tgoop.com/fikrlog/2607
Last Update:
Yevropada bir mebel magazini bor - nomi Ikea.
Ulardan mebel xarid qilib, 1 yilgacha istalgan payt qaytarib pulingizni olsangiz bo'ladi. Ammo odamlar bunday qilmaydi - chunki mahsulotga mehri tushib qolgan bo'ladi.
Ikeadan mebel olsangiz - uni uyga olib borib, o'zingiz yig'asiz. Bu jarayonda o'z qo'lingiz bilan "qurgan" mahsulotga mehr uyg'onar ekan. Bu psixologiyada "Ikea Effekti" nomi bilan tanilgan.
Xuddi shunday @qirikki offisini ham o'z qo'llarim bilan "quryapman". Avvaliga "tom"ni o'zim yopdim, tozaladim, hamma narsani liftsiz 6-qavatga tashiyapmiz, nima ish bo'lsa yo'q demay o'zim qilishga harakat qilyapman.
Mahsulotlarni iloji boricha ishlab chiqaruvchiga yaqinroq joydan xarid qilish uchun shahardan tashqariga chiqib kelyapman. Hozircha 20ta stul, stol kerakdir - kim biladi balki kuni kelib minglab olarmiz.
Jarayon muhim!
BY Azimjon's Fikrlog
Share with your friend now:
tgoop.com/fikrlog/2607