Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
Bobur Mavlonov | Blog
Bu hafta oxirida uzoq kutgan smart bike trainer'im keldi. Sinab ko'rdim. Hozircha taassurotlar yaxshi. Birinchi bo'lib FTP (functional threshold power) test qilib ko'rdim. Bu velosipedchi bir soat davomida ushlab tura oladigan taxminiy kuch miqdori va vatt…
Musobaqaga tayyorlanishda pala-partish shug'ullanish emas, aniq bir reja bilan tayyorgarlik ko'rish natijaga juda katta ta'sir qiladi.

Bir necha kundan beri ChatGPT yordamida keyingi yil sentabrgacha tayyorgarlik rejasini qilib chiqdik. Maqsad FTP ni 240W larga olib chiqish. Samarkand Challenge'dagi marshrutni 2 yarim soatdan tezroq bosib o'tish uchun taxminan shunaqa FTP kerak bo'larkan.

ChatGPT da alohida proyekt ochib unga o'zim va velosiped haydashdagi barcha ko'rsatkichlarimni yubordim va murabbiylikka tayyorladim. Samarqand Marafondan keyin asta-sekin tayyorgarlikni boshlaymiz. Kecha 1-hafta uchun quyidagi rejani tuzib oldik.

Ko'ramiz sun'iy idrok bunda qanchalik munosib yordamchi bo'la olarkan.
🔥81
Bitta zo'r o'yin topib oldim. Vebsaytiga qarab qaysi loyiha ko'proq pul ishlab topishini aniqlashingiz kerak bo'ladi.

Startapchilar va investitsiyalarga qiziqadiganlar uchun zo'r o'yin ekan

https://trustmrr.com/game
1
Vaybkodingchilar AI chatbot yasashganida
🤣5
Abdulloh birodarimiz Qahvaro brendi ostida asal savdosini yo’lga qo’yibdilar. Bugun buyurta qilib ko’rgandim. Juda zo’r chiqdi. Narxlari ham qimmat emas.

Asal kerak bo’lsa aloqaga chiqaverasizlar. Toshkent bo’ylab yetkazib berishadi. Murojaat uchun: @abdullohberdikulov
🔥4
AQSH da birinchi uyini sotib olayotganlarning o'rtacha yoshi 40 ekan.
🔥2
Bugun Samarqandda yarim marafon yugurdim

Mehmonxonamiz start joyidan uzoqroqda (6km) bo'lgani va yo'llar yopiqligi uchun ertalab startgacha yugurib kelishga majbur bo'ldik. Ertalab soat 7:10. Havo harorati 2-3 daraja. Start boshlandi. Boshidagi 10km ni 1:59 pacemakerlar bilan yugurdim. Ular 5:40 temp bilan yugurishi kerak edi lekin 10-km dan keyin o'rtacha temp 5:25 edi.

Keyin tezlashdim. Taxminan 5:20-5:10 atrofida. Balandliklar juda qiynadi. Startdan avval, 8-kmda va 13km larda gel yedim. Reja bo'yicha 18-km da ham yeyishim kerak edi. Lekin negadir yegim kemadi. Shu xato bo'lgan ekan. 18-km dan keyin tanam yugurishni istamay qoldi. Lekin bir amallab yugurdim.

Finishgacha 500m faqat balandlik edi. Eng qiyini shu bo'ldi. Piyoda yursammikin deb o'yladim. Lekin ich-ichimdan kuch topdim. Oyoqlarim bilan emas, ruhiyat bilan yugurayotgan edim.

Payshanba kuni mazam bo'lmagani holatimga ta'sir qildi.

Finish. 1 soat, 53 daqiqa, 58 soniya. O'rtacha temp: 5:22. O'rtacha yurak urishi daqiqasiga 181.

Startdan oldin maqsadim 1:55 va 2 soat oralig'ida tugatish edi. Lekin o'z kuchimga past baho bergan ekanman. O'ylaganimdan ham ortig'i bo'ldi. Alhamdulillah. O'zimdan ko'nglim to'ldi.

Endigi maqsad bahorda Toshkent marafonida yarim marafonni 1 soat 40 minutdan tezroq yugurish. Inshaalloh, unga ham erishamiz.
🔥13👍6
Aprelda Toshkentda yarim marafonni 2 soat 18 minutda yugurgan edim. 28 daraja issiq ostida, o'rtacha 171 yurak urishi bilan.

Samarqandda bu natija 25 daqiqaga yaxshilandi. Bu taxminan 17% progress degani. Kamiga Samarqandda 181 yurak urishini 2 soatga yaqin vaqt ushlab turoldim. Bu yurak qon-tomir tizimi yanada yaxshilanganini ko'rsatadi.
🔥10
O'tgan hafta chatgpt dan foydalangan holda yugurish va velosport uchun haftalik tuzilgan mashg'ulot rejasi bilan shug'ullanib ko'rdim. Hafta oxirida natijalarni va o'z izohlarimni qo'shib yubordim. Yaxshi analiz qildi va bu hafta uchun ham reja tuzib berdi.

AI bilan shug'ullanishga juda skeptik qaraymanu lekin to'g'ri berilgan kontekst bilan hozircha yaxshi ishlayapti. Bu eksperiment. Ko'raylikni bahorda natija qanaqa bo'larkin.
Bitta zo'r startap g'oya bilan sog'liqni saqlash vazirligiga borgandim rad qilishdi. Adolat yo'q bu dunyoda
Odam bitta buyrak bilan ham yashay oladi deyishadiku…
🤣18
Indoor velo trenajorda shug'ullanishni boshlaganimdan keyin tushunib yetgan narsam: velosipedda hali ancha kuchsiz ekanman. Negadir triatlonda eng kuchli jihatim velosiped deb yurardim.

This shit humbled me 😁
🤣1
Toshkentda havo sifati yomonligining ta'siri endi bilinyapti.

Bu hafta uyqu soatlarim yaxshi bo'lishiga qaramay uyqu sifatim odatdagidan tushib ketgan.

Resting HR (sokin yurak urishi) ham odatdagidan (±50) dan ko'tarilib 60 dan oshib ketyapti

HRV (yurak urishlari orasidagi vaqtning o‘zgaruvchanligi) ham normadan tushib ketgan. Bu yurak xotirjam urmayotganini ko'rsatadi.

Odatda bunday ko'rsatkichlar overtrain (ortiqcha shug'ullanish) sababli bo'ladi lekin mashg'ulotlarim intensivligi unaqa darajada ortib ketgani yo'q. Hammasi nazorat ostida. Bu hafta hatto kamaytirdim ham.

Uyda havo tozalagich bor (havo tozalash yoki tozalamasligini aniqmas lekin). U ham yordam berolmayapti.

Allohim, tezroq yomg'ir yog'dir yurtimizga. Bu balodan o'zing asra.
🔥95👍1
Haftasiga 4 kun yugurish, 3 kun velosiped mashg'ulotlari qilayotgan edim. Ya'ni haftaning har kunida mashg'ulot bor.

Suzish va kuch mashg'ulotlari qolib ketayotgandi. Qaysidir kuni 2 ta mashg'ulot qilish unchalik ham to'g'ri emas (o'zimga vaqt qolmaydi).

Shunga yugurish mashg'ulotlarini haftasiga 3 taga tushirmoqchiman. Ya'ni dushanba kungi yugurish bekor bo'ladi va o'rnini suzish egallaydi. Yana bir suzish mashg'ulotini shanba kungi long run'dan keyinga qo'yaman.

Endi kuch mashg'ulotlarini qayerga qo'yishni hal qilishim kerak.

Velosiped mashg'ulotlarini kamaytira olmayman. Chunki triatlonda bu distiplina eng uzoq davom etadigani va mening eng kuchsiz jihatim hozircha.
🔥4
Chet davlatlarga Chimkent orqali uchish Toshkentdan uchishdan ancha arzonroq va tezroq ekan
🔥6
Basseynga boradigan o’ris kampirlarga kim aytgan basseynga borishdan oldin guppillatib atir (yana yoqimsiz hidlisidan) sepib borish kerak deb? Odamni ko’nglini aynitvoradiye.
🤣8
2025/12/07 12:53:41
Back to Top
HTML Embed Code: