Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
“Laylo”ning bugun emas, ertaga sotuvga chiqishini eshitgan men: 🥹

Yana paydo boʻlding yoʻlimda,
Yoʻllaringda yana boʻzladim.
Bechora qalb sening qoʻlingda,
Koʻzlaringda mening koʻzlarim.

Laylo, Laylo, sening yoningda
Bir dam koʻrmoqchiydim oʻzimni...


O-o-o-o-o, Laylo-o-o-o!

-Ertagayoq xarid qilaman deganlar ❤️
-Kutaverib sabri tugaganlar🔥


👉@huzurkitoblari
80🔥58😁21👏8👍5
Nihoyat “Laylo” SOTUVDA!

— Hech kitob o‘qib yig‘laganmisiz?
— Ha…
— Qaysi kitob?
— Mana endi aytasam bo‘lmaydi: “Laylo”.


Doʻstlar, Aleksandra Kaveliusning butun dunyoni larzaga solgan asari bugundan sotuvda!

• Muqovasi – yumshoq
• Sahifa – 330 bet
• Narxi – 60.000 soʻm


💯 kafolat beramiz: uni bir qo‘lga olib, tashlab qo‘ya olmaysiz!

👉 Hoziroq buyurtma bering va birinchilardan bo‘lib o‘qing!

📞Buyurtma uchun:
@huzur_admin
+99870-049-05-05

⛳️Manzilimiz: Huzur kitoblari do‘koni

Soni cheklangan — olishga ulgurib qoling!

Huzur sari: 👉@huzurkitoblari
42👍9🔥8😁4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Laylo” Seoul Munga ham keldi! 🥳

Do‘stlar, Laylo”ni bugun ochilish marosimi bo‘lib o‘tayotgan Qamar kitoblar do‘konining Seoul Mun filialidan ham birinchilardan bo‘lib xarid qilishingiz mumkin!

🔥Shoshiling, Sizni bir-biridan ajoyib o‘yin va hadyalar kutmoqda!

📌 Manzil: Seoul Mun ko'ngilochar savdo markazi, 1-qavat
Mo'ljal: Moscow ice cream yonida
58👍10😢8🔥1
Kecha sotuvga chiqqan “Laylo” rekord darajada sotildi. Siz qachon xarid qilmoqchisiz?

Huzur sari: 👉@huzurkitoblari
47🤔13🤗10👍5😁5🔥2👏1
“Qoʻlim qaltirab, tahrirlay ham olmay qoldim...” – “Laylo” asari haqida muharrir fikrlari

Jinni oʻzini davolatishga uringanini hech koʻrganmisiz? U qanday davolanishni bilmaydi. Atrofidagilar yordam bersagina yo oʻziga keladi, yoki butun umr shundayligicha qolib ketadi. Laylo ham uzoq davolangach, tushunib yetadiki, uning tuzalishga ehtiyoji bor...


Bosniya urushi haqida avval oʻqigan kitoblarimda asosan tarixiy faktlar keltirilgan edi. Bu jihatdan solishtirilganda, oʻqishli ekanligi bilan, albatta, ustunlik “Laylo” tomonda.

Shuningdek, ayni mavzudagi aksar manbalarda serb va xorvatlar butkul bosqinchiga chiqarilib, musulmon boshnoqlarninggina yoni olingan. “Laylo”da esa har ikki tomonda ham yaxshi va yomon odamlar borligi koʻrsatiladi. Axir aytishadi-ku, tanganing boshqa tomoniga ham qarab qoʻyish kerak deb.

Layloning oʻsmir yoshdagi qiz ekanligi, unga nisbatan qilingan zoʻravonliklar, onaizorining chekkan mislsiz iztiroblari bilan ham bu asar jafokash xalqimizning diliga ancha yaqin.

Ayniqsa, xoʻrlik koʻrgan insonga u qattiq taʼsir qilishi aniq. Hatto dod deb yigʻlashi ham mumkin. Zoʻravonlik deganda faqat nomusga tegish tushunilmaydi. Zoʻravonlik shu qadar yomon narsaki, u insonning ruhiyatida bir umr qolib ketadi...

Bizda ham koʻplab ayollar Layloning holatiga tushmagan deya olmayman. Hamma ichidan nima oʻtganini oʻzi biladi...

Shu ma’noda, bu kitob kimningdir qarashlariga toʻgʻri kelmasligi mumkin. Ammo men va menga oʻxshagan ayollar, hatto zoʻravonlikdan aziyat chekkan oʻgʻil bolalar, yoshligida tazyiqqa duchor boʻlganlar uchun u alohida qiymat kasb etadi.

Ha, psixologik travmalar bilan yashash juda ham qiyin. Masalan, men ishxonada berilib ishlab oʻtirsam, ortimdan kimdir kelib, yelkamga qoʻlini qoʻyib, bir nima demoqchi boʻlsa, dodlab oʻrnimdan turib ketaman. Chunki qoʻrqib qolganman, shuncha vaqt oʻtsa-da, eski asoratlar ketmaydi... Layloda esa mening holatimdan ming marta kuchliroq ruhiy jarohatlar bor.

Ehtimol, shuning uchundir baʼzi sahifalarda qoʻlim qaltirab, tahrirlay ham olmay qoldim. Ammo ichimdagi yaralarni qanday davolashni mana shu kitobdan oʻrgandim.

©️Xosiyat Rajapova, muharrir

Huzur sari: 👉@huzurkitoblari
😢3929👍11
📣 Yana bir yangilik!

Huzur nashriyoti amerikalik mashhur yozuvchi Gayl Formanning butun dunyoni larzaga solgan “If I Stay” (“Agar yashasam”) asarining mualliflik huquqini qo‘lga kiritdi.

Ushbu roman hayot va o‘lim orasida qolgan bir qizning tanlovi, muhabbat, oilaviy qadriyatlar va insoniylik haqida bo‘lib, dunyo bo‘ylab millionlab nusxada chop etilgan, ko‘plab kitobxonlarning qalbidan chuqur joy egallagan.

Tez orada uni o‘zbek tilida o‘qishingiz mumkin!

Huzur sari: 👉@huzurkitoblari
77🔥34👍11🏆5😍3🤔2❤‍🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kitobni qiynalib o‘qidim. Xuddiki o‘qiganim sari Layloning qiynalishiga sababchi bo‘layotgandim. Go‘yoki men o‘qishdan to‘xtasam, uning ham azoblari tugaydigandek edi. Lekin bir narsa meni kitobni oxirigacha o‘qishga undadi. Onasi kabi men ham bu azoblar tugashiga umidvor edim...


“Laylo” nima haqida?


“Laylo” — Bosniya urushi davrida serb millatchilari tomonidan asir olinib, zo‘ravonlikka uchragan musulmon qizning qiyinchiliklarini yorituvchi hujjatli-badiiy asar.

Urush 1990-95-yillar davomida yuz beradi. Hali voyagan ham yetmagan Laylo urushning eng jirkanch va chirkin voqealarini o‘z boshidan o‘tkazadi. Bu qadar azoblarga u juda katta matonat va Xudoning mo'jizasi sabab bardosh beradi. Ammo barcha zo‘ravonlik, tajovuz va qiynoqlar uning sog‘lig‘i va ruhiyatida jiddiy jarohatlar qoldiradi. Ularni hissiyotga berilmay so‘zlashning iloji yo‘q...

Agar yuragingiz dosh bersa, albatta, o‘qib ko‘ring ❤️‍🩹

©️Oxirgi stoldagi odam

Huzur sari: 👉@huzurkitoblari
57👍10🔥6😢6👏2🤔2😍1🫡1
#kitobxonlardan

Ilk taassurotlar: 5 soatda 162 betini o‘qibman
.

Menga “Laylo”ni dostavka qilib chiqarib yuborishgandi. Olishim bilan pochta ofisining ichidayoq o‘qishni boshlab yubordim. 1-betini o‘qib tugatib ulgurmasimdan qiziqib ketdim. Juda zo‘r ekan, rahmat sizlarga!

✍️Durdonaman

Assalomu alaykum! “Laylo” kitobi uchun rahmat. Bu kitobni o‘qib, tamom bo‘ldim. Xuddi Laylo kabi ko‘zimda yosh qurib qoldi. Shunaqangi ta’sirli ekanligidan 5 soatda 162 betini o‘qibman. Qiz farzandi bor onalarga bu kitobni o‘qish qiyin masala.

Kitobni o‘qinglar, ayniqsa, qizlar, o‘ziga ishonchi baland qizlar!


✍️Alixan Rahimov

©️photo by Qamar

Huzur sari: 👉@huzurkitoblari
56🤔13😢9🔥3😁3🤩1
Efir yakunlandi. 7 nafar g‘olib aniqlandi! 🏆

Jonli efirda o‘tkazilgan tasodifiy tanlash usulida:

1️⃣ 232
2️⃣ 100
3️⃣ 547
4️⃣ 336
5️⃣
185
6️⃣ 76
7️⃣ 493


raqamli ishtirokchilarimiz g‘olib bo‘ldilar!

Tabriklaymiz! 🎉

Sovg‘aga qo‘yilgan “Laylo” kitobini olish uchun @huzur_admin ga murojaat qilishlarini so‘raymiz!

Tanlovda ishtirok etgan barchaga tashakkur!

✍️ Agar shunday o‘yinlar yana o‘tkazilishini istasangiz, izohlarda qoldiring!

👉@huzurkitoblari
33😢16👍8👏6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kitobning boshidan oxirigacha ularning birga bo‘lishini istadim, ammo... 💔

✍️Savol: Sevgan insoningiz Allohni tanimasa, u bilan turmush qurgan bo‘larmidingiz?

©️video by Qamar

👉@huzurkitoblari
49😱14💔13😢7🔥3🫡1
#bookfest

Faqat BUGUN: kitob festivalida Huzur'dan ajoyib imkoniyat!

Doʻstlar, xabaringiz bor, bugun Toshkent Kitoblar Markazida kitob festivali boʻlib oʻtmoqda!

Shu munosabat bilan, Huzur kitoblar doʻkoni Siz aziz kitobxonlar uchun bir qator quvonchli yangiliklarni tayyorlab qoʻydi.

Xoʻsh, bugun doʻkonimizga tashrif buyurganlarni qanday syurprizlar kutmoqda:

🔸 Huzur kitoblariga 3+1 aksiya;
🔸 sadoqat kartalari;
🔸 sirli sandiq oʻyini;
🔸 va albatta Laylo ham!

Xullas, kelmasangiz boʻlmaydi! 🤩

📍Manzil: Huzur kitoblari do‘koni
🕔 Soat: 17:00

* 3+1 aksiyasi onlayn xaridlar uchun ham amal qiladi!


📞Bog‘lanish uchun:
@huzur_admin
+99870-049-05-05
+99893-404-37-67

Biz Sizni kutamiz!

Huzur sari: 👉@huzurkitoblari
34👍7👏3🤩3😍1
#huzurlive

Ayni paytda Huzur

Olam goʻzal, ayniqsa, yuqoridan qaraganda 😊

✍️ Siz ham kelyapsizmi? Soat 22:00 gacha eshiklarimiz ochiq.

Huzur sari: 👉@huzurkitoblari
🤩5529😢17👍6😍6🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yu Xua “Yashamoq”ni qanday yozgan?

©️video by ShefBooks

✍️ Siz bu asarni oʻqiganmisiz?

Huzur sari: 👉@huzurkitoblari
68👍21🔥11💔5😢3🏆3🤔1🤩1
Tugunni kim bogʻlagan boʻlsa...

Ey, inson!

Oʻlimdan qoʻrqma. Boʻlishi kerak boʻlgan narsa bir kun kelib, albatta, boʻladi.

Musibatlar qarshisida oʻzingni yoʻqotib qoʻyma. Alloh tomonidan buyurilgani uchun keladi u, vazifasi tugagach, yana yoʻqlikka singib ketadi.

Rizqing uchun gʻam yema, zero, seni yaratgan Zot uni sen uchun avvaldan belgilab qoʻygan.

Kelajak haqida qaygʻurma. Kelgusida tirik qolishingga kim qaror qilgan boʻlsa, ehtiyojlaringni taʼminlash ham Uning zimmasidadir.

Orzu va maqsadlaring yoʻlida foniy yaratiqlar ortidan behuda chopma. Butun koinotni boshqarib turuvchi Zot yolgʻiz va yagonadir. Barcha muammolar yechimi Undadir. Seni qoʻrquvga soladigan jamiki narsaning tizgini Uning amridadir.

Mavlono hazratlari shu asno savolga tutadilar:

“Tugunni kim bogʻlagan boʻlsa, uni eng yaxshi usulda yecha oladigan ham oʻshadir. Balo Allohdan. Bas shunday ekan, nechun qaygʻurasan?...”


“Huzurbaxsh tasallilar”dan

Huzur sari: 👉@huzurkitoblari
69👍13🔥5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aslida, hammamiz oʻldirilgandik.
Shunchaki tanalarimiz hali tuproqqa koʻmilmagandi, xolos.


Ha, haqiqatni tan olish kerak boʻlsa, bu urush emasdi. Hech bir urushda ayollar bunchalik xoʻrlanmagan. Bu genotsid edi va musulmon boshnoqlarning genlarini majburan oʻzgartirishga urinishayotgandi. Bu urushning eng achinarli tomoni shu edi…

©️video by Qamar

Siz “LAYLO”ni oʻqidingizmi?
❤️ - oʻqidim
🔥 - oʻqiyapman
🤩 - endi oʻqimoqchiman

Huzur sari: 👉@huzurkitoblari
🤩13748🔥15❤‍🔥1
#oy_bestselleri

Yuragimizni yoqding, Laylo
...

“Laylo” Huzurda ham, asosiy hamkor do‘konlarda ham sentabr oyi natijalariga ko‘ra, oyning eng ko‘p xarid qilingan kitobiga aylandi.

Bu tasodifmi?
Bizningcha, yo‘q.

Xo‘sh, bu kitobning o‘ziga xosligi nimada?
Bu savolga har bir o‘quvchining o‘zi javob beradi.

Bizni o‘ylantirayotgan narsa esa shu: “Inson bolasi shu qadar ham tuban bo‘lishi mumkinmi?”

Bu yerda ham “rus ruleti”ga oʻxshagan oʻyinlar tarqalgan. Askarlar qay kuni bir qizni deraza oldiga sudrab borishdi. Qiz shoʻrlikning koʻzlari yopishib qolgan sochlari ostida qoʻrquvdan jovdirab turardi. Biri chakkasiga toʻpponcha tirab, tepkini bosdi. Yengilgina “chit” degan ovoz eshitildi. Qiz chuqur nafas oldi. Ikkinchi askar qurolni qizning boshiga toʻgʻriladi. Shunday qoʻrqinchli ovoz jarangladiki, joyimdan otilib turib ketdim. Xayolimdan oʻtgan yagona narsa: “Oxirating obod boʻlsin, mana endi hammasidan qutulding”, degan fikr boʻldi.


✍️Siz “Laylo”ni qachon oʻqimoqchisiz?

Huzur sari: 👉@huzurkitoblari
26💔25🔥10🤔1
Forwarded from Birburchak
#finished

Aleksandra Kavelius – “Laylo”

Urush… U nafaqat shaharlarni, balki odamlarning qalbini ham vayron qiladi

Roman 1992-1995-yillarda yuz minglab odamlarning oʻlimiga, millionlab odamlarning qochqinda qolishiga, koʻplab shahar va qishloqlarning tiklanmas xarobalarga aylanishiga sabab boʻlgan Bosniya urushi haqida hikoya qiladi.

Ammo u xarobalar, moddiy yoʻqotishlar va jismoniy oʻlim haqida emas koʻproq ruhiy iztiroblar va qalb ogʻriqlari haqida soʻzlaydi. 16 yoshli Laylo ismli qizcha orqali Bosniya urishining, u orqali odamlarning qabohatini, razolatini va ijtimoiy nazoratlarsiz qolgandagi yuzi ochib beriladi.

“Laylo” kitobida bosniyalik musulmon qizning hayoti tasvirlanadi. U tinch, mehrli oilada ulg‘ayadi, musiqani va romantik hikoyalarni yaxshi ko‘radi, kelajakka umid bilan qaraydi.

Ammo Bosniyada urush boshlangach Layloning tinch hayoti bir zumda barbod bo‘ladi. Serb harbiy kuchlari uni asirga oladi va ayollar uchun mo‘ljallangan harbiy lagerda 2 yil mobaynida jinsiy ehtiyoj uchun foydalanishadi.

Asar davomida Laylo urushdagi shafqatsizlikka, insoniylikning qanday yoʻqolib, evrilib borishini oʻz koʻzlari bilan koʻradi. Ayollarga nisbatan qilinayotgan zo‘ravonliklarga, guruh boʻlib yoki noinsoniy shakllarda zoʻrlashlariga guvoh boʻladi. Nafaqat guvoh boʻladi balki oʻsha xoʻrlanganlardan biriga aylanadi…

Yozuvchi Laylo misolida bir-necha oʻn minglab qizlarning taqdiri koʻrsatadi. Shunday qiynoqlardan ham omon qolganlar urushdan keyin normal hayotda yashab ketishga qiynaladi.

Eng katta ogʻriq, iztirob ana oʻshanda boshlanadi. Har odamdan xavfsirash, ishonmaslik, nafratdan boshqa barcha tuygʻularda falajlik seziladi. Inson qalb va tuygʻularsiz, eng muhimi ichidagi dardlarini ishonib ayta oladigan insonlarsiz tirik murdaga aylanishiga amin boʻlasiz.

“Laylo” juda og‘ir, ammo o‘qishingiz zarur bo'lgan kitob. Chunki u bizga ba'zi haqiqatlarni, tinchlik va shukronalik oliy ne’mat ekanini, shunchaki quvonching va arzimas dardingni ham ishonib ayta oladigan, yelkasiga bosh qoʻya oladigan yaqining bor ekani ham juda katta boylik ekanini eslatib qoʻyadi…

➡️@qora_yigit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
38🔥15❤‍🔥10🙏6💔4💯1🏆1
#savol

Ba’zi kitoblar bor — o‘qib tugatasiz, ammo yuragingizda davom etadi… Qaysi kitob qalbingizga kuchli ta’sir qilgan?

Huzur sari: 👉@huzurkitoblari
43💯15❤‍🔥10🔥4
Aslida, bu hikoya bundan ancha avvalroq boshlangandi...

Uni qattiq yaxshi ko‘rib qolgandim.
Unga yetishish orzusida edim.
Daragini uzoq so‘rab-surishtirdim.
Qanchadan qancha so‘rovlarim javobsiz qoldi.

Ammo…
Ajoyib kunlarning birida elektron pochtamga xushxabar keldi:

“Mayli, Uni sizga beramiz!”


Ha, uzoq taqillatilgan eshik nihoyat ochilgandi! Ochig‘i, o‘sha paytdagi xursandchiligimni ta’riflab bera olmayman…

Shunday qilib, zamonaviy turk adabiyotida eng ko‘p o‘qilgan, yuz martalab qayta-qayta nashr etilgan, kitobxonlarni eng ko‘p ta’sirlantirgan asarlaridan birining mualliflik huquqini qo‘lga kiritdik.

Bilardimki, mualliflik huquqi bu hali boshlanishi – asarni eng go‘zal shaklda kitobxonga taqdim eta bilish ham kerak. Shu ma’noda, uni har qanday tarjimonga ishonib topshira olmasdik.

Asarning ruhi, uning o‘zbek tilida qanday jarang sochishini o‘ylar ekanman, ko‘z oldimga mohir tarjimon Ilhom Salimov keldi. Gaplashdik. Uch kundan so‘ng undan ham ijobiy javob keldi:

“Kitobni oʻqib chiqdim, “Yashamoq”dan-da dardliroq asar ekan. Tarjimani boshlayman”.


Oradan oylar o‘tdi...

O‘tgan bu muddat davomida asarning tarjimasi, tahriri, muqovasi ustida ishladik.
Maroq bilan ishladik.
Ishtiyoq bilan ishladik.

Eng ko‘p uning nomi xususida bosh qotirdik – “İncir kuşları”ni o‘zbek tilida qanday ifoda bilan bersak ekan-a:
- Anjir qushlari…
- Mazlum qushlar…
- Mahzun qushlar…

- ...?

Nihoyat, maslahatlashib, xorijiy nashriyot va muallifdan izn olgan holda, asarni uning ruhiga mos ravishda “Yaralangan qush hamon uchmoqda” deb nomlashga qaror qildik.

“Yaralangan qush hamon uchmoqda”...
Ha, bu nom sizga judayam yaxshi tanish.

Ha, bu nom hech qachon so‘nmaydigan UMIDning ifodasi!
Ha, bu nom hech qachon sinmaydigan IRODAning ifodasi!

Aziz kitobxonlar!
Tez orada Sizga ana shunday ruhiyatni o‘zida mujassam qilgan ajoyib asarni taqdim etish niyatidamiz!

Kuting!
Zero, u kutishga arziydi.
Arzigani uchun ham kutish ranj tugʻdirmaydi!

Otabek Tillayev,
Huzur kitoblari loyihasi asoschisi


Huzur sari: 👉@huzurkitoblari
42🔥13👏9👌3🤩2❤‍🔥1🎉1
2025/10/18 16:37:45
Back to Top
HTML Embed Code: