tgoop.com/boburjon_mavlonov/1179
Last Update:
Bugun Samarqandda yarim marafon yugurdim
Mehmonxonamiz start joyidan uzoqroqda (6km) bo'lgani va yo'llar yopiqligi uchun ertalab startgacha yugurib kelishga majbur bo'ldik. Ertalab soat 7:10. Havo harorati 2-3 daraja. Start boshlandi. Boshidagi 10km ni 1:59 pacemakerlar bilan yugurdim. Ular 5:40 temp bilan yugurishi kerak edi lekin 10-km dan keyin o'rtacha temp 5:25 edi.
Keyin tezlashdim. Taxminan 5:20-5:10 atrofida. Balandliklar juda qiynadi. Startdan avval, 8-kmda va 13km larda gel yedim. Reja bo'yicha 18-km da ham yeyishim kerak edi. Lekin negadir yegim kemadi. Shu xato bo'lgan ekan. 18-km dan keyin tanam yugurishni istamay qoldi. Lekin bir amallab yugurdim.
Finishgacha 500m faqat balandlik edi. Eng qiyini shu bo'ldi. Piyoda yursammikin deb o'yladim. Lekin ich-ichimdan kuch topdim. Oyoqlarim bilan emas, ruhiyat bilan yugurayotgan edim.
Payshanba kuni mazam bo'lmagani holatimga ta'sir qildi.
Finish. 1 soat, 53 daqiqa, 58 soniya. O'rtacha temp: 5:22. O'rtacha yurak urishi daqiqasiga 181.
Startdan oldin maqsadim 1:55 va 2 soat oralig'ida tugatish edi. Lekin o'z kuchimga past baho bergan ekanman. O'ylaganimdan ham ortig'i bo'ldi. Alhamdulillah. O'zimdan ko'nglim to'ldi.
Endigi maqsad bahorda Toshkent marafonida yarim marafonni 1 soat 40 minutdan tezroq yugurish. Inshaalloh, unga ham erishamiz.
BY Bobur Mavlonov | Blog
Share with your friend now:
tgoop.com/boburjon_mavlonov/1179
