"Alloh taolo qiyomat kuni aytadi: "Ey, inson farzandi! Betob bo'ldim, meni kelib ko'rmading. U odam aytadi: "Ey, Rabbim, Sen butun olamning Parvardigori bo'laturib, men seni qanday ko'rishim mumkin edi?" Alloh aytadiki: "Falonchi odamni betobligida borib ko'rmading-ku, agar borganingda uning oldida meni topgan bo'lur eding. Ey, inson farzandi! O'zing ovqatlanding, ammo meni yo'qlamading". Odam aytadi: "Ey, Rabbim, sen butun olamning Podshohi bo'lsang, men seni qanday ovqatlantirishim mumkin edi?" Alloh aytadi: "Falon bandam ovqat so'rab oldingga borganida, sen unga taom bermading. Agar taom berganingda uning huzurida meni topgan bo'lur eding". Alloh aytadi: "Ey inson farzandi, men sendan suv so'radim, suv bermading. Odam aytadi: "Ey, Rabbim, sen butun olamning Parvardigori bo'lsang, men senga qanday qilib suv berishim mumkin?" Alloh aytadi: "Falon bandam suv so'radi, sen unga suv bermading. Agar berganingda edi, meni uning huzurida topar eding".
"Ming bir hadis" kitobidan.
Manba @mehrob_uz
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
"Ming bir hadis" kitobidan.
Manba @mehrob_uz
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
#duo
🤲 HOJILARNI KUTIB OLGANDA QILINADIGAN DUO
تقبل الله نسكك وأعظم أجرك وأخلف نفقتك
O'qilishi: Taqobbal Allohu nusukak va a'zoma ajrok va axlafa nafaqotak.
Ma'nosi: Alloh hajingizni qabul etsin, ajringizni buyuk qilsin va sarflagan nafaqangizni o'rnini to'ldirsin.
Ibn Umar roziyallohu anhumo uyiga qaytgan hojiga shunday duo qilardilar.
Manba: @muslimuzportal

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#asl_mohiyat
📚БЕМАЗҲАБЛАР АВВАЛО ШУ ИШНИ ҚИЛАДИЛАР
🎙Раҳимберди домла Раҳмонов
Manba @AhliSunnaValJamoaUz
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
📚БЕМАЗҲАБЛАР АВВАЛО ШУ ИШНИ ҚИЛАДИЛАР
🎙Раҳимберди домла Раҳмонов
Manba @AhliSunnaValJamoaUz
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#haj_buyuk_ibodatdir
#audio_kitob
😎 ҲАЖ БУЮК ИБОДАТДИР
Manba:@shayx_nuriddinxoliqnazar
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
#audio_kitob
😎 ҲАЖ БУЮК ИБОДАТДИР
Manba:@shayx_nuriddinxoliqnazar
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
🤲 Asmoul husna — Alloh taoloning go'zal ism-sifatlari.
Biz bilan har kuni Alloh taoloning 99 ta ism-sifatlarini o'rganing.
21. al-Qobiz
Ma'nosi:
Ruhlarni qabz qiluvchi.
Xohlagan kishisining rizqini qabz qiluvchi. Qalblarni qabz qiluvchi (qabz – ushlamoq, tutmoq).
Alloh taoloning qabz va basti, ya'ni ushlab turish va qo'yib yuborish holati zokir bandalarni tarbiyalab, ularga ilm va hikmat eshigini ochadi. Bunday zotlarga qabz hujum qilsa, Alloh taoloning hikmat eshigi orqali hujum qiladi. Oqibatda xavf-xatar kuchayib, banda Alloh taoloning ulug'ligidan zavq oladi. Agar ushbu holat kuchaysa, Allohning lutfu marhamati bilan qalbi ochiladi. Qabz holati hujum qilganda banda xavfni his qilsa, Alloh unga zarba bermaydi, balki toqati yetganicha qabz berib, ortidan qo'yib yuborish holatini beradi. Bu so'zlar Alloh bilan muomalada tajribaga ega bo'lgan taqvoli, ibodatli sof kishilarga xosdir.
Mo'min kishi Allohning ushbu ismiga qanday aloqada bo'ladi?
Alloh yo'liga da'vat qilsak, o'ta noziklik bilan ish tutib, odamlarni Allohning rahmatidan umidvor qilish bilan birga Uning azobi haqida ham xabar berish lozim. Allohning afvi, karami va halimligini zikr qilsak, ammo Uning azobi haqida so'zlamasak, demak, biz solih va hakim emas ekanmiz. SHuning uchun haqqa chorlagan inson bu borada Nabiy sollallohu alayhi vasollamga ergashmog'i lozim. Ammo afsuski, ba'zilar u zotning uslublariga xilof ravishda faqat jahannam haqida so'zlasa, ba'zilar faqat jannatu hurlarni vasf qilaveradi.
Xulosa shuki, Alloh taolo dunyoda bir insonga ikrom ko'rsatsa, uni va boshqalarni shijoatlantirish uchun ikrom qilgan bo'ladi. Agar U Zot bir insonni jazolasa, uni va boshqalarni jilovlash uchun jazolagan bo'ladi.
Manba @Zufar_Domla

#haj2025
😎 ЭНГ ОҒИР СИНОВ
🎙 Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари
Manba:@shayx_nuriddinxoliqnazar
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
😎 ЭНГ ОҒИР СИНОВ
🎙 Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари
Manba:@shayx_nuriddinxoliqnazar
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Mazhabsizlik
Mazhabsizlikni ma'qullab, baralla qichqiradigan, qadim ulamolardan xato qidiradigan kimsalarning o'zi ham baribir mazhablar olib kelgan ilmlarga murojaat qiladi! Juda g'aroyib-da bu! Ular e'timod qiladigan kibor ulamolar, Mizziy bo'lsin, Asqaloniy yoki Iroqiy bo'lsin, barcha-barchalari mazhabga ergashgan, o'zini biror mazhabga nisbat bergan olimlar bo'lishgan! Rijollar haqida kitoblar yozgan, hadislarga sahih, sahih emas deya hukm bera olgan, har xil mavzularda gapira olgan tarixiy shaxslar bo'lishiga qaramay, ular o'sha mazhablardan chiqmagan!
Qanday qilib bizga qoldirilgan ilmlarni olib, keyin ularni mazhablarga qarshi kurashishga vosita qilishimiz mumkin?! Agar ular ilmni shu maqsadda ishlab chiqqan bo'lganlarida, birinchilardan bo'lib o'zlari mazhablarni tark qilib ketgan bo'lishardi!
"Hanafiy mazhabiga teran nigoh" kitobidan
Manba: @muhaddisuz

💬 CHATGPT DAN DINIY SAVOLLARGA JAVOB OLISH
❔ Savol: Chatgpt (sun'iy intellekt) orqali diniy savollarimizga javob olsak bo'ladimi, shu javoblarga amal qilsak bo'ladimi?
💭 Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Yo'q, bu joiz emas. To'g'ri, Chatgpt platformasi ayrim sohalarda insonlarga foyda bermoqda. Ammo diniy savollarga to'g'ri javob berishga ojizlik qiladi. CHunki u ham inson omili tomonidan ishlab chiqilgan bir mahsulot. Qolaversa, ba'zan savollarga taxminiy javoblar, hatto bu masala falon kitobda bor deb, arabiy iboralar ham berishi mumkin. Lekin u keltirgan iboralar na u aytgan kitobda va na boshqa fiqhiy manbalarda uchramaydi. SHu bois shar'iy masalalarga ahli ilm, mutaxassislarga murojaat qilish orqali yechim topish darkor. Alloh taolo oyati karimada bunday marhamat qilgan:
فَاسْأَلُوا أَهْلَ الذِّكْرِ إِنْ كُنْتُمْ لَا تَعْلَمُونَ
📖 “Agar bilmaydigan bo'lsangiz, zikr ahlidan so'rangiz!” (Anbiyo surasi, 7-oyat).
❗️ Musulmon odam biror narsani bilmay qolsa, uni biladigan kishidan, o'sha sohaning «zikr ahli»dan o'rganishi lozim bo'ladi. SHunday ekan, e'tiqod va dinu-diyonatga tegishli narsalarni ham shu sohaning bilimdonlaridan so'rash talab etiladi. Buyuk tobeiy Ibn Sirin rahimahulloh bunday deganlar:
إن هذا العلم دين فانظروا عمن تأخذون دينكم. رواه مسلم
📿 “Albatta, bu ilm dindir. Bas, diningizni kimdan olayotganingizga qaranglar” (Imom Muslim rivoyati).
📚 Mazkur iboraning sharhida Mulla Ali Qori rahimahulloh bunday deganlar:
“Bu ilm” so'zidan murod Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ummatga olib kelgan Qur'oni karim va hadisi sharifdan iborat bo'lgan ta'limotdir. Uni ishonchli va adolatli zotlardan olmoqdamisiz yoki yo'q, shunga nazar solinglar, ya'ni qaerdan, kimdan ilm olayotgangizni aniq bilinglar”. (“Mirqotul mafotih” kitobi). Vallohu a'lam.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Omonatdor va va'dasida turadigan bandalarga jannat kafolati berilgan, ularga jannat va'da qilingan.
Uboda ibn Somit roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim menga uch narsada kafil bo'lsa, men uning uchun jannatga kafilman: gapirganda rost gapiringlar, va'da berganda vafo qilinglar, omonat berilganda xiyonat qilmanglar», dedilar (Imom Ahmad, Imom Hokim va Imom Ibn Hibbon rivoyati).
Manba @mehrob_uz
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Uboda ibn Somit roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim menga uch narsada kafil bo'lsa, men uning uchun jannatga kafilman: gapirganda rost gapiringlar, va'da berganda vafo qilinglar, omonat berilganda xiyonat qilmanglar», dedilar (Imom Ahmad, Imom Hokim va Imom Ibn Hibbon rivoyati).
Manba @mehrob_uz
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Bu voqea ummat uchun katta bashorat | Ustoz Salohiddin domla
Manba @Isloh_uz
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Manba @Isloh_uz
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#haj2025
😎 ҲОЖИ МУҲТОЖЛАР ҲОМИЙСИДИР
🎙 Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари
Manba:@shayx_nuriddinxoliqnazar
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
😎 ҲОЖИ МУҲТОЖЛАР ҲОМИЙСИДИР
🎙 Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари
Manba:@shayx_nuriddinxoliqnazar
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Robbing bilan orangdagi barcha pardalarni bir bir ko'targinki, qalbing Robbingga sof bir ishq bilan bog'lana olsin. Uslub va qoidalaring bo'lsin. Ammo uslub va qoidalaringni o'zgalarni tishlamoq yoki ezish uchun qo'llama. Ey do'st! Ayniqsa butlardan uzoq tur va aslo o'z qarashlaringni butlashtirma! Iymoning barcha narsadan ustun bo'lsin, ammo iymoning bilan kibr qilma!
SHams Tabriziy
Manba @mehrob_uz
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
SHams Tabriziy
Manba @mehrob_uz
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#haj_buyuk_ibodatdir
#audio_kitob
😎 ҲАЖ БУЮК ИБОДАТДИР
✍️ Муаллиф: Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари
Manba:@shayx_nuriddinxoliqnazar
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
#audio_kitob
😎 ҲАЖ БУЮК ИБОДАТДИР
✍️ Муаллиф: Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари
Manba:@shayx_nuriddinxoliqnazar
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
🤲Asmoul husna — Alloh taoloning go'zal ism-sifatlari.
Biz bilan har kuni Alloh taoloning 99 ta ism-sifatlarini o'rganing.
22. al-Bosit
Ma'nosi:
Ruhlarni kenglikka qo'yib yuboruvchi.
Xohlagan kishisining rizqini keng qilib qo'yuvchi. Qalblarni keng qiluvchi.
Insonning bu dunyodagi vazifasi – Alloh taoloni haqiqiy tanib, U Zotning buyruqlariga og'ishmay amal qilishdir.
«Alloh senga bergan narsa bilan oxiratni izlagin» (Qasos surasi, 77‑oyat).
Oxirat talabida bo'lishing uchun Alloh senga mol ato qilgan. Oxiratni talab qilishing uchun senga ilm ato qilgan. Oxirat talabida bo'lishing uchun Alloh senga obro' ato qilgan.
Sen Allohni tanib, Uning amrini amalda ko'rsatib, solih amallar qilishing uchun dunyoga kelgansan.
Alloh taoloning Al‑Basit ismi siz uchun minglab muammolar ichida turib, kichik bir kulbada ham namoyon bo'laveradi. SHuncha muammoga qaramay, o'zingizni baxtiyor his qilaverasiz. Boshqa kimsa esa Allohning zikridan yiroq bo'lgani tufayli tang holatda qoladi. Bu kishiga endi al‑Qobiz ismi namoyon bo'ladi. Demak, Allohning al‑Qobiz va al‑Basit ismlari insonning ichki holatiga ochiq-oydin dalolat qiladi. Mo'min odam al‑Basit ismi bilan Allohning amrida qoim bo'ladi, Allohning tavhidi bilan qalbi shod yuradi.
Insondagi nozik haqiqatlardan biri shuki, inson Robbiga ibodat qilish bilan baxtiyor bo'ladi, gunoh qilish bilan bebaxt bo'ladi.
Alloh taolo O'zidan yuz o'girganlarning qalbini al‑Qobiz sifati bilan qabz qiladi, O'zi tomon talpinganlarning qalbini esa al‑Basit sifati bilan keng qiladi.
Koinotda bitta haqiqat bor: kim Allohga yaqinlashsa, qanday sharoitda yashamasin, albatta baxtiyor bo'ladi. Kim Allohdan uzoqlashsa, qanday sharoitda yashamasin, bebaxt bo'ladi. Gapning qisqa va lo'ndasi ham shudir.
Mo'min kishi yaxshilik mayli bilan yashaydi. U farishtalarga yaqin bo'ladi, yaxshilikka buyuradi, hammani Robbining ibodatiga chorlaydi. Uning qalbi musaffo bo'ladi. Modomiki yeru osmon bor ekan, unga fitna zarar bermaydi.
Mana shu haqiqiy al‑bast – qalblarning keng bo'lishidir.

Zikr qiluvchini Alloh zikr qiladi
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh
Manba @islomuz
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh
Manba @islomuz
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#haj_buyuk_ibodatdir
#audio_kitob
😎 ҲАЖ БУЮК ИБОДАТДИР
✍️ Муаллиф: Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари
Manba:@shayx_nuriddinxoliqnazar
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
#audio_kitob
😎 ҲАЖ БУЮК ИБОДАТДИР
✍️ Муаллиф: Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари
Manba:@shayx_nuriddinxoliqnazar
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
🤲 Asmoul husna — Alloh taoloning go'zal ism-sifatlari.
Biz bilan har kuni Alloh taoloning 99 ta ism-sifatlarini o'rganing.
23. al-Xofiz
Ma'nosi:
Pasaytiruvchi.
Misol uchun, kofir va fosiqlarning martabasini ularni xoru zor qilib pasaytiradi.
Alloh al‑Xofiz ismi bilan O'zining dushmanlarini, zolimlarni va tug'yonga ketganlarni pastlatib, xorlaydi, O'zining shariatidan chiqqan har qanday kishini – xoh u mol‑mulkda badavlat bo'lsin, xoh kishilar orasida aziz bo'lsin, uni xor qiladi.
Banda hayvon darajasiga tushib, himmati hayvonlardek yeb‑ichishga va shahvatga undasa, Alloh bu kimsani eng xor darajaga tushirib qo'yadi.
Mo'min sifatida ushbu ismdagi nasibangiz qanday?
Kim al‑Xofiz ismidan nasibador bo'lishni istasa, Alloh pastlatmasidan oldin o'zini past va xokisor tutsin, Alloh uchun ixtiyoriy ravishda tavozeli bo'lsin!