Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
Kreativ < Natija

Bitta loyihada target uchun videolarda ozroq yordam beraman. Videoni koʻrgan boshqa bir “ekspert”ning fikrlariga quloq tutamiz:
Videolaringizni bir-ikkitasiga koʻzim tushdi. Ta’sir yoʻq videolarda, ta’sirchan emas. Texnika, trendlarga gap yoʻq. Lekin soʻzga e’tiborli boʻlish kerak. Bu brend darajasidagi videolar emas


Endi natijani koʻrib chiqamiz:
• Roliklarni suratga olish budjeti qisqardi (bitta rolik 3,2x arzonroq olinyapti)
• Lidlar soni 4-5x oshgan
• Yangi mijozlar soni shu oyda eng koʻp boʻldi
• Qayta sotuv 2x dan oshib ketgan

Marketingda ta’sir koʻzyoshlar bilan emas, raqamlar bilan oʻlchanadi.
Kreativ — muammoni nostandart yo‘l bilan hal qiluvchi original g‘oya

Yigʻlatadigan ishlar raqamlarga ta’sir qilmasligi havoga gapirgan bilan teng


*ayrim maslahatlar miyamizdan tilimizga yetib bormasa, juda katta foyda keltiradi
nafaqat o'zimizga


@copirayt
🔥14💯3👍2
UX Writing va AI

Shanba Ipak Yo'li bank UX mutaxassislar uchun nonushta uyushtirdi (jamoaga xodim ovlashning zo'r yo'li). 30 dan ortiq mutaxassislar yig'ildik, fikr almashdik, tanishdik: UX dizaynerlar, tadqiqotchilar, muharrirlar...

Bir narsa e'tiborimni tortdi: 30-35 kishidan 4 kishi UX matnlar yoza oladi, ulardan faqatgina bittasi o'zbek tilida yoza oladi. U esa men)

UX qachon kerak bo'ladi? Raqobatda mahsulotning roli kamayganida. Uzum nimadir taklif qilsa, Yandex undan ko'proq taklif qilyapti. Tez orada aksiyalar, shartlar o'z cho'qqisiga yetadi va UXning navbati keladi. Kim tushunarliroq, qulayroq interfeys taklif qilsa, o'sha yutadi

AI'ga keladigan bo'lsak, u qurol. Avtomat chiqib, kamonchilar qirilib ketmadi. Ular qo'liga avtomat olishdi xolos.

Reklama: 10-noyabrdan Kopirayting PRO kursining darslari boshlanadi. Kursda UX kopirayting ham, AI ham o'rgatiladi

Kurs noldan boshlovchilar uchun MO‘LJALLANMAGAN - matnlar bilan ishlashda asosiy tajribaga ega bo‘lish kerak

Narx va shartlar:

Tariflar
$330 - agar 31-oktyabrgacha to‘lasangiz
$420 - agar 10-noyabrgacha to‘lasangiz
10-noyabrdan keyin qabul yopiladi

Bo‘lib to‘lash
3 oyga bo‘lish mumkin:
- Oyiga $110 (31-oktyabrgacha to‘lansa)
- Oyiga $140 (10-noyabrgacha to‘lansa)

Joy band qilish
3 kun ichida $30 to'lov qilib, $330 lik tarifda xarid qilishingiz mumkin

Murojaat uchun: @copirayter

0 dan boshlovchilar qabul qilinmaydi
😁8👍3🔥3👎2
Soyadagi odam

Shunday atama bor. Ishni kimdir qiladi, rahmatni boshqa eshitadi. Bu insoniylik jihatdan notoʻgʻri, ammo…

Ammo zamonaviy dunyoda doim ham notoʻgʻri emas.

Masalan, kattaroq kompaniyada kopirayterga vazifa topshirildi. Agar u vazifani oʻzi bajara olishiga koʻzi yetmasa, boshqa kuchliroq mutaxassis topadi va ishni qildiradi. Albatta, ma’lum haq evaziga. Bu oʻrinda ishni bajargan kopirayter loyihani portfoliosiga qoʻsha olmaydi xolos

Endi ikkinchi holat: marketing agentligi mijoz uchun nom oʻylab topishi kerak. Birorta frilansdagi namer topadi va vazifani yuboradi

Ikkala misolda ham ishning haqiqiy muallifi soyada qolib ketaveradi, ammo ishi uchun haq oladi

(Генподрядчик и субподрядчик)

Shu kabi holatlar boshqalarda ham uchrab turadimi?

@copirayt
🔥13💯5
Mening kursimda o'qishadi. Men-chi?
O'zim qanday kurslarda o'qiyman?


Jolbors Festival haqida eshitgan boʻlsangiz kerak. MDH davlatlari ichida ancha mashhur. Turli agnetliklar o'zining Jolbors medallari bilan maqtanib turishlarini ham ko'p ko'ramiz. Ammo Jolborsning boshqa tarafi ham bor

Jolbors Festival tashkilotchilari o'z sohasida eng TOP mutaxassislarni yig'ib, Jolbors Education loyihasida kurslar e'lon qiladi. Bu yil 2 ta kurs bor:
Bir haftadan keyin Jolbors Educationni ikkita amaliy kursi boshlanadi: marketing va brendlar bilan ishlash bo‘yicha

1. Marketing SuperHero — bu o'zim o'qiyotgan kurs. Kursda marketingni tizimli tarzda qanday tashkil etishni o‘rgatiladi: strategiyadan boshlab, auditoriya bilan ishlash va bozorni tahlil qilish, brend pozitsiyasini yaratish, byudjet va marketing strategiyasini shakllantirishgacha.

Kimlar uchun?
- brend menejerlar
- middle marketologlar

Kurs 17-noyabrdan boshlanadi (6 kun qoldi)
Batafsil:
https://jolbors.education/marketingsuperhero

2. Brand Understandingda iste’molchilar uchun izchil brend portretini yaratish, brend belgilarini anglash, shuningdek, qaysi brend strategiyasi kuchli va qaysi biri zaif ekanligini tushunish uchun brend strategiyalari bilan ishlashni o‘rganishni istaganlar uchun kurs.

Kimlar uchun?
- senior marketologlar
- brend menejer/strateglar
- inhouse kreativ/dizayn jamoalar

18-noyabrdan boshlanadi
Batafsil:
https://jolbors.education/brandunderstanding

🔴Har ikkala kurs ham rus tilida olib boriladi

Nega aynan bu kursni tanladim?
1. Kursdagi mutaxassislarni shaxsan taniyman va ular kurs ochishini ancha kutgan edim
2. Narxi — 2 xil tarif bor. Bo'lib to'lashni ham imkoni bor, adashmasam. (agar bu kurslarni qimmat desangiz, mads'ni narxlarini ko'ring)))

Ro'yxatdan o'tish: @esreingold

*o'zim bugun oldim

@copirayt
🔥7👍1
Bepul ≠ sifatsiz

*dars yozyapmiz
🔥20👍6👎1
IMANda 3 oy va natijalar

Onlayn frilans hayotidan ofis rejimiga oʻtganimga 3 oy boʻldi. Bugun kompaniyada mengacha boʻlgan va hozirgi holat haqida hisobot yozyapman

Bundan 3 oy avval eski tanishim Mirzo (CMO IMAN) @mirzokodirov, IMAN uchun kreativ menejer kerakligini va meni jamoada koʻrishni istashini aytdi. Shu bilan faoliyatimda yangi sahifa boshlandi

3 oy ichida nimalarni oʻzgartirdik?

📹 Kontent konveyeri
• Videolarni konveyer tizimini ishlab chiqdik (avtomatlashtirish 1-2 haftada tugallanadi)
• Media production topdik va video narxini 3 barobar arzonlashtirdik
• Byudjet kamaytirilganiga qaramay, CTR avvalgi darajada qoldi — sifat pasaymadi

📊 Tahlil va konversiya
@azamatislamgaliev bilan monitoring va tahlil tizimini joriy etdik
• Mahsulotga qarab konversiya 1,1-3,9 barobar oshdi

🏢 Mahsulot va reklama
@karimov_notess bilan ko‘chmas mulk reklamasi konsepsiyasini ishlab chiqdik — BI Sa'do obyekti to‘liq sotildi
@Rustamov_Davronbek bilan ilovaning UX matnlarini optimallashtiryapmiz (jarayon davom etmoqda)
• Saytni yangilayapmiz

📱 SMM
@sevaasnotes bilan kontent-reja va lidlar voronkasini qayta ishlab chiqdik
• Bitta video +6 ming obunachi keltirdi

Muhim jihat: ushbu vazifalarning 60-70 foizi CMOning mehnat ta’tili paytida, uning onlayn ko‘magida bajarildi.

Xulosa: Kreativda koʻrishlar emas, balki CTR, konversiya va ROI muhim. Biz aynan shu ko‘rsatkichlarga e’tibor qaratamiz.

Uch oy ichida jamoa tez, samarali va o‘lchovli ishlay olishini isbotladi. Oldinga qarab harakat qilishni davom ettiramiz.

🔂@copirayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥19👍13😁1
Kopirayting | Yoʻldoshevdan
Mening kursimda o'qishadi. Men-chi? O'zim qanday kurslarda o'qiyman? Jolbors Festival haqida eshitgan boʻlsangiz kerak. MDH davlatlari ichida ancha mashhur. Turli agnetliklar o'zining Jolbors medallari bilan maqtanib turishlarini ham ko'p ko'ramiz. Ammo Jolborsning…
Jolbors qabuli tugashiga 3 kun qoldi

Aynan shu mutaxassislar qachon yana kurs oʻtishini bilmadim

Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Rossiyaning TOP mutaxassislaridan marketing kursi

Marketing SuperHero
- brend menejerlar
- middle marketologlar uchun kurs (oʻzim ham oldim)

Batafsil:
https://jolbors.education/marketingsuperhero

Brand Understanding
- senior marketologlar
- brend menejer/strateglar
- inhouse kreativ/dizayn jamoalar uchun maxsus kurs

Batafsil:
https://jolbors.education/brandunderstanding

Atigi 3 kun qoldi
. Bu kursda
- xalqaro tajriba
- kuchli mentorlar
- networking orttirasiz

Roʻyxatdan oʻtish uchun: @esreingold

Marketing, Brendingni oʻrganishni, tajribasini oshirmoqchi boʻlganlarga yuborib qoʻying
🔥3👍1
Marketingda keyslar

Nima uchun marketing keyslarini kuzatib borish kerak? Chunki sizing brendingizga oʻsha keysmi moslash va yaxshi natijaga erishish mumkin

Masalan: Tompson maktabi keysi

Bu ayni shunga oʻxshash ishni ancha avval Najot Ta’limda koʻrganmiz

@topkeys_uz shu kanalda esa marketingdagi eng yaxshi keyslar bilan tanishib borishingiz mumkin
🔥5👎1
Doniyorbek kanalida ajoyib post qoʻyibdi

Yuqoridagi fikrlarga toʻliq qoʻshilaman. Mashina haydamagan odam sizga haydashni oʻrgata olmaydi. Hozirgi yangi texnoligiyalar tufayli haydamagan emas, haydamayotgan odam oʻrgata olmaydi. Chunki 2-3 yil hayotimizga kirib kelgan AI koʻp narsani ostin-ustun qilib yubordi

Men ham kurs oʻtyapman, shu sababdan ishlayotgan loyihalarimni ham bildirib qoʻysam, toʻgʻri boʻladi

1. IMAN Holding — kreativ menejer. Kontent va reklama kampaniyalariga javob beraman (jamoa bilan hamkorlikda)
*haftasiga 40 soat

2. Yandex (Moskva, bosh ofis) — kontent muharriri. Kampaniyalar, UX, hujjatlar, media qismida oʻzbek ekspertizasi
*haftasiga 10 soat

3. Feelin (Olma-Ota) — oʻzbek tilidagi kontent muharriri
*haftasiga 10 soat

4. HGT — UX muharrir. Kommunal uchun eng qulay ilovani yanada qulay qilyapmiz

Safia, SEED, tutu.ru va boshqa loyihalar ham bor
👍16🔥10💯6😁2
Tez orada Toshkent havosini qoʻl bilan ushlab koʻrish mumkin boʻladi…

*avval nafas olish va piyoda yurish bepul edi. Endi faqat piyoda yurish
💯26😁19🔥3👎2
Jolbors Edu'da Marketing SuperHero kursi

Bilimlardan tashqari O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'izistondan yangi tanishlar orttiryapman
🔥18👍6
Kim bo'lib ishlaysiz?

Ehtimol, siz mexaniksiz va bankir bo'lishni orzu qilasiz. Yoki ofis hayotidan to'yib, dalada qo'y boqishni istarsiz...

Ishoning, bu shunchaki xomxayol. Chunki hamma ishning o'ziga yarasha qiyinchiligi, mashaqqati bor. Masalan, men qo'y boqib ko'rganman, 1-2 kun uchun bu yaxshi. Ammo doimiy ravishda shug'ullanish qiyin: yomg'irda, qorda, saratonda...

Kopirayterlik ham xuddi shu. Har yerni qilma orzu, Har yerda bor tosh-u tarozi.


Rasmda:
- ☕️ Baristalar dasturchi bo‘lish uchun kodlash kurslarida o‘qishmoqda...
- 💻 Dasturchilar esa kafe ochib, barista bo‘lishni orzu qilishmoqda...

@copirayt
🔥15😁2
Connected.uz degan platforma bor

O'zingizga kerakli sohada konsultatsiya olishingiz mumkin. Professionallardan maslahatlar olishning juda zo'r usuli ekan

Agar kimgadir kopirayting bo'yich konsultatsiya kerak bo'lsa: https://connected.uz/x/NurbekYuldoshev
🔥18
Bunga erishish oson boʻlmadi

Injiq odamligimni hisobga olsak, hozirgacha birorta treker yoqmagan. Jira judayam katta jamoalar uchun. Notion judayam batafsil. Trello juda oddiy…

Kecha marketingda yana shu mavzu koʻtarilgandan soʻng, CMO Todoistni tavsiya qildi.

2 soatda toʻliq sozlab oldim. Interfeys juda qulay, kalendar, bildirishnomalar, Google Calendar/Outlook bilan integratsiya juda tez

Xullas, tavsiya qilaman. Nomi: Todoist

@copirayt
🔥11
ORALIQ №1.pdf
418.3 KB
Tayyor biznes yechimlar

Xabaringiz bor, kopirayting bo'yicha kurs o'taman. Yuqoridagi faylda 6 ta biznes uchun vazfa berilgan.

Bugun uyga vazifalarni tekshirdim. 10/10 bajarilgan, bemalol biznes maqsadlarda ishlatsa bo'ladi

Sizga
- sartaroshxona
- IT kurslar
- qandolatchilik uyi
- fitnes zal
- sog'lom ovqatlar
- stomtologiya klinikasi uchun tayyor yechimlar kerak bo'lsa, bemalol murojaat qilavering

Murojaat uchun: @nurbek_copy
1🔥12💯7👍3😁1
Shtativ, DJI mic 2, DJI Osmo 7P, iPhone 15Pro, Macbook Air M2 bor

Dushanba kuni YouTube’ga video joylayman. Hozirgacha qilgan eng katta xatoyim haqida

Joylamasam, oʻsha xatoni takrorlagan boʻlaman
1🔥20😁9
Kiyim sotadigan tarmoqlar: Just, Terra Pro, Selfie va boshqalar AI'dan foydalanishi kerak.

G'oya - rasmingiz, bo'y va boshqa parametrlarni yuklaysiz. Hayot tarzingiz (ish, sport, klassik) ni tanlaysiz. AI sizga kiyim tanlab beradi yoki tanlagan kiyimingiz egningizda qanday turishini ko'rsatib beradi

Yoki start-up qilib, marketpleyslar, do'konlar bilan hamkorlik qilish mumkin
🔥28👍4😁1
Bozormizdagi sepini yig'ib o'tirgan brendlar

O‘zbek biznesini kuzatib bir qiziq o‘xshatish xayolga keldi. Bizdagi ko‘pchilik IT loyihalar, striming servislar yoki to‘lov tizimlari xuddi sovchilarini kutayotgan, iffatli va iboli qizlarga o‘xshaydi. Hammasi chiroyli kiyingan, pardoz-andoz joyida, logotiplar yaltiragan, lekin maqsadi bitta. Tezroq birorta chet ellik "oq otli shahzoda" kelib, bularni o‘z nikohiga olsa.
E’tibor berganmisiz, bizda "Dunyoni egallayman" degan ambitsiya bilan emas, balki "Tezroq ko‘tarilib olsam, keyin kattaroq o‘yinchiga sotilib ketaman" degan strategiya bilan ishlaydiganlar ko‘payib qoldi.

Taksi bozori misoli
Masalan, taksi bozorimizni olaylik. O‘zimizning mahalliy "qizlar" ko‘p edi, lekin Yandex degan "boyvachcha kuyov" keldi-yu, hammasini bitta qilib o‘z nikoxiga qo‘shib oldi. Hozir endi injiqlik qilsa ham, narxni oshirsa ham chidaymiz, chunki boshqa "shahzoda" yo‘q.

Fintech va banklar
To‘lov tizimlarimiz ham xuddi shunday. Payme allaqachon gruziyalik kuyov bilan baxtli hayot kechirmoqda. Boshqalar ham Qozog‘istondan Kaspi degan sovchi kelarmikin yoki Yevropadan biror bankir amaki kelarmikin deb eshikka termulib o‘tiribdi.

Striming
Tepadagi gapimni siyohi qurimasdan turib yana bir to‘y xabari chiqdi. O‘zimizning kamtargina, sepini yig‘ib, seriallarini taxlab, uyda o‘tirgan Allplay degan qizimiz ham nihoyat o‘z baxtini topdi. Kuyov o‘sha hammamiz taniydigan, mahallaning eng boy va bezori yigiti - Yandex!
Buni qarangki, Yandex xuddi "Muhtasham yuz yil"dagi Sulton Sulaymonga o‘xshab qoldi. Taksi degan xotini bor edi, ovqat tashiydiganini oldi, endi navbat ko‘ngilxushlik va kino ko‘rsatadigan kanizakka kelgandi. Allplay esa uzoq noz qilmadi, sovchilar kelishi bilan rozi bo‘ldi-qo‘ydi.

Bu narsa aslida yomon emas, bu biznes, bu exit strategiya deyiladi. Lekin odamga alam qiladigan joyi shundaki, nega biz faqat kelin rolida bo‘lishimiz kerak?

Qachon bizdan ham "oq otli shahzodalar" chiqib, qo‘shni davlatlarning bozorini "o‘g‘irlab ketishga" boradi?

Balki bizga sadoqatli rafiqa emas, shunchaki qimmatbaho mahri to‘lansa bo‘ldi, ketaveradigan mentalitet singib qolgandir?

Nima deysiz, bizda o‘zi global bozorga chiqib, boshqalarni sotib oladigan "yirtqich" brend paydo bo‘ladimi yoki hammasi sekin-asta xorijliklarga turmushga chiqib ketadimi?

@scaleupuz
🔥28👍12😁4💯4
2025/12/11 23:57:06
Back to Top
HTML Embed Code: