyingi tartib sonni yozib qoldiring va o‘yin ishtirokchisiga aylaning!

☝️Diqqat!
▪️Raqamlar 1, 2, 3, 4 … kabi tartib bo‘yicha ketishi kerak!
▪️Har bir ishtirokchi faqat bitta raqam yozish huquqiga ega!


G‘olib ertaga soat 22:00da random usuli orqali aniqlanadi!

Qani, boshladik!
Barchangizga omad!

👉@huzurkitoblari
G‘olib aniqlandi! 🏆

Jonli efirda o‘tkazilgan tasodifiy tanlash usulida 104 raqamli ishtirokchimiz g‘olib bo‘ldilar!

Tabriklaymiz! 🎉

Sovg‘aga qo‘yilgan “So‘nggi nafas havoga qorishmasdan” kitobini olish uchun @huzur_admin ga murojaat qilishlarini so‘raymiz!

Barchangizga tashakkur!

✍️ Agar shunday o‘yinlar yana o‘tkazilishini istasangiz, izohlarda qoldiring!

👉@huzurkitoblari
Sizga 4 kun muddat: kitob javoningizni to‘ldirib oling! 🤩

Bu safar qaynoq chegirmalar bilan keldik!

Endi “Huzur”ning deyarli BARCHA kitoblarini chegirmada xarid qilishingiz mumkin!

▪️Ochlik59.000 - 54.000
▪️Yashamoq59.000 - 54.000
▪️Maymunlar sayyorasi 56.000 - 51.000
▪️Afv et, Allohim49.000 - 45.000
▪️Qalbimdasan, Allohim49.000 - 45.000
▪️Dard etma, Alloh yetar39.000 - 35.000
▪️Voz kecha olmoq 59.000 - 54.000
▪️Bormisan59.000 - 54.000
▪️Qora suyaklar45.000 - 41.000
▪️Qalbga taskin bitiklar40.000 - 36.000
▪️Qalbga taskin bitiklar-2 40.000 - 36.000
▪️Bu ham o’tar49.000 - 44.000
▪️Katta shahzoda25.000 - 23.000
▪️Yuraging chorlagan yerga bor 56.000 - 51.000
▪️Yapon hikoyalari 55.000 - 49.000
▪️Koreys-xitoy hikoyalari55.000 - 49.000
▪️Arab hikoyalari 55.000 - 49.000
▪️Hind hikoyalari 55.000 - 49.000

To’plam : 904.000 - 819.000 so’m

📞 Xarid uchun:
@huzur_admin
+99890-954-54-15

* Aksiya 18-may 24:00 gacha davom etadi.

👉@huzurkitoblari
Uzoq yulduzlar orasidagi bir sayyora — bu yerda odamlar tilsiz, xor-zabun, tutqun... Ularning ustidan esa aqlli va shafqatsiz maymunlar hukmron.

Insoniyat qachon bu ahvolga tushib qoldi?
Qanday qilib o‘z xojasidan ustun bo‘lgan mavjudotlar paydo bo‘ldi? 🤔

Pyer Bul qalamiga mansub bu dahshatli asar insoniyat sha’nini, mag‘rurligini va ma’suliyatini savol ostiga qo‘yadi.

“Maymunlar sayyorasi” — bu nafaqat fantastika, bu og‘riq, g‘azab, umidsizlik va ich-ichdan qichqirayotgan insoniyatning faryodidir.

Bu kitobdan so‘ng maymunlarga maymundek qaray olmaysiz!

✍️O‘qirmanlar, nima deysizlar?

👉@huzurkitoblari
2025/05/31 17:49:50
Back to Top
HTML Embed Code: