Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
2335 - Telegram Web
Telegram Web
UX Writing deyarli boʻsh
Oʻrgangan, bilgan, loyiha qilgan, kurs qilib sotgan, blog yuritgan — hammasi foydada chiqadi 3-6 oy ichida
😁27👍9
Ajoyib reklama

Bugun “Yunusobod” metro bekatidan chiqishda Yapona Mama'ning reklamasiga koʻzim tushib qoldi

Agar reklamadan Yapona Mama elementlarini olib tashlasak ham Metro xaritasi yoʻlovchilar uchun foydaliligicha qoladi.

Ikkinchi jihat, metrodan chiqqan zahoti Yapona Mama filialini topishingiz dargumon, albatta, ozroq yurish kerak. Bu masofani esa sizning sogʻligingizga bogʻlangani esa haqiqiy “хитрый”lik)))

*men koʻrgan 90-95 % reklamalarda masofa (vaqt, hajm) kabi elementlar kichkina qilib, “Masofa reklamada aytilganindan farq qilishi mumkin. Batafsil: …..uz saytida” deyilgan boʻladi

@copirayt
🔥59👍13
UX Writing bo'yicha kurs bo'lsa, ...
Anonymous Poll
33%
o'qiyman
21%
bu sohada ish topishim qiyin
47%
narx, vaqtimga qarayman
Brendlar insonlar xotirasida qolishga urinishadi. Kundalik hayotning ma'lum bir, ajralmas qismiga aylanishga harakat qilishadi. Ammo ko'p hollarda buni uddalay olishmaydi.

Men televizorda Philips brendining elektr ustarasi reklamasini ko'rdim va menda uni sotib olish istagi paydo bo'ldi. Ertasi kuni hammomga kirdim va eski elektr ustaramni qo'limga oldim. Undagi yozuvlar juda kichkina edi. Ko'zoynagimni taqib, o'qidim: Philips

Odamlar ko'z o'ngida bo'lishni istaysizmi? Ulaar ko'ra, o'qiy oladigan darajada bo'ling
*dizayner bu xunukligini aytishi mumkin, ammo siz qaysi brenddan foydalanishingizni bilmasligingiz undan ham yomon


Gamburg professorining "Direct Marketing (CRM)" mavzusidagi ma'ruzasidan
🔥14👍2
Yoz. Issiiiq. Ovqatlanib kelishga erinib oʻtirgan edim.
Tashqarida issiq shamol yuzga uradi, ko‘chaga chiqishning o‘zi qiyin. Uzum Tezkordan ovqat buyurtma qildim. Oradan biroz o‘tib, kuryer yetib keldi — yuzidan esa koʻcha qanchalik issiq ekani ma’lum edi.
Men muzdekkina uyda, ish stolimda oʻtirgan edim. U esa, issiq havoda yurib, menga taom olib keldi.

O‘sha payt bir narsa tushundim: men oddiy bir tugmani bosib ovqat olaman, lekin orqasida bir insonning mehnati, yurishi, issiqda kurashishi turibdi.
Kuryerlar bizga xizmat qilib, hayotimizni osonlashtiradi. Ba'zida bu oddiy tuyuladi, lekin aslida — bu katta narsa.

Bu holatda koʻpchilik odamlar choypuli qoʻshib berishadi. Men kabi deyarli naqd pul ishlatmaydiganlarga esa Uzum Tezkor orqali choypuli berish mumkinligi yordam beradi.

Aytgancha, Uzum Tezkorda “Kuryer hikoyasi” rubrikasi ishga tushgan. Bu yerda kuryerlar bilan bogʻliq ajoyib voqealarni oʻqib borishingiz mumkin
👍9🔥7😁4
Forwarded from yelvizak
SMM menejerlarga:
Zo'r xorijiy kontent ko'rib qoldingiz va 1:0,7 qilib "chopmoqchisiz" 🪓
Shu kunni o'zida choping. Instagramga saqlab qo'ymang. Boshqa kimdir sizdan oldinroq qiladi, yurasiz "oldinroq qilmadim-da" deb
🔥27😁23💯8👍6
2 xil insonlar

Oʻtgan oyda bir katta loyihada juda koʻp elementar xatolar borligini koʻrib qoldim va shu mazmunda xabar yubordim:
Assalamu alaykum. Loyiha ajoyib, ammo ba’zi joylarida xatolar bor ekan (xatolar roʻyxati va toʻgʻrilangan variant)
Agar keyingi loyihalarni ham ommaga taqdim etishdan avvalroq yuborsangiz, xolis tekshirib beraman.


Javob: Katta rahmat

Natija: keyingi ishlarda ham xatolar davom etaverdi

Ish yuzasidan Oʻzbekistondagi koʻplab TOP menejerlar bilan aloqada boʻlib turaman. Kechagina bir narsani sezib qoldim: professionallar uyalishmaydi. TOP menejerlar imlo, grammatika yoki mahalliylshtirish (adaptatsiya) boʻyicha murojaat qilib turadi va bu ular uchun normal

Birinchi toifa insonlarga esa xato koʻrsatsangiz ham e’tiborga olishmaydi. Oʻylaymanki, bu toifadagi insonlar butun ishga shunaqa yondashadi.

@copirayt
2🔥30💯7👍4
Ayrim savollar

Doim bir narsaga harakat qilaman: nimanidir ozroq boʻlsa ham yaxshilash
Ammo ayrim holatlarda bu oʻxshamaydi

M: oʻtgan kuni bir loyihada ayrim kamchiliklarni koʻrib qoldim. Buni tanish menejerga aytdim.
Javob: albatta, bu xato. Ammo buni toʻgʻrilash anchagina qimmatga tushadi

Shu kabi vaziyatlarda qanday yoʻl tutishni bilmaysan kishi. Agentlikdan mijozning menejeri qabul qilib olgan. Agar xatoni rahbar koʻrib qolsa, kaltak menejerni boshida sinadi.

Agar menejer agentlikdan ishni qayta qilib berishni soʻrasa, muloyim ohangda “Qabul qilib olayotganda tekshirish kerak edi. Poezd oʻtib ketdi” javobini eshitadi.

Sen esa bu haqida kontent qilish kerak yoki yoʻq, bilmay turaverasan…

Oqibatda hamma bir-biriga yasama jilmayib ishni davom ettiraveradi. Koʻchalarimizda esa xato, sifat va saviyasiz reklamalar koʻpayib boraveradi)))

@copirayt
💯22🔥11👍7
Hozirning eng katta muammolaridan biri: #SaveChorvoq

Oxirgi kunlarda Sea Breeze Chorvoq loyihasining qurilishiga olimlar, ekologlar, jamoatchilik faollari, ekofaollarning qarshiligi ortyapti. Buning fonida ayrim blogerlar o'zining ekologiya haqidagi "bilimlari" bilan loyihani qo'llab-quvvatlayotgani ularning darajasini ko'rsatib beryapti.

Turizm, dachalar arzonlashishi kabi yuzaki g'oyalar bilan loiyihani oqlayotganlarni eslab qolish kerak. Chorvoqda ham Orolning taqdiri takrorlanganda ularni topa olmaymiz

*loyihaning bitta foydasi bor: ekologik katastrofadan keyin xalqaro fondlardan Chorvoq uchun ham grantlar olib, "yeb yurish"imiz mumkin

@copirayt
1🔥25💯9👍8
Faqat kopirayting, muharrirlik boʻyicha vakansiya boʻladigan kanal ochilsa, yaxshi yurib ketadi. Yoki faqat dizaynerlar
💯39🔥25👎6👍3
Kim keldi? Kopirayterlar?! O'sha eshikni oldidan joy qilib, o'sha yerdan kuzatib yuboringlar!!

Oxirgi murojaatlarda bir o'xshashlik bor: Ertaga ertalabgacha ulguramizmi?

Loyiha menejerlari, biznes egalari yoki kopirayter bilan ishlaydigan boshqa kishilarga aytmoqchiman: kopiraytingda ham boshqa yo'nalishlar kabi aniq vazifalar bor. Ularni bajarish esa ma'lum bir muddat talab qiladi.

Agar ishingizda kopirayter xizmatigaehtiyoj bo'lsa, ertaroq murojaat qilavering. Shunda narxni eshitib, "Shugina ish shuncha bo'ladimi?!" demaysiz

Kopirayter sifatida har bir mijozga tanlov taqdim etmoqchiman:
- Narx
- Sifat
- Vaqt

Siz yuqoridagilarning faqat 2 tasini tanlashingiz mumkin. Ertaga tushlikkacha, sifatli ish kerakmi? Narxiga ham chidash kerak...

@copirayt
2🔥24👍8💯8😁5
tilmoch.ai degan sayt bor. Ishlatishni sogʻliqqa foydasi katta, asabni asraydi)
💯34😁19🔥6👍4
CV so'rashganida Linkedin profilni yuborish ham mumkin
M: https://www.linkedin.com/in/nurbekyuldoshev/
👍15😁4
Yuqorida Toshkent shahrida qurilish ishlari toʻxtatilgan firmalar roʻyxati

Neymingga maza qildim. Bunaqa nomlar faqat bizda uchrasa kerak. Klassik nomlar. Odatda ish boshida 50-100$ ni qizgʻanib, keyin minglab $ ga rebrending qilishadi. Hujjatlarni qayta qilish ham juda uzoq va mashaqqtli jarayon

Aytmoqchi boʻlganim, perfect, baraka, yangi, gold, strong, fayz, omad, … ota, sity (city emas))), grand soʻzlarini ishlatmasdan ham nom topish, qoʻyish mumkin))

“Aql manbai” MChJga nom uchun alohida sovrin berish kerak )

Manba: davtelovuz

@copirayt
😁39👍4
Oxirgi eng yaxshi keys: Sydney Sweeney bilan American Eagle))
😁20
Frilansda 111 kun

Toʻliq frions rejimda ishlashga oʻtganimga 111 kun boʻldi va bugun bu davr haqida qisqacha yozmoqchiman

+ lar
Vaqtni taqsimlash. Istalgan vaqtda istalgan joyga borish mumkin. Qishloqqa borgim kelsa, borib, bemalol ishlayveraman (ishladim ham)

Ishga kech qolish, kech ketish tushunchalari yoʻq. Xodimlarni kayfiyati sizga ta’sir qilmaydi (m: boshliq kimnidir soʻksa, menga ham yomon ta’sir qiladi)

- lari
Shoshilinch vazifalarni bajarish qiyin. M: qishloqda beda oʻryapman, shoshilinch vazifa chiqib qoladi

Jamoaviy kayfiyatni his qilmaysiz, jo'shqinlik bo'lmaydi.

Xullas, frilans yaxshi ham, yomon ham emas.

@copirayt
🔥30👍7💯1
2025/10/21 12:11:56
Back to Top
HTML Embed Code: