Telegram Web
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Zamonaviy_texnoligiyalar

Bugun zamonaviy texnologiyalarning dehqon, bog‘bonlarning og‘irini yengil qilayotgani sir emas. Ushbu birgina pultli qurilma yordamida esa qanchadan qancha bog‘lar, yer maydonlari osongina sug‘orilayotganini ko‘rish mumkin.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
7-may 2025-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI

🌥Havo
biroz bulutli bo‘ladi, ba‘zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

🌬Shamol
sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

🌙Harorat kechasi
17-22° iliq

🌝 Kunduzi
33-38° iliq bo‘ladi. 

🔴Magnit bo‘roni
kuzatiladi.

🌞Quyosh chiqishi:
5:17

🪐Quyosh botishi:
19:26


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
🍅 Pomidor tuganaklarida jigarrang bujmayish virus kasalligi

Zararlangan barglarning bandi pastga qarab qiyshayadi. Poya va barglardagi zararlangan joylar yashil, namlik bilan to‘yingan noaniq shakldagi yirik dog‘lar ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Mazkur dog‘larning o‘lchami ortib boradi, jigarrang tusga kiradi va qog‘ozsimon bo‘lib qoladi. Mevalardagi zararlangan joylar esa qattiq noaniq shakldagi katta jigarrang-yashil dog‘lar ko‘rinishida ifodalanadi. Mevadagi bunday zararlangan joyning yuzasi dag‘al, moysimon ko‘rinishda bo‘ladi.

******
🍅 Помидор туганакларида жигарранг бужмайиш вирус касаллиги


Зарарланган баргларнинг банди пастга қараб қийшаяди. Поя ва барглардаги зарарланган жойлар яшил, намлик билан тўйинган ноаниқ шаклдаги йирик доғлар кўринишига эга бўлади. Мазкур доғларнинг ўлчами ортиб боради, жигарранг тусга киради ва қоғозсимон бўлиб қолади. Мевалардаги зарарланган жойлар эса қаттиқ ноаниқ шаклдаги катта жигарранг-яшил доғлар кўринишида ифодаланади.

Батафсил ўқинг👉
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Yerlarni muhofaza qilish va yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligi oshiriladi

Qonun (O‘RQ-1062-son, 05.05.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

🔰Qonun hujjatlariga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, yer osti suvlariga quduqni qonunga xilof ravishda burg‘ilash ma‘muriy javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilandi.

Shuningdek, yer uchastkasini olganlik uchun haq belgilangan muddatlarda to‘lanmaganda – muddati o‘tgan qarzdorlik uning mavjudligi to‘g‘risida vakolatli organlar tomonidan ogohlantirish berilgan sanadan boshlab 6 oy ichida bartaraf etilmaganda yer uchastkalariga bo‘lgan huquq bekor qilinishi belgilandi.

📋 Bundan tashqari, sug‘oriladigan yerlarni yer fondining boshqa toifasiga yoki sug‘orilmaydigan yerlar toifasiga o‘tkazish bo‘yicha aniq talablar belgilanmoqda.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
📊 O‘zbekiston eng ko‘p Xitoyga quritilgan olxo‘ri eksport qilgan

🏢 Milliy statistika qo‘mitasi
maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025- yilning yanvar-mart oylarida xorijga qiymati 16,3 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 12 045 tonna quritilgan olxo‘ri eksport qilgan.

🌍 O‘zbekiston 2025-yilning 3 oyida eng ko‘p quritilgan olxo‘ri eksport qilgan davlatlar:

Xitoy – 6,5 ming tonna;

Rossiya – 2,1 ming tonna;

Qozog‘iston – 1,9 ming tonna;

Belarus – 357 tonna;

Turkiya – 240 tonna;

Boshqa davlatlar – 886 tonna.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bir niholni ekib, daraxt holiga keltirish uchun yillar va parvarish kerak. Ammo uni o‘rnini almashtirilsa-chi, bu uning uchun hayot tugadi deganimi? Aslo unday emas, bu videorolikni ko‘rib, o‘zingiz amin bo‘ling.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
8-may 2025-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI

🌥Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechga tomon ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

🌬Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

🌙Harorat kechasi
18-23° iliq

🌝 Kunduzi
30-35° iliq bo‘ladi. 

🟠Kuchsiz magnit bo‘roni
kuzatiladi.

🌞Quyosh chiqishi: 5:12

🪐Quyosh botishi:
19:31


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
“Tut” –  “jannatdagi qush daraxti” – ning foydalari

Tut o‘simligini O‘zbekistonda  6 turi: dorivor oq tut, qora tut, sershox tut, ipak qurti tuti, egri – bugri – ilontut va pastga qarab o‘sadigan – majnun tutlar  ekiladi. 300 – 500 yil yashaydi, 1500 – 2000 yillik tutlar ham uchraydi.

Tibbiyotda tut o‘simligidan dorivor pereparatlar va  nastroykalar tayyorlanadi, yurak, qon – tomir sistemasi kasalliklari, kamqonlik mahalida va yengil surgi sifatida qo‘llaniladi.

Tut daraxtining  tanasi, po‘stlog‘i va barglarida oshlovchi va buyoq modda – morin mavjud. Po‘stlog‘idan trigonelin degan alkoloid ham topilgan.

Tutning foydasi:

- Qonni tozalaydi va ko‘paytiradi;

- meʼda – ichaklarning faoliyatini yaxshilaydi;

- gepatit, xoletsistit;

- gipertoniya, qabziyatda foydalaniladi;  

- sil, yurak, jigar, buyrak, o‘pka, podagra;

- ikkilamchi anemiya va boshqa 100 dan oshiq kasalliklarini davolashda tutdan foydalaniladi.



Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘onada dala tadqiqot ishlari o'tkazildi

Farg‘ona viloyati O‘zbekistonning qadimgi madaniyat o‘choqlaridan biri sanaladi.

Qishloq xo‘jaligida ko‘p tarmoqli hududlardan biri bo‘lgan Farg‘ona paxta, bug‘doy, sholi, makkajo‘xori, arpa, kartoshka va sabzavot mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha yetakchi. Albatta, bu mahsulotlarni hosildorligi hududdagi tuproqlarning unumdorligiga bog‘liq.

“Tuproqsifattahlil”DUK ning mutaxassislari tomonidan Farg‘ona viloyatidagi sug‘oriladigan qishloq xo'jaligi yer maydonlarida dala tadqiqot ishlari bajarilmoqda.

Jumladan, Farg‘ona shahridagi mavjud sug‘oriladigan 2351 gektar, Farg‘ona tumanidagi 25848 gektar, So‘x tumanidagi 3541 gektar, Quva tumanidagi 22024 gektar, Toshloq tumanidagi 14603 gektar sug'oriladigan yer maydonlarida tuproq sifatini baholash ishlari amalga oshirildi.

Mutaxasslar hududlarda dala tadqiqot ishlarini davom ettirishmoqda.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Noqonuniy quduq qaziganlar maʼmuriy javobgarlikka tortiladi


Ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, yerosti suvli qatlamlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv isteʼmoli qoidalarini, yerosti suvli qatlamlaridan suv olish limitlarini buzish, yerosti suvlaridan o‘zboshimchalik bilan suv olish, yerosti suvlaridan foydalanish uchun quduqni qonunga xilof ravishda burg‘ilash maʼmuriy chora ko‘rilishiga sabab bo‘ladi.
 Ushbu xatti-harakatni bajargan fuqarolarga BHMning 6 baravaridan 15 baravarigacha (2 mln 250 ming so‘mdan 5 mln 675 ming so‘mgacha), agar huquqbuzar mansabdor shaxs bo‘lsa, 15 baravaridan 20 baravarigacha (5 mln 675 ming so‘mdan 7,5 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi.
Kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, yerosti suv manbalaridan suv o‘lchash uskunalarisiz suv olinganda, soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining 5 baravari miqdorida belgilanadi.

Yangi tartib qonun eʼlon qilinganidan 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
12-may 2025-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI

🌥Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

🌬Shamol
sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

🌙Harorat kechasi 15-20° iliq

🌝 Kunduzi 32-37° iliq bo‘ladi. 

🌞Quyosh chiqishi:
5:08

🪐Quyosh botishi:
19:35


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
AGROTAVSIYA

🧄 Sarimsoq o‘g‘itlashda eʼtibor berilishi kerak bo‘lgan jihatlar


🧄Sarimsoq tuproqdagi mineral ozuqa elementlarga talabchan ekindir. Uni to‘g‘ri o‘g‘itlash o‘simlikning rivojlanishi va sovuqqa chidamliligini oshiradi. Tuproq unumdorligini oshirish uchun yerni haydash paytida har bir gektar  yerga 20-40 tonna chirigan go‘ng, sof holda 100-200 kg azot, 140-160 kg fosfor va 65-75 kg kaliy solish tavsiya qilinadi. 

Bahorda birinchi o‘toqdan keyin ekinni mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish juda samaralidir. Sarimsoq ekiladigan yerga yangi go‘ng solish yaramaydi, chunki bu hosilning yetilishini kechiktiradi va saqlanish sifatini pasaytiradi.

🧄Organik o‘g‘it, fosforning 75 foizi, kaliyning hammasi shudgorlash ostiga, fosforning qolgan qismi (25%) va 30-40 kg azot ekish oldidan solinadi. Azotning qolgan  qismi teng bo‘linib, ikki marta solinadi. Bunda, birinchi o‘toq va yengil chopiqdan keyin, ikkinchisi esa 2-3 haftadan so‘ng oziqlantiriladi.



Telegram | Facebook | Instagram| You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

💧Noqonuniy quduq qaziganlik uchun ma‘muriy javobgarlik belgilandi



🚰Ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, yerosti suvli qatlamlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv iste‘moli qoidalarini, yerosti suvli qatlamlaridan suv olish limitlarini buzish, yerosti suvlaridan o‘zboshimchalik bilan suv olish, yerosti suvlariga ququdni qonunga xilof ravishda burg‘ilash:

🔹 fuqarolarga BHMning 6 baravaridan 15 baravarigacha (2 mln 250 ming so‘mdan 5 mln 675 ming so‘mgacha);

🔹 mansabdor shaxslarga esa 15 baravaridan 20 baravarigacha (5 mln 675 ming so‘mdan 7,5 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

 Bundan jismoniy shaxslarning o‘z ehtiyojlari, shu jumladan, tomorqa yer uchastkalarini sug‘orish uchun suvdan umumiy foydalanishi mustasno.
🚜 Qishloq xo‘jaligida uglerod saqlash

🌍 Dunyo bo‘yicha tuproqda uglerodni saqlaydigan ilg‘or dehqonchilik amaliyotlari yiliga 1,5 milliard tonna uglerodni tuproqda ushlab qolishi mumkin. Bu esa global iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda samarali yechimdir.

🌱 Qanday amaliyotlar tuproqda uglerodni ko‘paytiradi?

- Yerga minimal ishlov berish (kam ishlov berish).

- Organik va mineral o‘g‘itlardan foydalanish.

- Sug‘orishni to‘g‘ri tashkil etish.

- O‘simlik qoldiqlarini yerda qoldirish.

- Yerni qayta tiklash va daraxtzor qilish.

⚠️ Ba‘zi amaliyotlar organik uglerodni ko‘paytirib, ayni paytda noorganik uglerodni kamaytirishi mumkin. Masalan, mineral o‘g‘itlar va yerlarni o‘rmonga aylantirish.

🏜 Quruq hududlarda sug‘orish orqali kiritilgan kaltsiy va magniy kabi minerallar tuproqda noorganik uglerod hosil qiladi.

💧 Nam iqlimli hududlarda esa o‘g‘itlar va o‘simliklarning o‘sishi noorganik uglerodning tuproqdan yuvilib ketishiga sabab bo‘ladi.


Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
2025/05/12 09:02:48
Back to Top
HTML Embed Code: