Yaqinda oʻzbek tilidagi birinchi UX writing kursi chiqadi
*hozir sertifikatni Linkedin'da qoʻshish mumkin boʻlishi ustida ishlayapmiz

😁21🔥12👍6
Oxirgi paytda instagramda uchayotgan kontentlar "Nexel"niki
💯8
Kreativda AI
Oʻzbekistondagi eng kuchli IT universitet reklamasida AI'dan aktiv foydalanyapti
AI — qurol. Qurollangamlar esa qurolsizlardan yoki uni ishlatishni bilmaydiganlardan ancha kuchliroq. PDP University ham AI'dan yaxshi foydalanipti oxirgi reklamalarida.
AI qanday yordam beradi? Uning asosiy vazifasi budjetni tejash. AI yordamidan kichik sarmoya bilan ham yaxshigina roliklar, kreativlar qilish mumkin Bu videolar qanchalik ishlaganini keyinroq ulashib oʻtaman.
Shu 3 ta videoni tasvirga olish qanchaga tushushini prodakshnlar bilan ishlaganlar biladi))
Taxmin qiling-chi? Shu 3 ta rolikni budjeti qancha?)
*Aytgancha, PDP Oʻzbekistondagi eng kuchli IT universitet
@copirayt

1👍8🔥6👎1
Marketing va sotuv psixologiyasi
Yuqoridagi mavzuda maxsus dastur bo'lsa, unga kim mentorlik qilishi kerak?
Shu va shunga o'xshash mavzularda master-klass, darslarni ko'p ko'raman. Mentorlar esa ko'p hollarda faqat nazariyaga asoslangan materiallar bilan cheklanadi.
"Premier" texnika brendi marketing direktori Shohzod aka Po'latov esa men kuzatib boradigan amaliyotchilardan biri. "Premier" savdosining o'sishini hisobga olsak, Shohzod akadan ancha narsa o'rganish mumkin.
Kecha kanalida (@scaleupuz)e'lon ko'rib qoldim. 10 kishilik yopiq guruhda amaliyotga asoslangan 1 oylik maxsus dastur ochilayotgan ekan. Dasturga qo'shilish uchun https://forms.gle/JcNVB1vsCMhDrMkw8 formani to'ldirasiz. Keyin esa suhbat bo'ladi. Ana shundan keyin dasturga qo'shilasiz
"Bo'ladigan" marketingni o'rganmoqchi bo'lganlar, formani to'ldirib, suhbatga yoziling. 13-sentabrgacha oz muddat qoldi
https://forms.gle/JcNVB1vsCMhDrMkw8

🔥4👍1
Oʻzbek tilida sanoqli bloglarni kuzataman. Bugun ular soni yana bittaga koʻpaydi — @lokalsmedia
🔥9👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Noodatiy kreativ
Reklamalarni kuzatiiiib yuraman. Kreativ reklamalar birinchi Yevropa yoki Amerikada paydo boʻladi. Keyin biznikilar sekingina koʻchirib qoʻya qoladi. Eng kamida qozoq qardoshlardan koʻchiriladi
Lekin original reklamalar ham chiqib turadi. Masalan bugun shu reklamani koʻrib qoldim. Gʻoya ancha chuqur oʻylangan
Rahimov school kreativida nimani tushundingiz?

50🔥35👍12💯4😁3
Italiyada Domino‘s?
Aqldan ozgan Amerikaliklar hikoyasi
Pitsa ovqat emas, balki madaniyat bo‘lgan mamlakatda pitsa tarmoqlarini ochish qanchalik to‘g‘ri?
Italiyada har bir shahar, daha, ko‘cha, hatto oilaning o‘ziga xos xamir retsepti bor. Hatto istalgan italyan hovlisida o‘choqda pishirgan pitsasi milliardlik budjetga ega korporatsiyaning pitsasidan mazaliroq bo‘lgan vaziyatda muvaffaqiyat kutish mumkinmi?
Domino‘s esa shu xatoni qilishga urinib ko‘rgan
Ilk restoran 2015-yilda Milanda ochildi. Keyin Turin, Rim, Bolonya. Rejalar juda katta edi: 2030-yilgacha 880 ta nuqta. Bozorga kirish shiori esa: "Biz Amerika sur’ati, yetkazib berish tezligi va Pineapple Special bilan italyanlar qalbini zabt etamiz"
Natija: atigi 29 ta restoran ochildi. Hammasi yopildi. Franshiza sinib ketdi.
Sabablarni koʻrib chiqamiz
- An’ana bilan raqobatlashish behuda ish. Italyanlar o‘zganing pitsasiga muhtoj emas. Ularda 5 yevroga haqiqiy tarixga ega margarita taklif qiladigan trattoriyalar mavjud.
- Narx ham katta ahamiyatga ega. Domino‘s bu borada ham mag‘lub bo‘ldi - past sifat uchun ko‘proq to‘lashning nima keragi bor?
- Pandemiya so‘nggi zarbani berdi. Mahalliy pitseriyalar tezda yetkazib berishni yo‘lga qo‘yib, amerikaliklardagi oxirgi afzallikni yo‘qqa chiqardi.
Ular Neapolga hatto kira olishmadi. Chunki Neapolda amerikalik bo‘lib pitsa sotish fransuzlar Qashqadaryoda tandir sotishiga o‘xshaydi))
Xulosa: Domino‘s iqtisodiy sabablar tufayli emas, madaniyatni tushunmagani uchun uchun yutqazdi.
Asl nusxa mavjud joyda nusxani sotib bo‘lmaydi.
Ovqat milliylikning qismi bo‘lgan mamlakatga o‘z fast-fudingizni olib kirolmaysiz.
Italiyada pitsa — bu biznes emas. Bu — "e'tiqod"
Domino‘sga esa omad tilaymiz)

👍17😁10🔥2
⚡️ PM bo'lishni istaganlar uchun yaxshi imkoniyat!
"Yosh menejer" loyihasi bilan tanilgan Shiroq Business School PM'lik bo'yicha kurslariga "start" berdi!
Hozirda 3ta kursga qabul davom etmoqda:
1. "Sharqona Loyiha Boshqaruvi" oflayn kursi;
2. PM Foundation onlayn kursi.
3. PM in IT onlayn kursi.
👨💻 Hozirda kurs bitiruvchilari soni 300 nafardan oshdi va 80 foizdan ortig‘i bozorda o‘z o‘nini topdi!
Kursga quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishingiz mumkin:
🔗 Ro'yxatdan o'tish uchun havola
🌐 Shiroq Business School | ☎️ 901206810

🧠 Kurs orqali siz 0 dan boshlab:
- Loyihani to‘liq baholay oladigan;
- Strategik qaror qabul qila oladigan;
- Professional rejalashtiradigan;
- Ijro va jamoani boshqara oladigan;
- Nazorat va tahlil qila oladigan;
qisqacha qilib aytganda berilgan loyihani muvaffaqiyatli yakunlay oladigan PM lavozimida ishlay olasiz!
👨💻 Hozirda kurs bitiruvchilari soni 300 nafardan oshdi va 80 foizdan ortig‘i bozorda o‘z o‘nini topdi!
Kursga quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishingiz mumkin:
🔗 Ro'yxatdan o'tish uchun havola
🌐 Shiroq Business School | ☎️ 901206810
1🔥10👎6
X va H ni bitta qilish kerak
Oxirgi yillarda shu mavzu juda koʻp koʻtarildi va shu haqida hech yozmagan ekanman. Yozay-chi men ham))
Aslida bu muammoni kim koʻtaradi yoki ma’qullaydi? Menimcha, ayni harflarni yozishda qiynaladiganlar. Chunki bu bilan faqat ularga oson boʻladi. Ularning orasida oʻzini “ma’rifatli” deb hisoblaydiganlar ham borligi hayron qoldiradi odamni
Ammo oʻsha “ma’rifatli”larni kuzatib, shunga amin boʻldim:
- ularga ingliz tilidagi “skeptic”soʻzida “c” ham, “k” ham “k” oʻqilishi qiyinchilik tugʻdirmaydi
- rus tilida Ш va Щ ning ahamiyati qanchalik kattaligini biladi
Nafaqat biladi, balki amal ham qiladi
Ulardan “Nega inglizlar C ning yarmini S ga, yarmini K ga boʻlib berib, oʻzini olib tashlamaydi?” deb soʻrasangiz, bu boshqa narsa ekanligini aytishadi))
Oʻzbek tiliga kelganda esa…
Ishonaman, “ma’rifatli” savodsizlarni kimdir eshitsa va X, H bitta qilinsa, keyin Oʻ va U ni, E va I ni bitta qilish tashabbusini olgʻa surishadi
Bu vaziyatda eng toʻgʻri yechim: savodli boʻlishga harakat qilish

5💯52👍20🔥10👎5
Uzum propaganda qilyaptimi?
Avvaliga Magic City’dagi milliy devor foni oldida “qabristanskiy” raqs qo‘ygandi.
Xuddiki, Magic City’ga boradiganlar – shunaqa toifalar yoki qo‘polroq fikrlasa, fonda milliy dizayndagi devorlar tanlangani yana boshqa fikrga olib boryapti.
Oxirgi postida maktabda ham sumka taqilishi, maktabni bitirib ham sumka (kuryer sumka) taqilishi haqida rasm chiqardi.
Bu nima degani? Sizlar o‘qib kim bo‘lardingiz, baribir kuryer bo‘lasizda, deganimi?
Kuryerlik hech qanday ayb emas, lekin bu insonlarni “taqdiring shu” degan propagandaga olib bormasligi kerak.
Yaqinda bir shovinistning o‘zbek (ko‘rinishidan) kuryer akaga xurayotganini ko‘rgandim.
O‘zbeklar mehnatdan qochmaydi. Lekin, yoshlarni kuryerlikka yoxud (baxtli) mardikorlikka targ‘ib qilmaslik tarafdoriman.
Mardikorlik qilishga to‘g‘ri kelsa, tezda qilib, imkon qadar jismoniy mehnat talab qilmaydigan ishga fokusni qaratish kerak.
Oybek Qodirov
Uzum reklama kampaniyalarini “yorib” tashlaganini hech koʻrmadim-da
Doim qandaydir sun’iyga oʻxshab qolaveradi
Yandex kreativiga javobini koʻrsak, u ham xuddi “shakardan qilingan asal”ga oʻxshab qolgan. Tabiiylik yoʻq
Taxminimcha, Uzum'da kreativni tahlil qiladigan haqiqiy oʻzbek yetishmaydi yoki uni hech kim eshitmaydi
@copirayt
👍40🔥18💯10😁6👎2
Всем привет!
Объявление пишу на русском языке, потому что кандидат или мини команда, которого мы ищем, должен хотя бы на базовом уровне владеть русским.
Также обязательно нужно знать узбекский, так как все видео будут на узбекском языке.
Мы ищем мобилографа.
Перед трудоустройством будет одно тестовое задание:
• Мы отправим вам 2 сценария. Нужно снять по ним видео.
• Актёров и локацию вы подбираете самостоятельно. Это могут быть друзья, родственники или знакомые — главное, чтобы они смогли сыграть роль и передать смысл.
• Снимать можно где угодно: дома, в парке, на улице, в чайхане — место не имеет значения.
• Камера тоже не критична: можно снимать на iPhone, необязательно иметь Sony или Fujifilm.
За выполнение тестового задания выплачивается 100 $.
Кого мы возьмём на работу — решим по результатам этого задания.
Работа будет построена так же, как тестовое задание: мы даём сценарий, а от вас ждём готовые видео.
Локации и актёров вы находите сами. Иногда можем использовать наш офис как площадку и сотрудников как актёров — но это максимум 10% случаев, в остальном всё полностью на вашей стороне.
✨ Кто хочет попробовать себя — заполните анкету.
Анкета: https://forms.gle/r2XDM3gXVR33h7EE7
📩 Отправьте своим друзьям-мобилографам, возможно, им будет интересно.

👍6🔥4
Ish nimani cheklaydi?
Agar ishlash bilan bir vaqtda blog yuritsangiz, siz uchun koʻrinmas cheklovlar paydo boʻladi
Xoʻsh, u qanday cheklovlar?
Aslida ish sizga hech qanday cheklov qoʻymaydi, hamma cheklovlar vijdon va farosat doirasida paydo boʻladi.
M: men payme'da ishlagan paytimda Click'ning qaysidir reklama kampaniyasi oʻxshamasa, bu haqida blogimda yozishdan oʻzimni cheklaganman (payme bunga taqiq qoʻymagan boʻlsa ham)
Yoki siz marketing agentligida ishlaysiz. Boshqa agentliklar, agentligingiz mijozi boʻlgan brendlarning raqobatchilari bilan ishlash axloqiy jihatdan notoʻgʻri. Boshqa brendlardan frilans ishlar olish normal.
Brendda ishlasangiz, ish vaqtidan tashqari ham raqobatchilarga ishlash notoʻgʻri. Agentliklar (agentlik mijozi brend raqobatchisi boʻlmasa), boshqa soha brendlari bilan ishlash normal (ish vaqtidan tashqari)
Xullas, hech kim hech narsani cheklamaydi. Hammasini vijdon va oʻzaro hurmat belgilaydi
*bu mening qarashlarim

🔥28💯7👍6
Kopirayting | Yoʻldoshevdan
Всем привет! Объявление пишу на русском языке, потому что кандидат или мини команда, которого мы ищем, должен хотя бы на базовом уровне владеть русским. Также обязательно нужно знать узбекский, так как все видео будут на узбекском языке. Мы ищем мобилографа.…
Hali pichoqqa ilinadigan mobilograf topilmadi
Kimdir mobilograflar yashaydigan mahalla, yig'iladigan choyxona yoki klub manzilini biladimi?

😁28👍1
Hozirgina kun.uz da bir maqolani oʻqib qoldim: Yirik mamlakatlarda erkaklar va ayollarning nisbati
Rossiyada ayollarning ulushi 63% ni tashkil qilar ekan. Ammo muallif negadir
deb yozmoqda
Koʻrib chiqamiz: ayollar ulushi 63% ni tashkil etsa, erkaklar ulushi 37% ni tashkil qiladi (100-63=37)
Agar 63 dan 37 ni ayirsak, 26 qoladi, 13 emas. Rossiyada ayollar erkaklardan 26 % koʻproqdir
Aslida bu ham toʻgʻri emas. Ayni gapni ishlatish uchun 37% erkaklarni 100% deb olinadi va shu asosida ayollarning ulushi hisoblanadi
37 – 100
63 – 170,3
Rossiyada ayollar erkaklardan 170,3 %ga koʻproq
Bu kabi elementar xatolikni nega yozdim?
Mamlakatning yetakchi internet nashrida e’lon statistika boʻyicha maqola muallifi matematikadan bazaviy bilimga ega boʻlishi shart
Kimdir yangi maqola uchun shu manbaga suyansa, xatolik davom etaveradi
@copirayt
Rossiyada ayollarning ulushi 63% ni tashkil qilar ekan. Ammo muallif negadir
Эркак ва аёллар орасидаги энг катта тафовут
Россияда кайд этилган. Бу мамлакатда аёллар
эркаклардан 13 фоизга кўпроқ - 63 фоиз.
deb yozmoqda
Koʻrib chiqamiz: ayollar ulushi 63% ni tashkil etsa, erkaklar ulushi 37% ni tashkil qiladi (100-63=37)
Agar 63 dan 37 ni ayirsak, 26 qoladi, 13 emas. Rossiyada ayollar erkaklardan 26 % koʻproqdir
Aslida bu ham toʻgʻri emas. Ayni gapni ishlatish uchun 37% erkaklarni 100% deb olinadi va shu asosida ayollarning ulushi hisoblanadi
37 – 100
63 – 170,3
Rossiyada ayollar erkaklardan 170,3 %ga koʻproq
Bu kabi elementar xatolikni nega yozdim?
Mamlakatning yetakchi internet nashrida e’lon statistika boʻyicha maqola muallifi matematikadan bazaviy bilimga ega boʻlishi shart
Kimdir yangi maqola uchun shu manbaga suyansa, xatolik davom etaveradi
@copirayt
👍27🔥14😁7💯4👎1
Nega postlar kam?
• IMAN'da kreativ menejer
• Yandex'da kontent boʻyicha menejer (Moskva)
• Feelin'da menejer (Almati)
• frilans…

🔥39👍4💯4