tgoop.com/copirayt/2033
Last Update:
Senior bo'lish uchun talablar
Hamma shunaqa deydi: Kuchli mutaxassis bo'lsang, ish seni izlaydi. Ammo kuchlilarga qo'yiladigan talablar ham anchagina...
Bu talablar barchamizga yod bo'lib ketgan: til bilish, kompyuter ko'nikmalari, kreativlik...
Bularning qay biri muhimroq?
Keling, seniorlikka qarab yo'l xaritasini tuzamiz
1. Til o'rganing
Bor e'tiborni til o'rganishga qaratmasdan, sekin, ammo davomli tarzda til o'rganing. Til o'rganishda filmlar ko'ring, yengilroq kitoblar o'qing, she'rlar yodlang.
2. Soha bo'yicha bilimlar
3 ta quyonni 8 ta o'q bilan urishni istamasangiz, til o'rganishda marketing haqida filmlar ko'ring. Shunda o'q va vaqt tejaladi
*quyonlarni tejash shart emas
3. HH va Linkedin
Bu 2 platformada albatta bo'lishingiz kerak. Linkedin'da "katta bola"larga do'stlik yuboring, izohlar yozing. Sigiringiz egiz tug'sa ham ulashib boring. HH'ni esa to'ldirib qo'ying (to'liq to'ldirib qo'ying)
4. Qo'shimcha bilimlar
UX/UI ni bazaviy darajada o'rganib qo'ying, dizaynni ham. Oz-oz montajni ham o'rganing.
*Kopirayter eng kamida Figma'da ishlay olishi kerak
5. Blog yuritish
O'qituvchi dars o'tib o'rganganidek, siz ham blog yuriting. Tarjimalar va tajribalarni ulashib boring.
Bu 5 ta bosqichni 5 oyga bo'ling. 1-bosqichni 1-oktabrdan boshlang, 1-noyabrdan 2-bosqichni qo'shing va hokazo
6. Resursni to'g'ri ishlating.
YouTube'da Million, mittivayn, mol bozor, moshina bozor, ko'pkari, ko'k jiguli, masonlar, Kaniza, o'rmonda uy quradigan 2 ta malayziyalik odamcha, Ronalduni gollarini ko'rib o'tirmang
Bu bosqichni hozirdan boshlash mumkin.
Keyingi mavzu nima haqida bo'lishini istaysiz?

