Telegram Web
SHOTUT — TABIATNING QORA MO‘JIZASI

Shotut O‘zbekistonda qadimdan ekib kelinadi. U boshqa tut turlariga nisbatan sekin o‘sadi. Mevasi to‘q qizil, qora, sershira, xushbo‘y va shifobaxsh bo‘lib, tarkibida 25-27% qand, shuning­dek turli vitamin va mineral moddalar bor. Shotut bahor oyi­da kechroq uyg‘onadi. Bog‘ va hovlilarga ikki yillik ko‘chatlari ekiladi. U urug‘dan chiqqan tut niholiga payvand qilib ko‘paytiriladi. Dastlabki yillari bahorda butab shakl beriladi. 4-5 yildan so‘ng asta-sekin hosilga kiradi.Uning mevasi iyun oyidan sentyabr oyigacha pishib yetiladi.

Har kuni bir hovuch shotut istemol qilganda:

▪️Immunitetni mustahkamlaydi;

▪️Ichakni tozalaydi;

▪️Qandli diabetga qarshi kurashadi;

▪️Saraton xavfini pasaytiradi;

▪️Qonni tozalaydi;

▪️Suyaklarni kuchaytiradi;

▪️Yurakni himoya qiladi;

▪️Ko‘zni ravshanlashtiradi;

▪️Terini sog‘lomlashtiradi;

▪️Tanani yoshartiradi (antioksidant manbai);

Maʼlumot: Shotutdagi antotsianin moddasi miya faoliyatini oshiradi va Alsgeymer xavfini kamaytiradi.
КУН ҲИКМАТИ

Bu dunyo kurash maydonidir. Bu maydonning quroli – sog‘lom jismu tan, o‘tkir aql va yaxshi axloqdir.

Abdurauf FITRAT

———————
КУН ҲИКМАТИ

Бу дунё кураш майдонидир. Бу майдоннинг қуроли – соғлом жисму тан, ўткир ақл ва яхши ахлоқдир.

Абдурауф ФИТРАТ




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
G‘o‘zani oziqlantirishda qaysi mineral o‘g‘itlardan foydalaniladi?

G‘o‘zani mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirishda, fosforli va kaliyli o‘g‘itlarni yillik meʼyorlari mo‘ljallangan hosil uchun belgilangan azotli o‘g‘itlarni yillik meʼyorlariga (N:P:K – 1,0:0,7:0,5) nisbatan olinadi hamda tuproqdagi harakatchan fosfor va almashinuvchi kaliy miqdorlariga bog‘liq holda tabaqalashtirilib solinadi. Mineral o‘g‘itlarning meʼyorlarini belgilashda yetishtirilgan hosil miqdoriga, tuproq unumdorligiga, almashlab ekishga, tuproq eroziyasi va sho‘rlanish darajasiga va oziqa unsurlarining 1 tonna hosil uchun sarflanish miqdoriga eʼtibor berish kerak.

Batafsil
****
Ғўзани озиқлантиришда қайси минерал ўғитлардан фойдаланилади?

Ғўзани минерал ўғитлар билан озиқлантиришда, фосфорли ва калийли ўғитларни йиллик меъёрлари мўлжалланган ҳосил учун белгиланган азотли ўғитларни йиллик меъёрларига (N:P:K – 1,0:0,7:0,5) нисбатан олинади.

Батафсил
BILIB QO‘YGAN YAXSHI

 Zizifus mevasi


Zizifus, yuyub yoki “xitoy xurmosi” turlari Hindiston, Xitoy va butun Osiyo bo‘ylab o‘sadi. Mevalari u qadar yetilmagan paytida uning mazasi nordon-shirin olmani eslatadi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Zamonaviy_texnologiyalar

Somon presslaydigan texnikaning imkoniyatlarini baholang.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
28-may 2024-YILDA OB-HAVO MAʼLUMOTI

☀️Havo biroz bulutli, o‘zgaruvchan, faqat Toshkent viloyatida ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi.

🌬Shamol g‘arbqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

🌙Harorat kechasi 13-18° issiq.

🌝 Kunduzi 23-28° issiq bo‘ladi.

🔴 Kuchli magnit bo‘roni kuzatiladi.

🌞Quyosh chiqishi:
4:55

 🪐Quyosh botishi:
19:49


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
Olmani quyoshda quyib qolmasligi uchun qanday himoyalash kerak?

Olmalarning quyoshda kuyishini kamaytirish uchun bir qator agrotexnik va amaliy choralarni o‘z vaqtida amalga oshirish muhim. Quyoshda kuyish holati, ayniqsa, yoz faslida havo harorati 30°C dan oshganda va quyosh radiatsiyasi yuqori bo‘lgan kunlarda tez-tez kuzatiladi.

 Agar olma po‘stlog‘ining harorati 45°C darajadan oshsa, kuyishning aniq belgilari paydo bo‘ladi va bu holat ko‘pincha terimdan 2–3 oy oldin, tushdan keyingi soatlarda ro‘y beradi.

 Bunday zararning oldini olish uchun, avvalo, daraxt shoxlarini to‘g‘ri parvarishlash kerak. Shoxlar hosil og‘irligini ko‘tara oladigan darajada bo‘lishi zarur, chunki yengil shoxlar og‘irlik ta‘sirida egilib, mevalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyoshga duchor qiladi.

 Grenni Smit kabi navlar quyoshda kuyishga ancha moyil bo‘ladi, chunki bu navda rang o‘zgarishi kutilmaydi va terimgacha yashil holda saqlanishi kerak. Bu navlar uchun quyosh nurini qaytaradigan kaolin kabi moddalarni sepish foydali.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Yerlarni muhofaza qilish va yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligi oshiriladi.

Manba: O‘RQ-1062-son, ) 05.05.2025-yil


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
Xonqada ish qizg‘in davom etmoqda

🏢Yer egalari bilan hamjihatlikda ish olib borayotgan “Tuproqsifattahlil”DUKning mutaxassislari ayni kunlarda Xorazm viloyatining Xonqa tumanida dala tadqiqot ishlarini boshlab yuborishdi.Tumandagi mavjud sug‘oriladigan 23448 gektar yer maydonida tuproqshunoslar tomonidan tuproq sifatini baholash ishlari olib borilmoqda.

Shu o‘rinda Xonqa tumanining tuprog‘i serunum, daryo oqizib keltirgan qum va gildan paydo bo‘lgan allyuvial, cho‘lqum o‘tloqi, o‘tloqibotqoq tuproqlar tashkil etishini ma'lumot o‘rnida keltirmoqchimiz.

🌱Yerlarida yovvoyi o‘simliklardan chiy, qamish, qo‘g‘a, qo‘ytikan, ro‘vak, bug‘doyiq, ajriq, yantoq, qorabaroq, oqbosh, sho‘ra, pechako‘t, yulg‘un, turang‘il, terak, tol, jiyda o‘simliklari o‘sadi.

🌳Tuman iqtisodiyoti, asosan, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga ixtisoslashgan. Paxtachilik, g‘allachilik, chorvachilik, ipakchilik, sabzavotchilik, polizchilik, bog‘dorchilik, sholichilik rivojlangan.


Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
O‘zbekiston va Tailand tuproqshunoslari hamkorligi rivojlanmoqda

Ayni kunlarda “Tuproqsifattahlil” DUK mutaxassislaridan iborat delegatsiya Tailand Qirolligining Bangkok shahrida bo‘lib turibdi.

Tashrif korxona hamda Janubiy Koreyadagi Osiyo oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha hamkorlik tashabbusi (AFACI), Qishloq taraqqiyot boshqarmasi (RDA) bilan 2023-2026-yillarda “AFACI mamlakatlarida qishloq oziq-ovqat tizimlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash uchun Milliy tuproq axborot tizimini yaratish (Tuproq 2-bosqich)” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Tashrif doirasida mutaxassislarimiz Tailand Qirolligining Qishloq xo‘jaligi va kooperatsiya vazirligi tarkibidagi Yerlarni rivojlantirish departamenti bilan hamkorlikdagi treningda ishtirok etishmoqda. Unda raqamli tuproq xaritalarini yaratish hamda tuproq ma‘lumotlarini boshqarishda ikki tomonlama bilim almashish, shuningdek, Tailandning Milliy tuproq ma‘lumotlar tizimi (ThaiSIS) bilan yaqindan tanishish ko‘zda tutilgan.

Batafsilda o‘qing
👉
29-may 2024-YILDA OB-HAVO MAʼLUMOTI

☀️Havo
biroz bulutli, o‘zgaruvchan, faqat Toshkent viloyatida ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi.

🌬Shamol g‘arbqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

🌙Harorat kechasi 13-18° issiq.

🌝 Kunduzi 23-28° issiq bo‘ladi.

🔴 Kuchli magnit bo‘roni kuzatiladi.

🌞Quyosh chiqishi: 4:54

 🪐Quyosh botishi: 19:51


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
Shaftoli: kasalliklarga malham meva

    Mamlakatimizda shaftolining asosan 6 turdagi navi tarqalgan: “Jaydari”, “Farg‘ona” (anjir shaftoli), “David”, “Mir” va “Mongol” shaftolisi. Uni navlari 2 guruhga bo‘linadi: yaʼni mevasi tukli va mevasi silliq (luchchak) shaftoli.

Shaftolining foydasi:

Shaftoli mevasi oshqozon bezlarining shira ajratish faolligini oshiradi, yog‘li taomni hazm qilishga yordam beradi hamda qayt qilishning oldini olish xususiyatiga ega.

O‘simlik sharbati buyrak-tosh kasalliklarida tavsiya etiladi.

O‘simlik bargi va gullaridan siqib olingan suvi qandli diabetni davolash, shuningdek, gijjalarga qarshi vosita sifatida qo‘llaniladi.

Yangi uzilgan shaftoli daraxti bargidan tayyorlangan bo‘tqa “xo‘ppoz”, “chipqon”, "kuygan yara", “neyrodermatit” va boshqa teri kasalliklarida malham sifatida yaraning ustiga qo‘yiladi.

Shaftoli mevasi kislotasi kam gastrit, enterokolit, jigari xasta va holdan toygan bemorlarga tanani mustahkamlovchi va oziqlantiruvchi vosita sifatida tavsiya etiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Yerga oid huquqni o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazmaslik javobgarlikka sabab bo‘ladi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik bilan bog‘liq huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati berilmoqda.

Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi Ravshan Mamutovning bildirishicha, hozirda qishloq xo‘jaligi sohasidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining transformatsiya qilinishi qonunchilik hujjatlariga bu organlarning rasmiy nomlarini aniqlashtirish uchun tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini talab etadi.

Qonun loyihasi agrar sohadagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimini shakllantirishga hamda yer egalarini tartibga chaqirish, bu boradagi muammolarni vaqtida hal etishga xizmat qilishi taʼkidlanib, deputatlar tomonidan qabul qilindi.
BILIB QO‘YGAN YAXSHI

Akebi — Yaponiya shimolida o‘suvchi juda chiroyli meva.

Mevaning ichidagi go‘shti oppoq rangda bo‘lib, urug‘lari jilovlanuvchi qora rangda. Siyohrang po‘stlog‘i esa sabzavot sifatida isteʼmol qilinadi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Zamonaviy_texnologiyalar

Qishloq xo'jaligida ushbu zamonaviy texnikalar orqali tuproqni maydalab, elakdan o'tkaziladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
2025/05/29 17:28:23
Back to Top
HTML Embed Code: