tgoop.com/blogger_Abdullayev/5587
Create:
Last Update:
Last Update:
Суд ва Халқ банкининг Чирчиқ шаҳар филиали устидан келган мурожаат таҳрирсиз эълон қилинмоқда.
"Yana bir masalada yordam bera olasizmi?
2020 yil sobiq turmush o'rtog'imni nomiga xarbiy qismdan xarbiy xizmatchilarning oila a'zolariga deb 20 yil muddatga ipoteka krediti asosida Saodat 42 domdan 2 xonali zonadon berilgandi.
2023 yil yanvar oyida sobiq erimni xizmat shartnomasini bekor qilishib ishdan bo'shatishgan.
Shu muddatdan boshlab 2025 yil iyun oyigacha kredit to'lovini bank hodimlari meni ishontirib,kelgusida uymeni nomimda qolishini aytib kredit to'lovini mendan talab qilishgan.
2024 yil noyabr oyida sobiq turmush o'rtog'im bilan qonuniy ajrim bo'ldi va sudda mol mulk masalasi bo'yicha sudyaga vaziyatni tushuntirganman,lekin sud qarorida faqat farzandlarim men bilan qolishi yozilgan,uy masalasi kiritilmagan.
Hozirda sobiq erim uy uni nomida ekanligini aytib uydan chiqib ketmaganligidan va men 2 farzandim bilan boradigan joyim yo'qligi sababli men ham uydan ketmasdan yashayapmiz.
Lekin alohida honalarda yashimiz.
Doimiy nizolar va kelishmoqvchiliklar sababli joriy yil iyun oyidan boshlab uy kreditini to'lamayapman.
Bank hodimlari 3 oy davomida talabnoma yuvorishdi.
Men alimentdan voz kechishim va buni evaziga uyni meni nomimga perechisleniya qilib berishini aytib kelishimga kemoqchi edim,afsus sobiq turmush o'rtog'im bunga rozi bo'lmayapti.
Bank hodimlari doimiy ravishda uy kredit to'lovini mendan talab qilib kelishdi,qarzdorning hozirda ishsiz ekanligini va men ham shu uyda yashayotganligimni vaj qilib ko'rsatishardi.
Men ham farzandlarim uchun berilgan uyni yo'qotmaslik uchun kreditni to'lab,kommunal xizmatlarini ham uzluksiz to'lab kelyapman.
2 kun avval bank yiristi Elyor va 2 xodimi kech soat taxminan 19:30 atrofida uyga kelib,meni uyda yo'qligim sababli menga qo'ng'iroq qilishdi.
Bank yuristi Elyor menga:
Uyni kalitini topshirin,sizi uydan chiqazvorishimiz kerak,uyni bo'shatin- deb do'q po'pisa qildi.
Men ularga :
Sud hal qiluv qarorisiz,hech qanday hujjatlarsiz meni va farzandlarimni uydan haydashga haqqilari yo'qligini,ayniqsa bank hodimlarini bunga vakolati yo'qligini,uchastka noziri yoki MIB ijrochilari sud qarori yoki yetarli asos bilan chiqarishga haqli ekanini aytdim.
Kecha ya'ni 10.10 25 yilda Toshkent viloyati Chirchiq shahri Xalq banki filiali boshlig'iga uchrashdim.
Ular ham meni eshtgisi kelmasdan kreditni to'lashimni,aks holda ish sudga oshirilishini va uy auksionga chiqishini aytdi.
Sudga meni ham qatnashishga haqli ekanimni,bank hodimlari doimiy ravishda to'lovni mendan so'raganlarida men ham ularni aytganini qilib kelganligimni aytganimda,
Bank boshlig'i sudda meni qatnashishga haqqim yo'qligini sud faqatgina qarzdor va bank o'rtasida bo'lishini aytyabdi.
Unda nima uchun mendan kredit to'lovini talab qigansila,maniyam 50 foiz haqqim borku uyda,2 ta voyaga yetmagan farzandlarim bilan ko'chada qolmaslik uchun harakat qildim,sobiq turmush o'rtog'im bilan kelisholmadik,balki sudda men ham fikrimni bildirsam sudya adolatli qaror chiqarib berar dedim.
Lekin meni bu harakatlarimni inobatga olmasdan bank hodimlari ham,bank boshlig'i ham sudga qatnashishimga qarshi chiqishyapti.
Endi qayerga murojaat qilsam bo'ladi,bank hodimlarini sud qarorisiz meni va 2 ta voyaga yetmagan farzandlarimni uydan haydashga haqlari bormi?
Bank hodimlari to'lovlarni mendan talab qilishgani,bank yuristini menga qo'ng'iroq qilib uydan haydamoqchi bo'lgan suxbati audio yozuvlari bor.
Bundan tashqari qilgan to'lovlarimning va uy sug'urtasiga qilgan to'lovimning cheklari bor.
Shu masalada yordam bera olasizmi?"
Ушбу мурожаат ҳаққонийлигини масъуллар текшириб чиқиб, расмий муносабат билдиришларини кутиб қоламиз. Халқ банкининг муомала маданиятига келадиган бўлсак, ўзим ҳам баъзида қўпол муомалаларга гувоҳ бўлганман. Масъуллар биз билан боғлансалар, мурожаатчининг рақамини тақдим этамиз.
𝐌𝐚𝐧𝐳𝐢𝐥𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳𝐧𝐢 𝐲𝐚𝐪𝐢𝐧 𝐪𝐢𝐥𝐮𝐯𝐜𝐡𝐢 𝐌𝐨𝐛𝐢𝐥𝐞 𝐭𝐚𝐱𝐢 +998715010505
©Blogger Abdullayev
Obuna bo'ling
https://www.tgoop.com/+P8S52SBhMmQwMTBi
BY Blogger Abdullayev

Share with your friend now:
tgoop.com/blogger_Abdullayev/5587