HUZURKITOBLARI Telegram 1131
#kitobxon_fikri

Men uni ko‘rdim!

Odatda kitoblarni uyda — hammadan holi joyda o‘qiyman. Lekin bu asarni negadir ochiq havoda o‘qigim keldi. Har kuni repetitordan chiqqanimdan keyin “Ochlik”ni qo‘lga olaman. Ba’zi joylari ko‘nglimni behuzur qiladi, ba’zi joylari esa hamd aytishga undaydi. Oxirgi yigirma beti qoldi.

Roman qahramonini xayolimda jonlantirib, qay holatda nimalar qilganini — hamma-hammasini tasavvurimda aks ettirdim.
O‘qishdan har kuni bir vaqtda chiqib, doimgi joyimga boraman. Qaysi hodisani o‘qiyotgan bo‘lsam, xuddi o‘sha voqea atrofimda ro‘y berayotgandek…

Bilasizmi, kitobni o‘qir ekanman, har safar yonimdan xuddi kitobdagi qahramonga o‘xshash bir odam o‘tib qoladi. Ochlikdan yuzlari suyaklariga yopishgan, yog‘och qipiqlari o‘rniga plastik “Pepsi” stakanlarini chaynab borayotgan odam. Egnida kirlikdan qotib ketgan, asl rangi kulrang bo‘lgan, ammo qora dog‘lar bilan bejalgan kostyum. Oyoq kiyimi ham tagligidan ajralib ketgan. Boshida esa issiq kunda ham, menimcha, yo‘qotib qo‘ymaslik uchun majburlikdan kiyib yurgan ilma-teshik shapka...

Men bu odamni bir marta emas, deyarli har kuni bir vaqtda ko‘rardim. Mendan sal naridagi o‘rindiqqa borib o‘tirar, nima qilayotgani yaqqol ko‘rinib turardi…

Ochig‘i, hayotimda birinchi marta bunchalik haqiqatga yaqin roman o‘qishim. Men uni ko‘rdim, men uni haqiqiy hayotda ko‘rdim!
Hammasi real.
Hammasi haqiqat…

©️Shahzoda Abjalova

👉@huzurkitoblari
44👍36🔥3🤗1

tgoop.com/huzurkitoblari/1131
Create:
Last Update:

BY Huzur kitoblari

Share with your friend now:
tgoop.com/huzurkitoblari/1131

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Add up to 50 administrators 6How to manage your Telegram channel? Select “New Channel” Telegram desktop app: In the upper left corner, click the Menu icon (the one with three lines). Select “New Channel” from the drop-down menu. Ng, who had pleaded not guilty to all charges, had been detained for more than 20 months. His channel was said to have contained around 120 messages and photos that incited others to vandalise pro-government shops and commit criminal damage targeting police stations.
from us

Telegram Huzur kitoblari
FROM American