tgoop.com/digitaledu_uz/1489
Last Update:
Delegatsiya vakillari IT mutaxassislarini tayyorlashga ixtisoslashgan Ustudy IT akademiyasi faoliyati, va Yagona integrator UZINFOCOMda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirildi. Xususan, sun’iy intellekt va raqamli yechimlar sohasidagi loyihalarga alohida e’tibor qaratildi.
Shu bilan birga AQShning Yuta shtati Senati a’zolari va biznes doiralari vakillaridan iborat delegatsiya IT Park Uzbekistan hududida Oʻzbekistondagi eng yirik raqamli kreativ tadbirlardan biri — xalqaro GameFest 2025 festivali ochilishida ham ishtirok etib Yuta shtati Senati Prezidenti va yetakchi biznes vakili Styuart Adams so‘zga chiqib o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Tashrifning asosiy qismida Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari R. Karimjonov va delegatsiya o‘rtasidagi uchrashuvda O‘zbekistondagi raqamli infratuzilmani rivojlantirishga oid qator masalalar muhokama qilindi.
Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/54758