tgoop.com/copirayt/2322
Last Update:
Ayrim savollar
Doim bir narsaga harakat qilaman: nimanidir ozroq boʻlsa ham yaxshilash
Ammo ayrim holatlarda bu oʻxshamaydi
M: oʻtgan kuni bir loyihada ayrim kamchiliklarni koʻrib qoldim. Buni tanish menejerga aytdim.
Javob: albatta, bu xato. Ammo buni toʻgʻrilash anchagina qimmatga tushadi
Shu kabi vaziyatlarda qanday yoʻl tutishni bilmaysan kishi. Agentlikdan mijozning menejeri qabul qilib olgan. Agar xatoni rahbar koʻrib qolsa, kaltak menejerni boshida sinadi.
Agar menejer agentlikdan ishni qayta qilib berishni soʻrasa, muloyim ohangda “Qabul qilib olayotganda tekshirish kerak edi. Poezd oʻtib ketdi” javobini eshitadi.
Sen esa bu haqida kontent qilish kerak yoki yoʻq, bilmay turaverasan…
Oqibatda hamma bir-biriga yasama jilmayib ishni davom ettiraveradi. Koʻchalarimizda esa xato, sifat va saviyasiz reklamalar koʻpayib boraveradi)))
@copirayt
BY Kopirayting | Yoʻldoshevdan
Share with your friend now:
tgoop.com/copirayt/2322