Telegram Web
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Mana shu ustozning o‘quvchisi” degan g‘urur hamma narsadan ustun — Xurshida Zanjirova

Xurshida Zanjirova informatika fani o‘qituvchisi bo‘lib, uning o‘quvchilari xalqaro informatika olimpiadalarida yuqori natijalarga erishib kelmoqda. Ustoz o‘z shogirdlarining muvaffaqiyatlari tufayli hozirga qadar 39 million so‘mlik mukofotga sazovor bo‘lgan.

📈Joriy yili Boliviyada o‘tkazilgan xalqaro informatika olimpiadasida Xurshida opa tayyorlagan o‘quvchi Asilbek Sunnatov kumush medalni qo‘lga kiritdi.

⚜️“Mana shu ustozning o‘quvchisi deb aytilishi men uchun eng katta sharaf. Olimpiadalarda bizning bolalar sahnaga chiqib, yelkasiga bayroq ilganida, O‘zbekiston nomi jaranglaganida shu lahzalar mening eng katta baxtimdir”, — deydi Xurshida opa.


📹Batafsil videolavhamizda tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=nCln8QhuB_Q

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦 #BizHaqimizda

Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun bepul AT ta’limi boshlandi

📖Oʻzbekiston 24 telekanali ijodkorlari “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasining Qoraqalpogʻiston Respublikasida tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlari haqida maxsus ko‘rsatuv tayyorladi.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Har bir mashg‘ulotga puxta tayyorlanib, katta qiziqish bilan bilim olayapman” — Muqaddas Eshpulatova

Muqaddas 17 yoshda. Jizzax shahridagi 30-maktabning 11-sinfida tahsil oladi. Hozirda u “Raqamlashtirish orqali farovonlik sari” dasturi doirasida kompyuter savodxonligi kursida oʻqimoqda.

⚜️“Mahalla tomonidan ushbu kursda oʻqishga yo‘naltirilganim men uchun katta imkoniyat bo‘ldi”, — deydi u.


⚡️Batafsil videolavhamizda tomosha qiling!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍64🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
300 dan ortiq bitiruvchi AT sertifikatiga ega bo‘ldi

📊Toshkent ta’lim Akademiyasi 3 yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Shu vaqt mobaynida 2 000 dan ortiq yoshlar AT yo‘nalishida ta’lim oldi. So‘nggi 1 yil ichida esa 300 dan ortiq bitiruvchi xalqaro AT sertifikatga ega bo‘ldi va ularning aksariyati ushbu sertifikat yordamida yuqori daromadli ish o‘rinlariga joylashgan.

Toshkent ta’lim Akademiyasi xalqaro CompTIA tashkiloti bilan rasmiy ta’limiy hamkorlik o‘rnatgan. Shu sababli, Akademiyadagi barcha kurslar to‘liq CompTIA dasturlari asosida o‘qitiladi hamda o‘quvchilarga xalqaro standartlarga mos bilim va ko‘nikmalar beriladi.

📊Batafsil videoda: https://youtu.be/AGZF4BoWSDU

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🔥1
Forwarded from Digital.uz
⌨️ Sirdaryoda IT salohiyatini oshirishga hissa qoʻshayotgan IT shaharcha faoliyati bilan tanishildi

🌐 Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Sirdaryo viloyatiga tashrifi doirasida Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi tasarrufidagi IT-shaharcha faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mazkur maskan yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirishda, ularning raqamli ko‘nikmalarini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo'lmoqda.

Ushbu IT-shaharchada yoshlar uchun qulay infratuzilma yaratilgan bo’lib, 2 ta dasturlash xonasi, 2 ta ingliz va yapon tillariga ixtisoslashgan xonalar, coworking maydoni hamda o‘qituvchilar xonasi mavjud. 450 o‘quvchiga mo‘ljallangan maskanda hozirga qadar 240 nafar yosh qamrab olingan. Ayni paytda 210 nafar o‘quvchi dasturlash, kompyuter savodxonligi va xorijiy tillar yo‘nalishlarida taʼlim olmoqda.


Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/108225

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51
17-dekabr: Samarqand viloyatidagi yoshlar uchun IT mehnat va ta’lim yarmarkasi!

🏷IT sohasiga qadam qo‘yayotgan yoki o‘z yo‘lini topmoqchi bo‘lgan yoshlarni Mehnat va ta'lim ko‘rgazmasi — Job&Edu Fair'ga taklif etamiz.


Sizni nimalar kutmoqda:
➡️O‘zbekistonning yetakchi IT kompaniyalari bilan yaqindan muloqot,
➡️ Bo'sh ish o'rinlari, amaliyot va ta’lim dasturlari haqida ma’lumotlar,
➡️ Tajribali mutaxassislar bilan netvorking va master-klasslar.

🗺Manzil: Samarqand shahri TATU binosi
Vaqt: 17-dekabr, 10:00-15:00

🔗Diqqat: Tadbirda qatnashish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

📥 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://talent.it-istedod.uz/

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51
🇺🇿8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

Ushbu tantanada siz va yaqinlaringizga salomatlik, baxt va yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi ishlaringizda yangi zafarlar va omad tilab qolamiz.


🎉Bayram muborak bo‘lsin, qadrli yurtdoshlar!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41🎉1
O‘zbekistonda "Ta’limda sun’iy intellekt bo‘yicha milliy ramka" ishlab chiqilishi jadallashmoqda

🏷UNICEF hamkorligida Ta’lim tizimida sun’iy intellektning kelajakdagi rivojlanishini belgilash maqsadida "Ta’limda milliy sun’iy intellekt ramkasi" bo‘yicha yuqori darajadagi maslahatlashuv seminari o‘tkazildi.

Raqamli texnologiyalar vazirligida tashkil etilgan ushbu seminar davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va xususiy IT sektori vakillarini bir maydonga jamladi.

⬇️Muhokamalar:
Kelajak 5-10 yilda O‘zbekistonda sunʼiy intellekt, taʼlim, ish va jamiyatga qanday ta'sir ko‘rsatishi;
Taʼlim jarayonlarida qanday muhim o‘zgarishlar bo‘lishi;
Odamlarning sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish uchun tayyorgarlik ko‘rishga qaratilgan sohada nima ishlar amalga oshirilishi;
O‘zbekiston taʼlim sohasi uchun sunʼiy intellekt siyosatini yaratishda qanday tamoyillar yoki ustuvor yo‘nalishlarni belgilashi kerakligi haqida tashkil etildi.


📑Tadbir yakunida Raqamli texnologiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda UNICEF o‘rtasida raqamli rivojlanish va ta’lim bo‘yicha strategik hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan anglashuv memorandumi imzolandi.

⚜️Mazkur tashabbus kelajak avlod uchun raqamli va sun’iy intellekt bo‘yicha zamonaviy ko‘nikmalarni shakllantirish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2
🇺🇿10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!

Hurmatli yurtdoshlar!

Bugun yurtimizning eng muhim davlat ramzlaridan biri — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kunni nishonlamoqdamiz. Ushbu tarixiy sana xalqimizning mustaqillik yo‘lidagi qat’iyati, milliy o‘zligimiz va Vatanimizga cheksiz muhabbatining yorqin ifodasidir.

Davlat madhiyasi — O‘zbekiston suverenitetining ramziy timsoli, xalqimiz ma’naviyati, g‘ururi va birdamligini aks ettiruvchi muqaddas qo‘shiqdir. Madhiyamizning jarangi har birimizga Vatan oldidagi mas’uliyat, yurt ravnaqi va istiqlolimizni mustahkamlash yo‘lida sidqidildan xizmat qilish tuyg‘usini baxsh etadi.

Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan barcha hamyurtlarimizni tabriklaymiz. Mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida qilayotgan ezgu ishlaringizda yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Yurtimiz tinchligi, milliy ramzlarimiz va istiqlolimiz doimo barqaror bo‘lsin!


🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sherzod Shermatov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Бугун Давлат мадҳияси куни. Кўпинча тадбирларда одамлар мадҳияни баралла айтиш ўрнига шунчаки эшитиб туришларини ёки ярим овозда айтаётганини кузатаман.

Аслида эса сатрлардаги ҳар бир сўз — Ватанга садоқатга, фуқаролик бурчини муносиб адо этишга ва юртга муҳаббатни қалбан ҳис этишга ундайди.

Мадҳияни шунчаки айтиш эмас, балки уни юракдан ҳис қилиб, она юртимизга бўлган муҳаббатни бутун қалби билан, баланд овозда куйлаш - мадҳиямизга ва унинг тимсолида Ватанимизга кўрсатиладиган энг юксак ҳурматдир.

Айнан шу туйғу билан жамоамиз биргаликда жўр бўлиб, мадҳиямизни куч-қудрат манбаи сифатида куйладик.

Сизни ҳам бугундан бошлаб, мадҳиямизни доимо баланд овозда куйлашга чорлаймиз!
2025/12/10 03:49:32
Back to Top
HTML Embed Code: