Telegram Web
BESHAFQAT HAYOT

O‘shanda mahzunlik yili edi!
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni Qurayshdan himoya qiladigan metin devor bo‘lmish Abu Tolib vafot qildi.
Zavjalari, habibalari, do‘stlari, suyanchiklari Hadicha roziyallohu anho vafot qildi.

Kishining ichki va tashqi frontidan birdaniga ajralishi naqadar og‘ir sinov!
Inson o‘zini yolg‘iz va kimsasiz his qiladi!

Makka butunlay butlar va sanamlarga ibodat qilishga g‘arq bo‘lgan edi. “Dorun Nadva” hiyla-nayrang va fitnalarga to‘lib-toshgan edi!

Ana shunda Nabiy sollallohu alayhi va sallam Toifga borishga qaror qildilar. Makkadan topmagan mehrni u yerdan topishga, Makkada ko‘rgan bag‘ritoshlikni u yerda ko‘rmaslikka umid bog‘ladilar.

Toifga yetib borib Toifning kattasi Ibn Abdi Yo‘lilga maqsadlarini aytdilar. Ammo u razilning bergan javobidan ko‘zlarimiz yoshlandi, qalbimiz parchalandi. U suyukli Nabiyimiz sollallohu alayhi va sallamga shunday dedi:
– Alloh menga yuborishga sendan boshqa odam topa olmadimi?!

So‘ngra ahmoqlari va yosh bolalariga aytib, u zot sollallohu alayhi va sallamni toshbo‘ron qildirdi. Ikki muborak oyoqlaridan qon oqdi!

Keyin zamon aylandi, yillar almashdi. Makka fath bo‘ldi. Bilol roziyallohu anhu Ka’baning ustidan azon aytdi. “Allohu Akbar” sadosi ilk bor olamni to‘ldirdi!
Bu buyuk maskan o‘zligini toki qiyomatgacha yana qaytarib oldi!

Mana, Nabiy sollallohu alayhi va sallam Madinadalar. Islom saltanati butun Arab yarim oroliga o‘z hukmronligini taratdi. Oisha roziyallohu anho Nabiyimiz sollallohu alayhi va sallamdan so‘rayaptilar:
– Ey Allohning Rasuli! Siz uchun eng og‘ir kun qaysi kun bo‘lgan?

Oisha roziyallohu anho Uhud jangining og‘ir kechganini bilardilar. U kunda qo‘shinning qo‘mondoni, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning amakilari Hamza roziyallohu anhu shahid bo‘lgan edi. Hamza roziyallohu anhu bilan birga yetmishta eng buyuk sahobalarini dafn qildilar. O‘sha g‘azotda suyukli Nabiyimiz sollallohu alayhi va sallamning boshlarini yorishdi, tishlarini sindirishdi. Shuning uchun Oisha roziyallohu anho buni eng og‘ir kun deb hisoblayaptilar.

Ammo Nabiy sollallohu alayhi va sallam to‘satdan Toifdan gap boshladilar:
– Toifdan chiqqanimda o‘zimda yo‘q edim. Faqatgina Qarnus Sa’olib degan joyda o‘zimga keldim. Boshimni ko‘tardim. Tepada Jabrayil turar edi. U dedi:
– Alloh taolo tog‘larning farishtasini yubordi. Istasang, bu farishta Toif ahli ustiga ikkita tog‘ni ag‘darib, ularni yo‘q qiladi!
Men Jabrayilga dedim:
– Men ularning naslidan yolg‘iz Allohga ibodat qiladigan, Unga hech narsani sherik qilmaydigan kishilar chiqishidan umidvorman!

Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning gaplarini bir taammul qiling!
“Toifdan chiqqanimda o‘zimda yo‘q edim. Faqatgina Qarnus Sa’olib degan joyda o‘zimga keldim”.

Nabiy sollallohu alayhi va sallam o‘zlarining payg‘ambar ekanliklarini bilardilar. Kuni kelib dinlari g‘olib bo‘lishini ham bilardilar. Ammo u kishi ham baribir inson edilar. Ota-onam fido bo‘lsin u zotga!

Dunyo ko‘zlariga tor bo‘ldi. Hatto butun olam u kishining nigohlarida ninaning teshigidek bo‘lib qoldi. Nima qilishni bilmadilar. Mahzunlik va og‘riqdan sinib qoldilar. Yuzlari yerga boqib, oyoqlari qayerga borishni bilmay qoldi. Shu holatda bugungi hisobimiz bilan 46 km yurganlar. Nohot Jabrayil alayhissalomning ovozidan o‘zlariga kelib, tepaga qaradilar!

E’tibor bering! Robbimiz Nabiyimiz sollallohu alayhi va sallamdagi insonchilikni naqadar rioyasini qilayapti. Alloh taolo u kishiga itob qilmadi. Balki Jabrayil alayhissalomni yuborib, tasalli berdi. Istasalar, zulmga qarshi javob berishini aytdi!

Biz iymonning ozligidan emas, hayotning beshafqatligidan zaiflashamiz. Toif kuni Nabiy sollallohu alayhi va sallamning iymonlari oz emas edi. Ammo zulmning ta’mi achchiq edi!

Tushuning, inson ba’zan sinib qoladi. Tanasi bizning dunyomizda yursa-da, ruhi biz bilmaydigan boshqa dunyoda yurgan bo‘ladi. Insonning boshidan shunaqa paytlar o‘tadiki, unda bir so‘z aytishga ham, nasihat eshitishga ham, birovni ko‘rishga ham toqati yetmaydi!
#Shogirdimga

Maqsad boshqalardan emas, kechagidan yaxshiroq bo’lish kerakligini unutma…
MOTAM

Ibn Abdul Barr va Abu Nu’aym rohimahumalloh o‘zlarining hadis to‘plamlarida keltirishadi:

**“Sahobalardan Bashir al-G‘iforiy roziyallohu anhu doim Nabiy sollallohu alayhi va sallamning majlislarida o‘tirar edi. Deyarli qoldirmas edi.

So‘ngra birdan ko‘rinmay qoldi. Nabiy sollallohu alayhi va sallam uni uch marta surishtirdilar. Bashir keldi. Uning yuzi siniq, rangi o‘chgan edi. Nabiy sollallohu alayhi va sallam so‘radilar:**

— Nega ranging o‘chib ketgan, ey Bashir?!

Bashir dedi:
— Tuya sotib olgan edim. U qochib ketdi. Uni qidirdim…!

Nabiy sollallohu alayhi va sallam dedilar:
— Qochib ketgan narsa qaytariladi. Shunga ranging o‘zgardimi?!

— Ha!

Nabiy sollallohu alayhi va sallam dedilar:
— Unda miqdori ellik ming yil bo‘lgan, insonlar olamlarning Robbisi tomon boradigan kunda qanday qilasan?!”

Bor tashvishimiz faqat shu dunyo bo‘lmasligi lozim. Hammamiz bu dunyodan qanday kelgan bo‘lsak, shunday hech narsasiz ketamiz.

Mayli, dunyoda ishlaylik, tijorat qilaylik, obro‘ orttiraylik, muvaffaqiyat qozonaylik…
Ammo oxirat yodimizdan chiqmasin!

“Sizlarga berilgan narsa faqat dunyo hayotining matohidir. Allohning huzurida esa yaxshiroq va boqiy narsa bor…” (36:60)

Kimning tashvishi faqat dunyo bo‘lsa, Alloh uning oldiga faqirlikni qo‘yadi, ishlarini tarqoq qiladi va unga dunyodan faqat taqdirida bor narsasi yetib keladi. Kimning tashvishi oxirat bo‘lsa, Alloh uning qalbini boy qiladi, ishlarini oson qiladi va dunyoni unga itoat ettiradi. (Ibn Moja)

Ishlarni juda jiddiy olmang. Narvonni eniga emas, bo‘yiga qo‘ying.

Mol-dunyo qo‘limizda bo‘lsin, ammo yuragimizda emas!

Modomiki, dinimiz salomat qolgan ekan, qolgan musibatni musibat deb bilmang.
Agar dinimiz zarar ko‘rsa, aqidamiz shikastlansa – ana shunda motam tutishga arziydi!

Alloh bizga dunyoni qo‘limizga berib, yuragimizni oxirat bilan to‘ldirishni nasib qilsin!
Forwarded from Sodiq School
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Dunyoda 17-o‘rinda turuvchi University of Hong Kongga 100% grant yutgan bitiruvchimiz!

🚀 Irgashev Mustafo – maktabimizning 2023-2024 o‘quv yili bitiruvchisi. U University of Hong Kongdan 100% grant yutdi!

📈 Mustafo maktabga kelganida hatto universitetga kirish bo‘yicha aniq tasavvurga ega emas edi.

🏆 Ammo 2 yil ichida yuqori natijalarga erishdi:
IELTS 7.5
SAT 1520

Bu Sodiq School ta’lim tizimi samaradorligining yorqin misoli!

📹 Videoda Mustafoning ushbu muvaffaqiyat yo‘lida Sodiq Schoolning o‘rni haqidagi fikrlarini tinglashingiz mumkin.

Sodiq School — Xalqaro ta’limga qadam!

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mustafo ismi bilan mashhur bo‘lgan shaxslar:

1. Muhammad al-Mustafa ﷺ – Payg‘ambarimiz Muhammad ﷺning mashhur biri “al-Mustafa” (tanlangan, saralangan) bo‘lib, bu nom Islom olamida eng mashhur va sharafli ism hisoblanadi.

2. Mustafo Sabri Effendi (1869–1954) – Usmoniylar imperiyasining oxirgi Shayxulislomi (eng yuqori diniy ulamo lavozimi). Islomiy ilmlarda katta ta’sirga ega bo‘lgan olimlardan biri.

3. Mustafo al-A’zamiy (1930–2017) – Mashhur hadis olimi, hadis ilmining ishonchliligi va tarixiy ishonchliligini ilmiy jihatdan isbotlashga katta hissa qo‘shgan.

Murod ismi bilan mashhur bo‘lgan shaxslar:

1. Sulton Murad I (1326–1389) – Usmonli imperiyasining uchinchi sultoni bo‘lib, Islom dinining keng tarqalishida katta rol o‘ynagan.

2. Sulton Murad II (1404–1451) – Usmoniy sultonlaridan biri bo‘lib, ilm-fan va islomiy madaniyatni rivojlantirishga katta e’tibor bergan.

3. Sulton Murad IV (1612–1640) – Qur’onga va Islom qonunlariga qat’iy amal qilgan Usmoniylar sultoni. Alkogol, tamaki va qimorni taqiqlaganligi bilan mashhur.

4. Murad Hofiz (19-asr) – Qur’on qiroati bo‘yicha mashhur qori bo‘lgan.

Nomingiz kabi oqibatingiz ham o’xshash bo’lsin. Amiyn…

P.s. hali bu kabi ismlar haqida ko’p yozish nasib qiladi…
To’g’rimi bolajonlar…
Yaxshi ustoz bo’lish formulasi:

The students don’t care until they know how much you care…
Sodiq School’da “Tanqidiy fikrlash” fani alohida o‘tiladi. Bu fanda “Cause (Sabab) and Effect (Oqibat)” hamda “Inference (Xulosalash)” bo‘limlari mavjud.

Misol:
1. Oqibat (effect):
(Ba’zi) shogirdlar ortingdan g‘iybat qiladi, mahzun bo‘lasan.

Sabab (cause):
Yaxshi ustoz bo‘la olmadim.

Inference (xulosa):Jazosi

Mening xatoyim. Demak, ularga mehr bera olmadim, bu esa o‘zaro aloqalarni yomonlashtiradi.


2. Oqibat (effect)
Ba’zilari seni unutib yuboradi, tabiiy deb qabul qilasan.

Sabab (cause):
Ularga yetarlicha qayg‘ura olmadim.

Inference (xulosa): adolati

Mening xatoyim. Demak, ularga munosib e’tibor bera olmadim.


3. Oqibat (effect):
Ammo shundaylari borki, ular huddi farzanding kabi bo‘lib qoladi.

Sabab (cause)
Allohning fazli.

Inference (xulosa): Rahmati
Alloh mehribon. Allohning rahmati va fazli bilan ba’zi shogirdlar juda yaqin bo‘lib qoladi, sen ularga munosib bo’lmasang ham.

Umumiy xulosa:
xato va kamchiliklar - meniki, yutuq esa -Uniki.
Taksistlar bilan suhbat

Safarda odatda taksichilar bilan suhbatlashib ketaman. Ishoning, ular orqali juda ko‘p qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘laman. Suhbatlar asosan hayotiy tajribalari, oilaviy sharoitlari va kelajakka bo‘lgan rejalari haqida bo‘ladi. Ba’zi hikoyalari bilan sizlarni ham tanishtirmoqchiman:

1. Akiki-Ugandalik – 34 yosh, uylanmagan. Dohada 4 yildan beri yashaydi. Oilasida 7 farzand bo‘lib, o‘zi to‘rtinchisi. O‘rtacha 800 dollar maosh oladi. Uylanishi uchun kamida 4 ta sigir, 3000 dollar pul va yana boshqa talablar bor ekan. Uning aytishicha, yurtida iqtisodiy ahvol past va korrupsiya yuqori. Rajasida 4-5 yılda uylanish ekan.

2. Muso – Efiopiyalik – 32 yosh, uylanmagan. 3 yildan beri Qatarda ishlaydi. Efiopiyada o‘rtacha oylik atigi 55 dollar, yaxshi maosh esa 80 dollar ekan. Xalqning aksariyati shaharlardan qochib, tog‘-u dalalarda dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanib kun kechirar ekan. Bozor mahsulotlariga kam ehtiyoj seziladi, lekin korrupsiya juda yuqori, ahvol og‘ir, deydi. Hozir 800 dollar maosh oladi va uylanish uchun pul yig‘moqda.

3. Anil – Hindistonlik – 20 yildan beri Qatarda yashaydi. U 20 yillik tajribasi bilan taksichilikni professionallik darajasiga yetkazgan.

4. Mustafa – Turkiyalik – 28 yosh. 5 yil davomida taksichilik qilib, shu vaqt ichida Qur’onni to‘liq yod olib qo‘yibdi.

Bu hikoyalardan quyidagi his-tuyg‘ularni boshdan kechirdim:
1/4 – Rahmim keldi.
2/4 – Hayratlandim.
3/4 – Achindim.
4/4 – Havas qildim.

P.S. Siz ham sinab ko‘ring – Musofir taksistlar bilan suhbatlashib, ularning hayotiy tajribalaridan o‘zingiz uchun saboq oling.
Qimor

Shart asosida ovqatlanish – “agar shuni yesa, shuncha pul beraman; yesa olmasa, pulini qaytaraman” kabi tizimlarning zamonaviy savdoda uchrab turishi ma’qul emas. Ba’zilar bunday tizimning diniy va axloqiy hukmini tushunib ishtirok etsa, ba’zilari esa natijalarni anglamay, unga aralashmoqda.

Bunday shart asosidagi tartib insonlarni halol mehnatdan chalg‘itishi va jamiyatimizdagi qadriyatlarni susaytirishi mumkin. Shu bois, bu masala yuzasidan ishonchli ulamolarning fatvolariga murojaat qilish va ularning ko‘rsatmalariga amal qilish zarur.
Bu Xitoylashuv yaxshilikka emasligi aniq. Men yanada havotir olayapganim – ular ta’limga ham shunday jadal kirib kelishidir.

Hatto o’zbek tadbirkorlari ulardan investitsiya olish bahonasida bu ishga sherik bo’lib qolishlari esa absurddir.

Bu xuddi qorason kasalligiga o’xshaydi: “long term”dagi oqibatlari juda achinarli bo’ladi.

Xazrat Umar aytganlaridek, musulmon kishi aldamaydi, ammo aldanmaydi ham…
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Shogirdimga

Kunlik 32 dan 40 ga o’tadigan vaqti keldi…
(davomiy)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sarkazm

Bizda muammoni shunday hal qiladiganlar ko’p topiladi, afsuski ta’limda…
Kamiga innovatsiya deyishadi..
Falastin 1927 yil.
U paytda Isroil, Amirliklar, Qatar, Bahrayn, Malayziya va Singapur degan tushunchalar yo‘q edi!
Masjidga tahoratsiz kirish oqil musulmonni ishiga xos bo’lmagani kabi, Ramazonga ham o’zgani ko’nglini hafa qilib kirish ham noto’g’ri ishdir

Joiz yoki nojoiz hafa qilgan barcha insonlarimdan uzr so’rayman. Kechirsangizlar lutf ko’rsatgan bo’lasiz…
DO‘STLAR

Xatib Bag‘dodiy o‘zining “Tarixu Bag‘dod” nomli kitobida keltiradi:
“Qozi Abu Abdulloh Voqidiy aytadi:
“Bir kuni xotinim menga dedi: “Hayit yaqinlashdi. Bizda hech narsa yo‘q!”.
Nihoyatda tang ahvolda qoldim. Bir savdogar do‘stimnikiga borib qarz so‘radim. Do‘stim menga bir hamyon berdi. Unda bir ming ikki yuz dirham bor edi. Hamyonni olib uyimga shoshildim. Uyimga kelishim bilan Hoshimiylardan bo‘lgan bir do‘stim eshigimni taqillatdi. Chiqib ochdim. Do‘stim mendan qarz so‘rab kelgan ekan. Men qaytib uyga kirdim va haligi hamyondagi pulning yarmini Hoshimiy do‘stimga bermoqchi ekanligimni xotinimga aytdim. Xotinim dedi:
“Siz hech bir ish qilganingiz yo‘q. . Ammo bir avom do‘stingizdan qarz so‘raganingizda u sizga bir ming ikki yuz dirham berdi. Axir bu kelgan do‘stingiz Hoshimiylardan-ku! U bilan Nabiy sallollohu alayhi va sallamning oralarida qarindoshlik bor-ku! Siz unga avom kishi sizga bergan narsaning yarmini berasizmi?!”.

Men Hoshimiy do‘stimga pulning hammasini berib yubordim. Haligi menga pul bergan savdogar do‘stim Hoshimiy birodarimning uyiga kelib pulga ehtiyoji borligini aytibdi. Hoshimiy birodarim unga men bergan hamyonni olib chiqib beribdi. Savdogar do‘stim o‘zining hamyonini tanibdi. So‘ngra u mening oldimga kelib bo‘lgan voqeani aytib berdi. Men ham unga Hoshimiy birodarim bilan bo‘lgan voqeani aytib berdim.

So‘ngra meni vazir Yahyo ibn Xolid Barmakiy chaqirtirdi. Mendan bo‘lgan voqeani so‘radi. Men vazirga do‘stlarim bilan bo‘lgan voqeani aytib berdim. Yahyo bizning qilgan ishimizdan xursand bo‘ldi. Keyin bir g‘ulomiga dedi: “Haligi pullarni olib kel!”.

G‘ulom o‘n ming dirham olib chiqdi. Yahyo menga dedi: “Mana bu ikki mingni ol. Ikki mingi savdogar do‘stingga, ikki mingi esa Hoshimiy do‘stingga. Qolgan to‘rt minggi xotiningga. U sizlarning ichingizda eng saxovatli insondir!”.

A’mash rohimahulloh aytadi:
“Shunday insonlarni ko‘rdim, agar ular bir-birlari bilan bir yoki ikki oy ko‘rishishmasa “qandaysan?” yoki “ahvoling qanday?”dan nariga o‘tishmas edi. Ammo molining yarmini so‘rasa bir-birlariga bera olishar edi. endi shunday insonlarni ko‘rayapmanki, ular bir-birlari bilan bir kun ko‘rishmasa hatto tovuqlarigacha so‘rashadi, ammo bir dirham so‘rashsa bir-birlariga berishmaydi!”.

Endi A’mash rohimahullohning zamonida insonlar shunaqa bo‘lib ketishgan bo‘lsa, bizning zamonimizda qanaqa deb o‘ylaysiz?!

Do‘st bu ruhning bir bo‘lagi, qalbning ulfatidir. Bugun muhabbat bilan bir joyda jam bo‘ladiganlar oldin ruhlar olamida jam bo‘lganlardir. Ruhlar qo‘shinlardir. Ulardan qaysi biri oldin ulfat bo‘lgan bo‘lsa dunyoda ham ulfat bo‘ladi, oldin bir-birini yoqtirmagan bo‘lsa dunyoda ham yoqtirmaydi!

Nabiy sallollohu alayhi va sallam aytadilar: “Birovga cho‘ntagingdagi narsaning ozini berib turib unga qalbingdagi narsani ko‘pini berma!”.
Do‘stlaringizni yo‘qlang!

Ularning ahvoliga ziyraklik bilan boqing!

Ular talab qilmasdan ehtiyojlarini qondirishga harakat qiling. Zero ba’zi nafslar aziz bo‘ladi. Dardini o‘zgalarga ochishni istashmaydi!

Oldingilar oldiga biror do‘sti ehtiyojini so‘rab kelsa uni darrov ravo qilar, so‘ngra uyga kirib “nega so‘rashidan oldin do‘stimning ahvolidan xabar olmadim”, deya
nafsiga itob qilar edi. Ular do‘stining o‘zidan boshqalar oldiga ehtiyojini so‘rab borishini o‘zlariga or bilishar edi, bunday holda o‘zini yomon do‘st deb hisoblashar edi.

Ular do‘stlarini ayblamoqchi bo‘lishsa ehtiyojlarini o‘zgalardan so‘rashar edi!
RASHK

Rasululloh sallollohu alayhi va sallam xotinlarinikida navbati bilan tunar edilar. O‘shanda navbatlari Oisha onamiz roziyollohu anhoning hujralarida edi. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam bilan hujrada ba’zi sahobalari ham bor edi. Ular er-xotinlik hayoti haqida buyuk bir dars arafasida edilar.

Zaynab bint Jahsh roziyollohu anho onamiz taom pishirdilar. Nabiy alayhis salotu vas salom yemaslaridan u ovqatdan yeyish onamizga tatimadi. Bir tovoqda ovqatdan olib xodimlari orqali uni Rasululloh sallollohu alayhi va sallamga berib yubordilar. Bundan Oisha onamiz roziyollohu anhoning rashklari keldi. Bu endi kundoshlar orasida bo‘lib turadi. Buni Oisha onamiz o‘z haqlariga tajovuz deb bildilar. Xodimning qo‘lidagi tovoqni urib yubordilar. Idish yerga tushib chilparchin bo‘ldi. Ovqat yerga to‘kildi.

Endi o‘zingizni Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning o‘rnilariga qo‘yib ko‘ring. Suyukli Nabiyyimiz sallollohu alayhi va sallam tang ahvolda qoldilar. Tasavvur qiling, mehmonlaringiz oldida xotiningiz boshqa xotiningiz berib yuborgan ovqatni yerga uloqtirdi. Shak yo‘qki, siz o‘zingizni xorlangan his qilasiz. Erkakligingiz yodingizga tushadi. Mehmonlar oldida xotiningizni ta’zirini berasiz. Bu uyning xo‘jayini kim ekanligini unga ko‘rsatib qo‘yasiz.

Ammo Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning tasarruflariga qarang va o‘rganing! U zot sallollohu alayhi va sallam tiz cho‘kib singan idishlarni terdilar, ovqatni ham terib oldilar. Atroflaridagi sahobalarga:
“Onangiz rashk qildi!”, dedilar.
So‘Nora ovqat olib kelgan xodimni ketib qolmasligini tayinladilar. Oisha onamizdan unga singan idishning o‘rniga boshqa idish berishlarini talab qildilar. Xodim idishni olib Zaynab onamizning xonalariga ketdi.

Rasululloh sallollohu alayhi va sallam agar o‘zlarining bosiqliklari, muvozanatni saqlashlari va fiqhlari bilan o‘chirmasalar xotinlar orasida urush olovi yonib ketar edi. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam bunaqangi holatlarda ayol kishi rashk qilishini yaxshi angladilar. Ayol kishi rashk qilsa o‘zligidan chiqib ketishini bilar edilar. U zot sallollohu alayhi va sallam erkakliklarini isbotlash uchun Oisha onamiz roziyollohu anhoni urushmadilar. Balki mardliklarini boshqa yo‘l bilan isbotladilar. Holatni yaxshi angladilar, muvozanatga soldilar va muammoni oqilona hal qildilar.

Hayot bizni har kuni muammoga ro‘baro‘ qiladi. O‘sha muammoga nisbatan bizning reaksiyamiz o‘sha muammoni haqiqatga aylantiradi yoki uni olovga aylanmasligi uchun o‘chiradi. Er-xotinlik hayotini jang deb o‘ylaydiganlar, bunda g‘alaba qozonishim shart deb fikrlaydiganlar xato qilishadi. Aksincha, er-xotinlik hayoti bir-birining xatosidan ko‘z yumish bilan bardavom bo‘ladi. Er o‘z xotinining kamchiligidan ko‘z yumadi, xotin o‘z erining kamchiliklaridan ko‘z yumadi. Har bir ishda to‘xtalaversak, har bir gapdan ta’sirlanaversak hayotimiz do‘zaxga aylanadi.

E’tibor bersak, Rasululloh sallollohu alayhi va sallam Oisha onamizning xatolaridan ko‘z yumibgina qolmasdan, u kishini ma’zur ham deyaptilar. Idish rashk tufayli sindi. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam Oisha onamiz roziyollohu anhoning tabiatlarining rioyasini qilayaptilar.

Hayotda muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lgan kishi ayollar tabiatini yaxshi anglashi lozim. Xotiniga do‘stiga qilgan muomalasini qilmasligi kerak. Farzandlariga hamkasblariga qilgan muomalasini qilmasligi kerak. Hayotdagi har bir guruhning, har bir ijtimoiy tabaqaning boshqalardan farqlicha bo‘lgan tabiati va tuyg‘ulari bor. Hammaga bir xil muomala qiladigan kishi xuddi barcha bemorga bir xil dori beradigan tabibga o‘xshaydi.

G‘azab aqlni ko‘r qiladi. G‘azab vaqtida suhbatlashmaslik kerak. G‘azab vaqtida suhbat qilmoqchi bo‘lgan kishi xuddi qaynab turgan suvda aksini ko‘rmoqchi bo‘lgan kishiga o‘xshaydi. Suv qaynashdan to‘xtasin, sovusin. Ana shundan so‘ng unga qarang. Er-xotinlik hayoti ham ana shunday!
2025/06/30 06:21:20
Back to Top
HTML Embed Code: