tgoop.com/copirayt/2263
Create:
Last Update:
Last Update:
UX Writing — UX/UI dizaynerlar uchun ahamiyatsiz, ammo eng muhim ko‘nikmalardan biri
Vizual dizayn, shubhasiz, hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lsa-da, u muammoning faqat bir qismidir. Foydalanuvchi bilan o‘zaro muloqoqtning mazmunli va esda qolarlibo‘lishida so‘zlar ham muhim rol o‘ynaydi. Muhimligiga qaramay, UX Writing ko‘pincha e’tibordan chetda qolib, munosib baholanmaydi.
UX Writing shunchaki ikkinchi darajali vazifa emas, balki raqamli mahsulotlar va xizmatlarning muvaffaqiyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan muhim ko‘nikmadir.
UX Writing vazifasi
Mohiyatan, UX Writing — bu raqamli mahsulotdan foydalanish jarayonida foydalanuvchilarni yo‘naltiruvchi va ma’lumot beruvchi qisqa, aniq va foydalanuvchiga yo‘naltirilgan kontent yaratish san’atidir.
UX Writing tugmalardagi yozuvlar, xatoliklar haqidagi xabarlar, onboardinglardagi ko‘rsatmalar va foydalanuvchining interfeys bilan o‘zaro ta’sirining umumiy tajribasiga hissa qo‘shadigan boshqa matn elementlari kabi mikromatnlarni yaratishni o‘z ichiga oladi.
Samarali UX Writing foydalanuvchilar bilan muloqot qilish, ularning ishtirokini ta’minlash va intuitiv tushunarli o‘zaro ta’sirlarni yaratishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bu odamlarga raqamli interfeyslarda oson harakatlanishga yordam beradigan "ko‘rinmas qo‘llanma"dir.
E’tiborga olinmaydigan, lekin muhim
O‘zining ahamiyatiga qaramay, UX Writing ko‘pincha e’tibordan chetda qoladi va munosib baholanmaydi. Bu manfaatdor tomonlarning yetarlicha xabardor emasligi va yaxshi tuzilgan matnning o‘zaro ta’sir tajribasiga ta’sirini to‘liq tushunmasliklari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Ko‘plab tadqiqotlar va misollar UX Writingning foydalanuvchilar tasavvurlari va harakatlarini shakllantirishdagi asosiy rolini ko‘rsatadi. Ishonchli chaqiriq yoki foydali xato xabari bo‘lsin, to‘g‘ri tanlangan so‘zlar foydalanuvchi tajribasini yaxshilashi yoki buzishi mumkin.
Lekin nega...?
UX Writingga e’tiborsizlikning sabablaridan biri dizayn faqat vizual estetika degan keng tarqalgan noto‘g‘ri tushunchadir. Garchi vizual dizayn, shubhasiz, dizaynni belgilasa-da, u muammoning bir qismidir. Matn foydalanuvchi bilan o‘zaro ta’sirning ahamiyatli va esda qolarli tajribasini yaratish uchun ham muhimdir.
Bundan tashqari, UX matnlarini yaratishning nozik va murakkabligi ko‘pincha ularni yetarlicha baholamaslikka olib keladi. So‘zlarning ta’sirini vizual elementlar yoki o‘lchanadigan ko‘rsatkichlar bilan solishtirganda tushunish qiyin bo‘lishi mumkin. Biroq, aynan matnning his-tuyg‘ularni uyg‘otish, xatti-harakatlarni boshqarish va foydalanuvchilar bilan aloqa o‘rnatish qobiliyati UX Writingni shunchalik qimmatli qiladi.
Davomi bor...
@copirayt
BY Kopirayting | Yoʻldoshevdan
Share with your friend now:
tgoop.com/copirayt/2263