HUZURKITOBLARI Telegram 1118
“Ochlik” nimasi bilan meni hayratga soldi?

Men bu kitobni o‘zim bilan bir hafta olib yurdim. Atayin sekin oʻqidim.

Asarga shu qadar bog‘landimki, voqealar xuddi atrofimda sodir bo‘layotgandek: ochlikdan tinka-madori qurigan odam go‘yo shu yaqin atrofda barmoqlaridagi qonini so‘rib, hayot uchun kurashib yurgandek...

Baʼzi sahifalarni oʻqib, adoyi tamom boʻldim. Alamdan kitobni yirtib otgim, bu adolatsizlikka qarshi nimadir qilgim keldi. Men bu og‘ir taqdirga nafaqat guvoh boʻldim, balki istasam-da, yordam bera olmaydigan tomoshabin bo‘lishdan boshqa hech narsaga yaramadim…

Odatda mutolaa payti oldimga yengil taom (shirinlik, bulochka, kofe-mofe degandek) olardim. Lekin bu safar bunday bo‘lmadi. Kitobni boshladim-u, o‘qiganim sari oldimdagi ovqat bo‘g‘zimga tiqila boshladi...

Qahramon meni och qorni bilan emas, balki to‘q ruhi bilan hayratga soldi. U hech narsa yemasa-da, o‘zini sotmadi, egilmadi, o‘zidan-da nochor, kerak bo‘lsa, o‘zi qadar och bo‘lmagan insonlarga ham yordam qo‘lini cho‘zdi.

Biz yashayotgan jamiyatda esa aksincha – tana to‘q, lekin ruh och, g‘urur och, qalblar esa bo‘m-bo‘sh...

“Ochlik” menga men kutmagan joydagi haqiqatni ko‘rsatdi. “Ochlik” menga asl ochlik qanday bo‘lishini tushuntirdi.

©️Yusufbek

👉@huzurkitoblari

tgoop.com/huzurkitoblari/1118
Create:
Last Update:

BY Huzur kitoblari

Share with your friend now:
tgoop.com/huzurkitoblari/1118

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Hashtags Joined by Telegram's representative in Brazil, Alan Campos, Perekopsky noted the platform was unable to cater to some of the TSE requests due to the company's operational setup. But Perekopsky added that these requests could be studied for future implementation. ‘Ban’ on Telegram In handing down the sentence yesterday, deputy judge Peter Hui Shiu-keung of the district court said that even if Ng did not post the messages, he cannot shirk responsibility as the owner and administrator of such a big group for allowing these messages that incite illegal behaviors to exist. Administrators
from us

Telegram Huzur kitoblari
FROM American