Telegram Web
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Zamonaviy_texnologiyalar

Somon presslaydigan texnikaning imkoniyatlarini baholang.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
28-may 2024-YILDA OB-HAVO MAʼLUMOTI

☀️Havo biroz bulutli, o‘zgaruvchan, faqat Toshkent viloyatida ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi.

🌬Shamol g‘arbqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

🌙Harorat kechasi 13-18° issiq.

🌝 Kunduzi 23-28° issiq bo‘ladi.

🔴 Kuchli magnit bo‘roni kuzatiladi.

🌞Quyosh chiqishi:
4:55

 🪐Quyosh botishi:
19:49


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
Olmani quyoshda quyib qolmasligi uchun qanday himoyalash kerak?

Olmalarning quyoshda kuyishini kamaytirish uchun bir qator agrotexnik va amaliy choralarni o‘z vaqtida amalga oshirish muhim. Quyoshda kuyish holati, ayniqsa, yoz faslida havo harorati 30°C dan oshganda va quyosh radiatsiyasi yuqori bo‘lgan kunlarda tez-tez kuzatiladi.

 Agar olma po‘stlog‘ining harorati 45°C darajadan oshsa, kuyishning aniq belgilari paydo bo‘ladi va bu holat ko‘pincha terimdan 2–3 oy oldin, tushdan keyingi soatlarda ro‘y beradi.

 Bunday zararning oldini olish uchun, avvalo, daraxt shoxlarini to‘g‘ri parvarishlash kerak. Shoxlar hosil og‘irligini ko‘tara oladigan darajada bo‘lishi zarur, chunki yengil shoxlar og‘irlik ta‘sirida egilib, mevalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyoshga duchor qiladi.

 Grenni Smit kabi navlar quyoshda kuyishga ancha moyil bo‘ladi, chunki bu navda rang o‘zgarishi kutilmaydi va terimgacha yashil holda saqlanishi kerak. Bu navlar uchun quyosh nurini qaytaradigan kaolin kabi moddalarni sepish foydali.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Yerlarni muhofaza qilish va yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligi oshiriladi.

Manba: O‘RQ-1062-son, ) 05.05.2025-yil


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
Xonqada ish qizg‘in davom etmoqda

🏢Yer egalari bilan hamjihatlikda ish olib borayotgan “Tuproqsifattahlil”DUKning mutaxassislari ayni kunlarda Xorazm viloyatining Xonqa tumanida dala tadqiqot ishlarini boshlab yuborishdi.Tumandagi mavjud sug‘oriladigan 23448 gektar yer maydonida tuproqshunoslar tomonidan tuproq sifatini baholash ishlari olib borilmoqda.

Shu o‘rinda Xonqa tumanining tuprog‘i serunum, daryo oqizib keltirgan qum va gildan paydo bo‘lgan allyuvial, cho‘lqum o‘tloqi, o‘tloqibotqoq tuproqlar tashkil etishini ma'lumot o‘rnida keltirmoqchimiz.

🌱Yerlarida yovvoyi o‘simliklardan chiy, qamish, qo‘g‘a, qo‘ytikan, ro‘vak, bug‘doyiq, ajriq, yantoq, qorabaroq, oqbosh, sho‘ra, pechako‘t, yulg‘un, turang‘il, terak, tol, jiyda o‘simliklari o‘sadi.

🌳Tuman iqtisodiyoti, asosan, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga ixtisoslashgan. Paxtachilik, g‘allachilik, chorvachilik, ipakchilik, sabzavotchilik, polizchilik, bog‘dorchilik, sholichilik rivojlangan.


Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
O‘zbekiston va Tailand tuproqshunoslari hamkorligi rivojlanmoqda

Ayni kunlarda “Tuproqsifattahlil” DUK mutaxassislaridan iborat delegatsiya Tailand Qirolligining Bangkok shahrida bo‘lib turibdi.

Tashrif korxona hamda Janubiy Koreyadagi Osiyo oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha hamkorlik tashabbusi (AFACI), Qishloq taraqqiyot boshqarmasi (RDA) bilan 2023-2026-yillarda “AFACI mamlakatlarida qishloq oziq-ovqat tizimlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash uchun Milliy tuproq axborot tizimini yaratish (Tuproq 2-bosqich)” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Tashrif doirasida mutaxassislarimiz Tailand Qirolligining Qishloq xo‘jaligi va kooperatsiya vazirligi tarkibidagi Yerlarni rivojlantirish departamenti bilan hamkorlikdagi treningda ishtirok etishmoqda. Unda raqamli tuproq xaritalarini yaratish hamda tuproq ma‘lumotlarini boshqarishda ikki tomonlama bilim almashish, shuningdek, Tailandning Milliy tuproq ma‘lumotlar tizimi (ThaiSIS) bilan yaqindan tanishish ko‘zda tutilgan.

Batafsilda o‘qing
👉
29-may 2024-YILDA OB-HAVO MAʼLUMOTI

☀️Havo
biroz bulutli, o‘zgaruvchan, faqat Toshkent viloyatida ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi.

🌬Shamol g‘arbqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

🌙Harorat kechasi 13-18° issiq.

🌝 Kunduzi 23-28° issiq bo‘ladi.

🔴 Kuchli magnit bo‘roni kuzatiladi.

🌞Quyosh chiqishi: 4:54

 🪐Quyosh botishi: 19:51


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
Shaftoli: kasalliklarga malham meva

    Mamlakatimizda shaftolining asosan 6 turdagi navi tarqalgan: “Jaydari”, “Farg‘ona” (anjir shaftoli), “David”, “Mir” va “Mongol” shaftolisi. Uni navlari 2 guruhga bo‘linadi: yaʼni mevasi tukli va mevasi silliq (luchchak) shaftoli.

Shaftolining foydasi:

Shaftoli mevasi oshqozon bezlarining shira ajratish faolligini oshiradi, yog‘li taomni hazm qilishga yordam beradi hamda qayt qilishning oldini olish xususiyatiga ega.

O‘simlik sharbati buyrak-tosh kasalliklarida tavsiya etiladi.

O‘simlik bargi va gullaridan siqib olingan suvi qandli diabetni davolash, shuningdek, gijjalarga qarshi vosita sifatida qo‘llaniladi.

Yangi uzilgan shaftoli daraxti bargidan tayyorlangan bo‘tqa “xo‘ppoz”, “chipqon”, "kuygan yara", “neyrodermatit” va boshqa teri kasalliklarida malham sifatida yaraning ustiga qo‘yiladi.

Shaftoli mevasi kislotasi kam gastrit, enterokolit, jigari xasta va holdan toygan bemorlarga tanani mustahkamlovchi va oziqlantiruvchi vosita sifatida tavsiya etiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Yerga oid huquqni o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazmaslik javobgarlikka sabab bo‘ladi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik bilan bog‘liq huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati berilmoqda.

Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi Ravshan Mamutovning bildirishicha, hozirda qishloq xo‘jaligi sohasidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining transformatsiya qilinishi qonunchilik hujjatlariga bu organlarning rasmiy nomlarini aniqlashtirish uchun tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini talab etadi.

Qonun loyihasi agrar sohadagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimini shakllantirishga hamda yer egalarini tartibga chaqirish, bu boradagi muammolarni vaqtida hal etishga xizmat qilishi taʼkidlanib, deputatlar tomonidan qabul qilindi.
BILIB QO‘YGAN YAXSHI

Akebi — Yaponiya shimolida o‘suvchi juda chiroyli meva.

Mevaning ichidagi go‘shti oppoq rangda bo‘lib, urug‘lari jilovlanuvchi qora rangda. Siyohrang po‘stlog‘i esa sabzavot sifatida isteʼmol qilinadi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Zamonaviy_texnologiyalar

Qishloq xo'jaligida ushbu zamonaviy texnikalar orqali tuproqni maydalab, elakdan o'tkaziladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
30-may 2024-YILDA OB-HAVO MAʼLUMOTI

☀️Havo biroz bulutli, o‘zgaruvchan, ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

🌬Shamol g‘arbqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

🌙Harorat kechasi 13-18° issiq.

🌝 Kunduzi
23-28° issiq bo‘ladi.

🔴 Kuchli magnit bo‘roni
kuzatiladi.

🌞Quyosh chiqishi:
4:54

 🪐Quyosh botishi:
19:52


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
Makkajo‘xorini oziqlantirishga oid tavsiyalar

Zamonaviy duragaylar 1 tonna don hosil qilish uchun yerdan 24-32 kg azot, 10-14 kg fosfor, 25-35 kg kaliy, 6-10 kg magniy va kalsiy, 3-4 kg oltingugurt, 11 gr bor, 14 gr mis, 110 gr marganes, 0,9 gr molibden, 85 gr sink, 200 gr temir tortib oladi. Makkajo‘xori oziqlanish va rivojlanish davrini ikkita muhim bosqichga bo‘lish maqsadga muvofiq: 5-7 barg va 9-10 barg chiqarish davridan to popuk chiqarishgacha bo‘lgan davr.

Batafsilda o‘qing
👉
*********
Маккажўхорини озиқлантиришга оид тавсиялар


Замонавий дурагайлар 1 тонна дон ҳосил қилиш учун ердан 24-32 кг азот, 10-14 кг фосфор, 25-35 кг калий, 6-10 кг магний ва кальций, 3-4 кг олтингугурт, 11 гр бор, 14 гр мис, 110 гр марганец, 0,9 гр молибден, 85 гр цинк, 200 гр темир тортиб олади. Маккажўхори озиқланиш ва ривожланиш даврини иккита муҳим босқичга бўлиш мақсадга мувофиқ: 5-7 барг ва 9-10 барг чиқариш давридан то попук чиқаришгача бўлган давр.

Батафсилда ўқинг👉



Telegram | Facebook | Instagram| telegraf |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
G‘alladan bo‘shagan maydonlarda yong‘in sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymang

G‘alla ekinlarini yig‘ib olish mavsumi boshlanganligi munosabati bilan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi g‘alladan bo‘shagan dalalarda o‘simlik qoldiqlarini yoqqanlik uchun javobgarlik borligini eslatadi.

Diqqat! Somonpoya qoldiqlarini yoqish atmosferaga inson sog‘ligi uchun zararli bo‘lgan zaharli moddalar ajralib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bu iqtisodiyotimizga ham zarar yetkazadi!

Somonpoyalar va ularning qoldiqlarini yoqish yer unumdorligining keskin pasayishi hamda tuproq strukturasi buzilishiga olib keladi.
Mazkur huquqbuzarlik uchun O‘z Res Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari (3 mln 750 ming so‘m) miqdorida jarima qo‘llanilishi hamda yong‘in sodir bo‘lgan g‘alla ekin maydonlarining har bir gektariga yetkazilgan zarar bo‘yicha amaldagi tartib asosida iqtisodiy chora-tadbirlar ko‘rilishi belgilangan.
2025/05/30 07:50:34
Back to Top
HTML Embed Code: