tgoop.com/copirayt/2286
Last Update:
Telegram kanal olaman. 120 mingga Telegram Premium…
Eng keng tarqalgan “kissavurlik” aynan shu xabar bilan sizni oʻziga tortadi. Xoʻsh, sxema qanday ishlaydi?
Shartli “Kamol Rasulov” yozadi: Telegram Premium sotaman. Siz xarid qilmoqchi boʻlasiz, pul tashlab berasiz. Ammo hammasi bekor ketadi. Premium ololmaysiz va bloklanasiz
Aslida “Kamolboy”ning Telegram kanallardan nimadir sotib olgisi kelib qoladi. Sotuvchining karta raqamini olib, pul izlashga tushadi. Pulni yuqorida aytilgandek sizdan sotuvchiga tashlatadi. Keyin tovarni dostavka qildirib oladi.
Siz esa karta egasini izlaysiz. Karta egasi ham Kamolni tanimaydi.
Kanallar nega sotib olinadi?
Kanal 30-50 mingga sotib olinib, 100 mingga sun’iy obunachilarni qoʻshiladi. Keyin sizga 400-500 mingga sotiladi.
Eski kanal/guruh, obunachilari koʻp. Shubha uygʻotmaydi
Eslatma: shaxsan tanimaydigan kishingizga pul oʻtkazmang
*soqqani halol yoʻl bilan bosaveringlar)
@copirayt
BY Kopirayting | Yoʻldoshevdan

Share with your friend now:
tgoop.com/copirayt/2286