Telegram Web
E’lon

Bizda

- admin va call center
(4-7 mln)
(Dush-Juma : 09:00-17:30)

- HR
(8-11 - mln)
(Dush-Juma : 08:30-17:30)

bo’sh ish o’rni mavjud

"Sodiq school"ning ahil jamoasiga qoʻshilish va samimiy muhitda ishlash imkoniyatingiz bor.
Yaxshi ish haqi va muhitdan tashqari quyidagi qoʻshimcha bonuslar ham sizniki:

– bepul tushlik va tolma choy;
– farzandingizning maktabimizdagi ta’limi uchun 50% chegirma;
– bepul treninglar.

@resume_send_bot ni to’ldiring
Bir haftalık safarga eng yaxshi hamrohlar…)
“Uzr” odatda 2 holatda so’raladi:
1. Aybdorlik hissi tufayli. (Mardlik)
2. Aybsiz bo’lsa ham oradagi munosabat hurmatidan. (Oqillik)

Birinchi holatda uzr so’ramaslikda kibrning hidi sezilsa, ikkinchi holatda esa “hilmlik” ne’matidan bebahralikdandir.

Biz esa “Uzr so’rashni” hali ham ojizlik va pastlik belgisi deb biladigan saviyadagilar bilan sinalyapmiz….
Bazi effektlar haqida…

“Siniq oynalar prinsipi” ko‘pincha salbiy holatlarni izohlash uchun qo‘llaniladi, ammo uning ijobiy muqobili sifatida quyidagi tushunchalar ishlatiladi. Ushbu tamoyillar kichik ijobiy o‘zgarishlar jamiyatda katta o‘zgarishlarni qanday boshlashini ko‘rsatadi.

1. Yaxshi o‘rnak prinsipi (Broken Windows Reverse)
Tushuncha: Agar biror joyda kichik yaxshi o‘zgarishlar amalga oshirilsa, boshqalar ham ushbu ijobiy o‘zgarishlarga qo‘shilishga harakat qiladi.
Misol: Mahallada kichik bir guruh volontyorlar bog‘ yaratdi. Keyingi haftalarda boshqa mahalla aholisi ham gul ekish va obodonlashtirishni boshladi.

2. Toza oyna nazariyasi
Tushuncha: Hudud yoki jamiyat toza, tartibli va e’tiborli saqlansa, boshqalar ham tartib va intizomga amal qilishga undaydi.
Misol: Bir kafe o‘z atrofiga axlat qutilar o‘rnatdi. Shu hududdagi boshqa do‘konlar ham shunday qila boshladi va ko‘cha ancha pokiza bo‘lib qoldi.

3. Multiplikativ ta’sir
Tushuncha: Yaxshi xatti-harakatlar jamiyatda ko‘payib, katta ijtimoiy o‘zgarishlarga olib keladi.
Misol: Bir talaba ijtimoiy tarmoqlarda ekologik muammolar haqida loyiha boshladi. Oradan bir oy o‘tib, yuzlab odamlar chiqindi yig‘ish tadbirlariga qo‘shildi.

4. Ijobiy muhit effekti (Positive Environment Effect)
Tushuncha: Yaxshi energiya va ijobiy harakatlar boshqalarga yuqib, biror jamiyat yoki makonning rivojlanishiga hissa qo‘shadi.
Misol: Bir kompaniya sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi dasturlarni joriy etdi. Tez orada xodimlarning oilalari ham sport bilan shug‘ullanishga qiziqishni boshladi.

5. Ilhomlantiruvchi innovatsiya tamoyili (Pioneer and Follower Effect)
Tushuncha: Yangi tashabbus boshqalarni ham shu yo‘nalishda harakat qilishga undaydi.
Misol: Bir maktabda SAT bo‘yicha yuqori natijaga erishgan o‘quvchi boshqalarni ilhomlantirdi. Natijada, bir yilda maktabning 15 o‘quvchisi xalqaro imtihonlarda muvaffaqiyatli qatnashdi.

(Davomi bor..)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'zimiz podkastimizning navbatdagi mehmoni "Najot Ta'lim", "Robbit" va "Lola Animation" loyihalari asoschisi Temurbek Adhamov bo'ldilar.

Suhbat davomida: yoshlardagi asosiy muammolar, bolalarning telefondan chiqa olmay qolishi, ijtimoiy tarmoqlar ta'siri va ota-onalarga tavsiyalar haqida dildan gaplashdik.

Maroqli tomosha qiling: https://youtu.be/l1_3GPD2U_I?si=D6QWH7DJ5gF6XuQb
Endi MİT ga kirish muammo emas…

Tushunchalarning ahamiyati

Ushbu tamoyillar kichik yutuqlar yoki yaxshi tashabbuslar qanday qilib katta ijtimoiy o‘zgarishlarni boshlashi mumkinligini ko‘rsatadi.

Masalan:
1. Oyga parvozdan 66 yil avval xatto 40 m masofagacha ucha olish butun insoniyat uchun orzu bo’lgan…

Rayt aka-ukalari ilk bora 12 km/s tezlikda 36,5 metr uchishdi. Apollo 11 Oyga 39,000 km/s tezlikda uchib, 384,400 km masofani bosib o‘tdi.
(Qiyos: Ilk parvozdan Oyga parvozga qadar bo‘lgan taraqqiyot:
Masofa: 36.5 metr → 384,400 km (taxminan 10 million marta ortgan).
Tezlik: 10.8 km/soat → 39,000 km/soat (taxminan 3,611 marta tezroq)


2. Zamonaviy olimpiada o’yinlari 1896-yılı start olgan. Oradan 72 yıl o’tibgina
1968-yilda Jim Hines 100 metr masofani 10 soniyadan tezroq 9,95 soniya da bosib o’tgan.

Yutuqlarning ommaviylashuvi: 2023-yil holatiga ko‘ra, 100 metrlik yugurishni 10 soniyadan kam vaqtda bosib o‘tgan erkaklar soni 170 dan oshgan.

Statistika tahlili:

1968-yilda bu ko‘rsatkichga erishgan yagona shaxs bo‘lgan bo‘lsa, hozirda bu natija ommaviylashgan.

Bunday yutuq psixologik chegarani yengib o‘tishning amaliy natijasidir.

3. Endi o’zimizdagi holatga nazar:
O’zbekistonni 30 yillik tarixida IELTS Dan birorta maksimal 9.0 ball olinmagan edi. 2021-yilda ilk O’zbek bu natijaga erishgach, keyingi 3 yilda bu natijani takrorlay olganlar soni 22 taga yetdi.

Xulosa:
Ilk yutuqlar qiyin bo‘lgan bo‘lsa, keyingilari tobora osonlashgan, chunki odamlar bir marta isbotlangan yo‘ldan foydalanib, uni takomillashtirishga o‘tganlar.

Bu misollar “birinchi qadam”ning o‘zidan keyingi barcha qadamlarni ilhomlantirish va tezlashtirish qanchalik muhimligini isbotlaydi.

MIT ga k
irish hozirgacha O’zbek yoshlari uchun orzu va uddalab bo’lmasdek bir marta edi. U ham zabt etildi.

Yuqoridagi misollar xronologiyasi bunda ham davom etishiga ishonchimiz bor.

Sababi kichik ijobiy qadamlar jamiyatdagi katta o‘zgarishlarning asosiga aylanadi. Ular nafaqat o‘zgarish boshlaydi, balki butun bir muhitni yaxshilik sari o‘zgartiradi.
Foydali blogni qanday tanlash kerak?

Telegramda yaxshi blog topish oson emas, lekin quyidagi 3 ta tavsiyaga amal qilsangiz, to‘g‘ri tanlov qilish imkoniyati oshadi:

1. 3-4 ta postni randomly ko‘zdan kechiring. O‘qigan narsangiz qiziq va foydali bo‘lsa, blog zo‘r degani.

2. Blog egasi haqiqiy mutaxassismi? Postlar mazmunidan yoki uning tajribasidan bilib olish mumkin.

3. Kim tavsiya qildi? Ustozlar yoki hurmatli odamlar tavsiya qilgan bloglar odatda foydali bo‘ladi.

Yuqoridagi har uch shartga mos keladigan bloglar kam. Lekin mana bu blog: https://www.tgoop.com/scaleupuz – aynan shunday bloglardan biri!

Uning egasi – men juda hurmat qiladigan va doim maslahatlashadigan juda oz insonlardan biri.

Blogi qiziqarli va foydali. Marketing va rivojlanishga qiziqsangiz, ko‘rib chiqing.
Xullas inglizchasiga aytganda strongly recommended!

P.s. Sodiq school ni muvaffaqiyatida katta hissasi bor. O’qing va manfaatli bo’ladi…
Hujjat

15 oy…
46707 ta inson…
52564 ta bino…

Bu raqamlar kimnidur qahramon, kimnidur xoin, kimnidur esa qo’rqoqlar safiga kirishiga hujjat bo’ldi…

Yahya Sinvar aytganidek:

Dushman qurollarimizdan emas, Haqda sobitligimizdan qo'rqadi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oqibati Hudaybiya sulhidek bo’lsin…

P.s. Jumaning xayr va barakasi “Qahramonlar”ga bo’lsin…
Forwarded from BR EduTravel
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bizning asosiy maqsadimiz ota-onalar va o‘quvchilarning xalqaro ta’limga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash va ularning orzularini haqiqatga aylantirishdir.

BR Edu Travel sizga ta’lim va sayohatni birlashtiruvchi maxsus xizmatlarni taklif etadi:
🌍 Farzandingiz uchun chet elda sifatli til kurslari;
🎓 Nufuzli universitetlarga kirishda hujjat topshirish yordami;
✈️ Oilaviy ta’lim sayohatlari;
📄 Vizaga kafolatli xizmatlar.

Farzandingizning kelajagi uchun yangi imkoniyatlarni ochishni xohlaysizmi? Biz bu yo‘lda sizga yordam beramiz!

BR Edu Travel – Ta’lim va sayohat bir joyda

📞 Bog‘laning: 88 705 33 00
Bu shunday g’alabaki, xursand bo’lsakda, ammo mirq eta olmaymiz. Bu g’alabani nishonlashga haqlilar qatorida emasmiz.

P.s. men eng xursand bo’layotgan narsa esa, bolalar va nihoyat ta’lim olishni, to’yib ovqatlanishni, to’g’ri davolanishni boshlaydilar. Buni har bir ustoz, har bir ota-ona his qilayotgan bo’lsa kerak…
Bu faqat Falastinni g’alabasi, musulmonlarniki emas.
Biz huddi dushmanlar kabi mag’lublar qatoridamiz…
Gapirishdan oldin o‘yla, o‘ylashdan oldin kitob o‘qi.

Fren Lebovitz

P.s. Shaxsiy kutubxonaga original ingliz tili dagi 300 dan ortiq kitoblar olindi. Xohlovchilar kelib foydalanishi mumkin…

Ro’yhat bu yerda. Hali ro’yhatga kirmaganlari ham bor…
Xayrli ishda yordamingizga muhtojmiz!

Bir yaqin birodarimizning boshlariga sinov kelib, qizlari Turkiyada avtohalokatga uchraganlar. Bu voqeadan soʻng qizimizning turmush oʻrtoqlari ham yonida dalda boʻlish oʻrniga izsiz gʻoyib boʻlgan. Oila bor budini, uy-joy va mashinalarini sotib, qizini davolatish uchun Amerikaga olib ketganlar.

Allohga shukrki, operatsiya muvaffaqiyatli oʻtdi. Oila yaqinda Oʻzbekistonga qaytib kelishlari kerak. Biroq bu yerda ular uchun boshpana yoʻq. Yaxshilarning koʻmagi bilan kichikroq bir uy uchun 90% mablagʻni yigʻdik. Hozir esa, qolgan 10% mablagʻ uchun sizlardan yordam soʻramoqchimiz!

25-yanvar sanasigacha aytilgan mablagʻ yigʻilmasa, kelishuv bekor boʻladi va oila uysiz qolishi mumkim. Hamjihatlik va himmat bilan biroz harakat qilsak, bu mablagʻni ham yigʻamiz, In shaa Alloh. Birodarlarimizning ogʻir kunida yolgʻizlatib qoʻymaysiz degan umiddamiz!

Ehson uchun karta raqamlar:

5614 6821 2321 4233
Umarjonov Muhammadusmon

9860 1701 1182 2277
Umarjonov Muhammadusmon

Buyuk Ipak yo’li bank

Karta ulangan raqam:
+998 90 526 44 11

Ehson tekshirilgan.
Maksimal ulashsangiz, xursand boʻlardik!
Vazifalar Berish Qoidalari

Vazifalarni samarali boshqarish natijani sezilarli darajada yaxshilaydi. Quyida ilmiy asoslangan va statistikaga tayanilgan qoidalar keltirilgan:

1. Vazifalarni yozma tarzda berish
Tadqiqotlarga ko‘ra, yozma vazifalar 42% ko‘proq bajariladi, chunki bu tushunmovchilikning oldini oladi (Forbes).

2. Muddatni belgilash
Muddat qo‘yilgan vazifalar 60% samaraliroq bajariladi. Bu aniq maqsadni belgilash orqali ishlashni osonlashtiradi (Harvard Business Review).

3. Tushungan-tushunmaganini tekshirish
Xodimlarning 30% vazifani noto‘g‘ri tushunishi ish samaradorligini pasaytiradi (Gallup). Savol-javob orqali tushunchani aniqlashtirish bu muammoni hal qiladi.

4. Nazorat nuqtalarini belgilash
O‘rta bosqichda nazorat o‘tkazilgan vazifalar 25% tezroq bajariladi. Bu ijrochiga yo‘nalishni to‘g‘ri ushlashga yordam beradi (Asana Report).

5. Yakunda feedback berish
Vazifadan so‘ng feedback olish ishlash motivatsiyasini 14% oshiradi (Gallup).
Tavsiya

Ikki xil inson bilan bahslashib o’tirmang:

1. Kitob javoni yo’q inson bilan, foydasiz…

2. Kitob javoni bor inson bilan ham, foydasiz…)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Farzandimga
Erkaklar ana shunday bo’ladi, Ibrat ol…
Forwarded from Karim Raximov
ChatGPT vs DeepSeek Round 1

Chatgpt va DeepThink(R1) ikkalasiga universitet olimpiadasidan ikkita soddaroq matematik masala berdim. Birinchi masala holatlarga bo`linadigan ketma-ketlik limiti edi, Chatgpt bitta holatni tahlil qilmasdan qoldirib ketdi va javob to`kis chiqmadi. DeepSeek esa masalani to`liq yechdi. Ikkinchi masala Matritsalar bo`yicha edi, Chatgpt yecholmadi va umuman olganda xato mulohaza qildi(20 balldan 0 ball). DeepSeek ham xato ishladi lekin bitta holni topdi (20 balldan 1 ball). Tahlil qilishdan shuni angladimki, Ikkala SI ni masalalarni tahlil qilishidagi farqlar ko`p va yondashuv boshqa boshqa. Demak DeepSeek yaratuvchilari ushbu SIni yaratishda boshqa nuqtai nazardan qarashganga o`xshaydi va ayrim jabhalarda chatgptdan effektivroqqa o`xshayapti.

Biz O`rta Osiyo xalqlari aslida hammamizniki bo`lgan allomalarimizni seniki-meniki qilmasdan birlashib tezroq o`zimizni suniy intellektimizni yaratmasak allomalarimiz tugul o`zimizga egalik qilolmay qolamiz bu ketishda.

@karimraximov
2025/06/30 16:57:00
Back to Top
HTML Embed Code: