Telegram Web
🍃 Bir ziyonga uchrash bir qancha ziyonlarni daf etadi.

Jismimiz, molimiz jonimizga fidodir. Jonimizga keladigan balo jismimizga, molimizga keladi. Gʻazabga uchradingmi podshohlarga mol-mulkingni berib, boshingni qutqarasan. Ish bilmaydigan johilmisan? Falokatga uchragach podshohdan molingni yashirishga tushasan.

©Jaloliddin Rumiy


@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🌺 Saxarligu, iftorlikda beminnat xizmat qilayotgan Muslimalarimizga beadad ne'matlari bo'lgan Jannatda eng oliy maqomlarni bergin Robbim!

Robbim sizlarni Jannati bilan siylasin Jannat qalblilarim!

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🥰 Ramazon Hayiti Muborak Bo'lsin! 🎉

Allohu akbar! Allohu akbar!
La ilaha illallohu vallohu akbar!
Allohu akbar va lillahil hamd!

@Rumiy_Jaloliddin🍃
🍃 Tuproq kabi jim qolganimda bilki, chaqmoq qadar osmonni larzaga keltirmoqda faryodim.

©Hazrati Mavlono Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🌿 Hayot kitoblarda bitilgan rivoyatlarga o‘xshaydi…

🌿 Har kuni yangi saxifa…

🌿 Bir beti mahzun kechsa…

🌿 Keyingi saxifasi quvonchga to‘la bo‘ladi…

🌿 Shuning uchun ham "Xavotir olmang!" Qorong‘ulikdan keyin yorug‘lik, musibatdan keyin albatta omad keladi...

🌿 Hayot sahifalarini varoqlayvering-da, Allohga tavakkal qiling, o‘zi shundoq ham hayot qisqa, zavqlanib yashang!

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🍃 Agar qalbingni og‘ritayotgan bo‘lsalar, Hafa bo‘lma!
Allohning: "Men singan qalblardaman", deb aytganini unutdingmi?

©Mavlono Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
« J »oningiz sog‘,
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘, 
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!

🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !


@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🌿 Agar komil ishonch bilan Allohga qoʻlingni ochgan boʻlsang, boshqa hech kimga qoʻl ochishingga hojat qolmaydi! Chunki, duo — yuzingga yopilgan barcha eshiklarni ochishga qodirdir! Shubhasiz, Robbing hamma narsaga kuchi yetgan Qudratdir..!

- Umidaaziz

@Rumiy_Jaloliddin🍃
🌿 Ushbu rasmdagi daraxtga Alloh taolo yaratgan eng muborak ko‘zlar — Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ko‘zlari tushgan ekan.

• U zot sollallohu alayhi vasallam savdo ishlari bilan Shomga borganlarida, uning soyasida dam olgan ekanlar.

• Allohning qudratini qarangki, ushbu sahroda bundan boshqa daraxt yo‘q.

• Shuningdek, daraxt biror marta qurimagan.

• Hozir u Iordaniya hududidadir.

@Rumiy_Jaloliddin🍃
🍃 Alloh taolo kunduzni mehnat qilib, rizqingni topishing uchun senga ehson etdi. Kechani esa ishq uchun, sevishmoq uchun yaratdi.

🍃 Sening sevishganingni, sevgiling ila uchrashganingni badnazarlar ko‘rmasin deya, kechani qorong‘uliklar bilan pardaladi.

🍃 Xalq kecha bo‘ldi deguncha, uyquga ketadi. Oshiqlar esa butun kecha Allohga yolvoradilar, duo qiladilar, uning bilan so‘zlashadilar.

©Jaloliddin Rumiy


@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🌿 Muslima hikoya qiladi :

   Bundan bir necha yil avval hayotimizda ajoyib voqea bo‘lib o‘tgan edi.
    O‘sha vaqtlari akam to‘y qilayotgan, ya’ni egizak qizlarini turmushga berayotgan  kezlar edi. Aksiga olib to‘y bo‘lishiga uch kun vaqt qolgan bo‘lsa- da , xo‘jayinim shu choqqacha akamning to‘y bilan qutlab , to‘yona berolmagan edilar. Endi ro‘zg‘or-g‘orda . Shunaqa kutilmagan vaziyatlar bo‘lib turar ekan. Qaramog‘imizda  ona- bola sigir buzoqchasi bilan   va yana bitta boquvdagi novvosimiz bor edi. Ochig‘i to‘yonaga shu novvosni moʻjallab yurgan edik. Ammo har doim ham bandaning aytgani bo‘lavermas ekan. Uni kelasi bozorga olib chiqib sotamiz degan kunimiz,  novvosimiz daladagi kichkinagina ariqchada uyalab  tarrakdek harom  qotib qoldi. Buyam bir sabab ekan- da. Bo‘lmasa shunday gungursdek novvosning o‘limiga  kengligi yarim quloch chiqmaydigan ariq sabab bo‘larmidi...

     Xullas ...
  
    "To‘yonani  ana topamiz , mana topamiz " deb to‘yga ham uch kun qoldi . "O‘zingda yo‘q , olamda yo‘q" deganlari rost ekan. Kimdan qarz so‘rasak , "Jonim bilan berardim-u..." deb yelka qisib , yer chizadi. O‘zimning urug‘larimdan so‘rashga istihola qilaman, ular ham  akamning ikkita qiz uzatayotganlari sababli biz kabi borini ularga to‘yona qilib berib bo‘lishgan.

    Axiri  xo‘jayinga "portladim" :
   - Men-ku mayli , ertaga o‘zingiz "To‘yga quruqdan - quruq borolmayman" deb  kuygan yuragimni battar kuydirasiz. Tili o‘n besh qarich , kekkayishining damida o‘n qozon osh pishadigan og‘aynilaringizdan qarz so‘rab ko‘rsangiz xonlikdan tushib qolmasdingiz ? Undan ko‘ra sizga bitta bahona bilan uyda o‘tirib olish oson. Menga esa to‘yning ta’timasligi bilan ishingiz yo‘q. Hech kimga qarz bermagan bo‘lsangiz ham mayliydi . Kim so‘rasa - ma ! Kim so‘rasa - ma ! So‘ramasa ham - ma ! Mana shunaqa bo‘ladi , pulni bebiliska ishlatish ...

     Xo‘jayin indamadilar .
     Bilib turibman ular o‘sha og‘aynilaridan allaqachon qarz so‘rab bo‘lganlarini . Ammo ... "So‘raganni bir beti qora, bo‘la turib bermaganni  ikki beti qora" degan gap rost bo‘lsa , bilmadim ularning qanchasi ...
 
   Turib - turib Xo‘jayinga achindim.
   Shom namozi vaqti kirdi. Ikkovimiz namozni ado etgach , men kechki ovqatimdan xabar olish uchun oshxonaga chiqib ketdim.

    Xo‘jayin esa ancha hayalladilar. Xavotir olib ichkariga mo‘ralasam ular joynamoz ustida "Voqea" surasini qiroat bilan o‘qib  o‘tirganlariga guvoh bo‘ldim . "Voqea" surasi rizqqa yo‘l boshlovchi ,rizq chaqiruvchi sura ekanligidan xabardor bo‘lganligim sabab boyagina Xo‘jayinga ta’na qilganim uchun o‘zimdan uyalib ketdim. Qilmishimdan qattiq mulzam chekdim.
   " Yo , Alloh , o‘zing kechir ... Men kimdan so‘rashni unutib qo‘yibman- a..."
    Ohista qadamlar bilan borib xo‘jayinimning duolariga qo‘l ochdim.
   Duo qilib bo‘lgach , iloji boricha muloyim ohangda so‘z qotdim :
   - Ovqatni suzaveraymi ?
     Dasturxonga endi kosalardagi sho‘rvalarni qo‘yishim bilan ko‘cha eshik qo‘ng‘irog‘i jiringladi.
    Yo‘qlaguvchidan xabar olishga ketgan to‘ng‘ich o‘g‘lim tezda ortiga qaytdi:
    - Ada , sizni bir notanish kishi so‘rayaptilar.  Uyga kiring desam unamadilar .
   Xo‘jayin hayron bo‘lgancha eshikka otlandilar. Oradan bir choy damlagulik fursat o‘tmasdan qo‘llarida polietilen xaltaga o‘ralgan bir necha bog‘lam pul bilan kirib keldilar :
    - Muslima,esingdami ? - dedilar ular hovliqqancha ,-uch yil avval Samarqandlik bir yigit mashinamni urib, ichidagi yangi qimmatbaho chinnilaringni sindirib yuborgandi. Tavallolar qilib "Bir xaftada pulini qilib beraman" deya  tilxat yozib   , shu bo‘yi yo‘q bo‘lib ketgandi.
    O‘shanda boshiga og‘ir savdolar tushib tuhmat bilan qamalib qolgan ekan. Endi mushkuli arib , uch oy avval qamoqdan qaytib kelibdi. Bu yerda o‘sha vaqtdagi  mashinani ta’mirlash uchun ketgan harajat va chinnilarning bahosi. Hozirgi narxiga to‘g‘rilab olib kelibdi. Kerakmas  desam ham qo‘yarda qo‘ymay tashlab ketdi. Xullas,  bu qo‘limizdan ketgan navvosning uchtasiga teng keladigan pul ...

    Men indamadim... Indashga madorim qolmagan edi...
Alloh buyuk...

@Rumiy_Jaloliddin🍃
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
« J »oningiz sog‘,
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘, 
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!

🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !


@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🌿 Ushbu uch narsaga ishonchingiz komil bo'lsin:

- Hech kim sizga Robbingizdan ko'ra mehribon bo'la olmaydi.

- Hech kim sizning g'am-tashvishlaringizni Robbingizchalik bilmaydi.

- Robbingizdan boshqa hech kim sizdan zararni bartaraf qila olmaydi.

Shunday ekan, Allohdan yordam so'rab, Uning O'ziga talpining! Shunda hamma narsa o'ylaganingizdan ham afzal, go'zal bo'ladi, inshaalloh!


@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🍃 Ikki barmog‘ingni ikki ko‘zing ustiga qo‘y: biror narsa ko‘rayapsanmi? Sen ko‘rmasang ham dunyo bor!..

©Mavlono Rumiy


@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🌿 Ayoldan so’rashdi:
Sizningcha haqiqiy er kim?
•Ayol javob berdi:

-Jerkiyvermay chiroyli nasihat qiladigan;

-Titkilayvermay ishonadigan;

-Yig’latavermay kuldiradigan;

-Oyoq-osti qilavermay boshiga
ko’taradigan;

-Itoatni qadrlaydigan;

-Ibodatni sevadigan;

-Suyansa bo’ladigan;

-Xaromdan hazar qiladigan;

-Robbisiga bandalikda ahli-ayolini ham ergashtira olgan er haqiqiy erdir!

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
Mendan, seni sevganim haqida dalil istama!
Zero qalbdan qalbga yo‘l bor. Sen, o‘z qalbingga boq!
Agar sen meni sevsang, demak men ham seni sevaman.

- Jaloliddin Rumiy


@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🌿 Hayot ajoyib...
Kimlarnidir Allohga omonat etasiz...
Kimlarnidir Allohga
havola etasiz...!

🤲Allohga omonat etadiganlaringiz va siznida Allohga omonat qiladiganlar koʻp boʻlsin ilohim...

Yangi kun muborak qadrligim...

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🍃 Bizning bu dargohimmiz umidsizlik dargohi emasdir,
Yuz bor tavbangni buzgan bo’lsang ham yana kel.

©Mavlono Rumiy


@Rumiy_Jaloliddin 🍃
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️HAYRLI TONG

🌥️ Assalomu alaykum! SHANBA tongi muborak bolsin!

Bugun boshlanayotgan yangi kuningiz fayzli va barokatli bulsin!

Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat aslo tark etmasin!

@Rumiy_Jaloliddin🍃
🌿 O‘tmishning eshiklarini yoping va o‘tmish uchun vaqt yo‘qotmang!

🌿 Boshqalarning siz haqingizdagi fikri bilan qiziqmang!

🌿 Qo‘lingizdagilarga qanoat qilishni o‘rganing!

🌿 Baxtni birovdan kutmang, uni o‘zingiz yarating!

🌿 O‘zingizni boshqalar bilan qiyoslamang, chunki sizning o‘xshashingiz yo‘q,siz yagonasiz!

🌿 O‘ylashni bir chetga suring, xammasini Yaratganga omonat eting va xotirjam yashang!

🌿 Tabassum qiling va yo‘lingizda davom eting!...Kuningiz fayzli va barokatli bo‘lsin... ☺️

@Rumiy_Jaloliddin🍃
2024/04/28 08:09:01
Back to Top
HTML Embed Code:


Fatal error: Uncaught Error: Call to undefined function pop() in /var/www/tgoop/chat.php:243 Stack trace: #0 /var/www/tgoop/route.php(43): include_once() #1 {main} thrown in /var/www/tgoop/chat.php on line 243