tgoop.com/copirayt/2352
Last Update:
Ish nimani cheklaydi?
Agar ishlash bilan bir vaqtda blog yuritsangiz, siz uchun koʻrinmas cheklovlar paydo boʻladi
Xoʻsh, u qanday cheklovlar?
Aslida ish sizga hech qanday cheklov qoʻymaydi, hamma cheklovlar vijdon va farosat doirasida paydo boʻladi.
M: men payme'da ishlagan paytimda Click'ning qaysidir reklama kampaniyasi oʻxshamasa, bu haqida blogimda yozishdan oʻzimni cheklaganman (payme bunga taqiq qoʻymagan boʻlsa ham)
Yoki siz marketing agentligida ishlaysiz. Boshqa agentliklar, agentligingiz mijozi boʻlgan brendlarning raqobatchilari bilan ishlash axloqiy jihatdan notoʻgʻri. Boshqa brendlardan frilans ishlar olish normal.
Brendda ishlasangiz, ish vaqtidan tashqari ham raqobatchilarga ishlash notoʻgʻri. Agentliklar (agentlik mijozi brend raqobatchisi boʻlmasa), boshqa soha brendlari bilan ishlash normal (ish vaqtidan tashqari)
Xullas, hech kim hech narsani cheklamaydi. Hammasini vijdon va oʻzaro hurmat belgilaydi
*bu mening qarashlarim
@copirayt
BY Kopirayting | Yoʻldoshevdan
Share with your friend now:
tgoop.com/copirayt/2352