RUMIY_JALOLIDDIN Telegram 5699
🌿 Muslima hikoya qiladi :

   Bundan bir necha yil avval hayotimizda ajoyib voqea bo‘lib o‘tgan edi.
    O‘sha vaqtlari akam to‘y qilayotgan, ya’ni egizak qizlarini turmushga berayotgan  kezlar edi. Aksiga olib to‘y bo‘lishiga uch kun vaqt qolgan bo‘lsa- da , xo‘jayinim shu choqqacha akamning to‘y bilan qutlab , to‘yona berolmagan edilar. Endi ro‘zg‘or-g‘orda . Shunaqa kutilmagan vaziyatlar bo‘lib turar ekan. Qaramog‘imizda  ona- bola sigir buzoqchasi bilan   va yana bitta boquvdagi novvosimiz bor edi. Ochig‘i to‘yonaga shu novvosni moʻjallab yurgan edik. Ammo har doim ham bandaning aytgani bo‘lavermas ekan. Uni kelasi bozorga olib chiqib sotamiz degan kunimiz,  novvosimiz daladagi kichkinagina ariqchada uyalab  tarrakdek harom  qotib qoldi. Buyam bir sabab ekan- da. Bo‘lmasa shunday gungursdek novvosning o‘limiga  kengligi yarim quloch chiqmaydigan ariq sabab bo‘larmidi...

     Xullas ...
  
    "To‘yonani  ana topamiz , mana topamiz " deb to‘yga ham uch kun qoldi . "O‘zingda yo‘q , olamda yo‘q" deganlari rost ekan. Kimdan qarz so‘rasak , "Jonim bilan berardim-u..." deb yelka qisib , yer chizadi. O‘zimning urug‘larimdan so‘rashga istihola qilaman, ular ham  akamning ikkita qiz uzatayotganlari sababli biz kabi borini ularga to‘yona qilib berib bo‘lishgan.

    Axiri  xo‘jayinga "portladim" :
   - Men-ku mayli , ertaga o‘zingiz "To‘yga quruqdan - quruq borolmayman" deb  kuygan yuragimni battar kuydirasiz. Tili o‘n besh qarich , kekkayishining damida o‘n qozon osh pishadigan og‘aynilaringizdan qarz so‘rab ko‘rsangiz xonlikdan tushib qolmasdingiz ? Undan ko‘ra sizga bitta bahona bilan uyda o‘tirib olish oson. Menga esa to‘yning ta’timasligi bilan ishingiz yo‘q. Hech kimga qarz bermagan bo‘lsangiz ham mayliydi . Kim so‘rasa - ma ! Kim so‘rasa - ma ! So‘ramasa ham - ma ! Mana shunaqa bo‘ladi , pulni bebiliska ishlatish ...

     Xo‘jayin indamadilar .
     Bilib turibman ular o‘sha og‘aynilaridan allaqachon qarz so‘rab bo‘lganlarini . Ammo ... "So‘raganni bir beti qora, bo‘la turib bermaganni  ikki beti qora" degan gap rost bo‘lsa , bilmadim ularning qanchasi ...
 
   Turib - turib Xo‘jayinga achindim.
   Shom namozi vaqti kirdi. Ikkovimiz namozni ado etgach , men kechki ovqatimdan xabar olish uchun oshxonaga chiqib ketdim.

    Xo‘jayin esa ancha hayalladilar. Xavotir olib ichkariga mo‘ralasam ular joynamoz ustida "Voqea" surasini qiroat bilan o‘qib  o‘tirganlariga guvoh bo‘ldim . "Voqea" surasi rizqqa yo‘l boshlovchi ,rizq chaqiruvchi sura ekanligidan xabardor bo‘lganligim sabab boyagina Xo‘jayinga ta’na qilganim uchun o‘zimdan uyalib ketdim. Qilmishimdan qattiq mulzam chekdim.
   " Yo , Alloh , o‘zing kechir ... Men kimdan so‘rashni unutib qo‘yibman- a..."
    Ohista qadamlar bilan borib xo‘jayinimning duolariga qo‘l ochdim.
   Duo qilib bo‘lgach , iloji boricha muloyim ohangda so‘z qotdim :
   - Ovqatni suzaveraymi ?
     Dasturxonga endi kosalardagi sho‘rvalarni qo‘yishim bilan ko‘cha eshik qo‘ng‘irog‘i jiringladi.
    Yo‘qlaguvchidan xabar olishga ketgan to‘ng‘ich o‘g‘lim tezda ortiga qaytdi:
    - Ada , sizni bir notanish kishi so‘rayaptilar.  Uyga kiring desam unamadilar .
   Xo‘jayin hayron bo‘lgancha eshikka otlandilar. Oradan bir choy damlagulik fursat o‘tmasdan qo‘llarida polietilen xaltaga o‘ralgan bir necha bog‘lam pul bilan kirib keldilar :
    - Muslima,esingdami ? - dedilar ular hovliqqancha ,-uch yil avval Samarqandlik bir yigit mashinamni urib, ichidagi yangi qimmatbaho chinnilaringni sindirib yuborgandi. Tavallolar qilib "Bir xaftada pulini qilib beraman" deya  tilxat yozib   , shu bo‘yi yo‘q bo‘lib ketgandi.
    O‘shanda boshiga og‘ir savdolar tushib tuhmat bilan qamalib qolgan ekan. Endi mushkuli arib , uch oy avval qamoqdan qaytib kelibdi. Bu yerda o‘sha vaqtdagi  mashinani ta’mirlash uchun ketgan harajat va chinnilarning bahosi. Hozirgi narxiga to‘g‘rilab olib kelibdi. Kerakmas  desam ham qo‘yarda qo‘ymay tashlab ketdi. Xullas,  bu qo‘limizdan ketgan navvosning uchtasiga teng keladigan pul ...

    Men indamadim... Indashga madorim qolmagan edi...
Alloh buyuk...

@Rumiy_Jaloliddin🍃

tgoop.com/Rumiy_Jaloliddin/5699
Create:
Last Update:

BY Jaloliddin Rumiy 🍃

Share with your friend now:
tgoop.com/Rumiy_Jaloliddin/5699

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

In the “Bear Market Screaming Therapy Group” on Telegram, members are only allowed to post voice notes of themselves screaming. Anything else will result in an instant ban from the group, which currently has about 75 members. It’s yet another bloodbath on Satoshi Street. As of press time, Bitcoin (BTC) and the broader cryptocurrency market have corrected another 10 percent amid a massive sell-off. Ethereum (EHT) is down a staggering 15 percent moving close to $1,000, down more than 42 percent on the weekly chart. To edit your name or bio, click the Menu icon and select “Manage Channel.” Matt Hussey, editorial director of NEAR Protocol (and former editor-in-chief of Decrypt) responded to the news of the Telegram group with “#meIRL.” Invite up to 200 users from your contacts to join your channel
from us

Telegram Jaloliddin Rumiy 🍃
FROM American